Samarqand davlat tibbiyot instituti


  Qon preparatlari va tarkibiy qismlari olish uchun



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

195 
Qon preparatlari va tarkibiy qismlari olish uchun 
talabnoma 
QQM Bosh shifokoriga
________________________ 
 

F.I
.SH
T
ashxi

Kasallik t
arixi

Qon guruhi
rezus
omili
E
ri
tr
o
sitar
mas
sa
YaMP
NM
P
Yuvilgan
eritr
os
it
ar 
mas
sa
Pr
eparatlar
Ko’r
satmalar
DPM bosh shifokori:______________________________ 
DPM bo’lim mudiri: ______________________________ 
Sana:___________________________________________ 
Qon va uning tarkibiy qismlarini tashish 
Termoizolyasion 
konteynerlarda 
qonni 
xohlagan 
vositalar 
yordamida tashish mumkin. Qonning shaklli elementlarining eng kam 
jaroxatlanishi (eritrotsitlarning) qonni qattik qoplamlar yordamida 
tashilishi xususiyatini beradi. Gemaqonlar yuzasi o‘zaro va taralarning 
metal detallari bilan o‘zaro tegmasligi uchun vertikal holatda 
konteynerlarga joylanadi. Qonni tashishga tayyorlash uchun alohida 
qutilarga qon guruhi, tayyorlangan kun, gemaqon nomeri ko‘rsatilgan 
qog‘ozcha yopishtriladi. Yopishtriladigan qog‘ozni ma’sul tibbiyot 
xodimiga ham berish mumkin (sog‘liqni saqlash vazirligining № 457-
2000 sonli qaroriga ko‘ra). Qonni tashishda barcha konteynerlar tez 
buziluvchi yuk sifatida jo‘natiladi.
 


O’quv qo’llanma 
196 
Qon va uning tarkibiy qismlarini tashishning harorati 
Qon tashish termoizolyatsion konteynerlarda sanitar-gigienik 
talablarga amal qilgan xolda amalga oshiriladi. Qonni tashishda kerakli 
haroratni taminlash zarur. Eritrotsit massalari uchun, refrijeratorlarda 
+4±2° harorat ushlab turiladi, qonni refrijeratorsiz tashishda yaxshi 
termoizolyasiya bilan yaqin masofaga sovutilgan konteynerlarda olib 
boriladi. Ularning tashish tizimi 24 soat ichida +10°C dan oshmagan 
haroratda taminlanadi. Muzlatilgan plazma uchun, yangi muzlatilgan 
plazma uchun plazmaning muzlashini buzadigan haroratni istisno 
etadigan haroratni ta’minlash kerak. Buning uchun optimal harorat -25° 
va undan kam harorat hisoblanadi. Trombotsit massasi va trombotsit 
konsentrati uchun atrof muhitning doimiy harorati +22°±20° bo‘lishi 
kerak. Agar ular tezda ishlatishga mo‘ljallanmagan bo‘lsa, ularni doimiy 
sharoitda saqlash kerak, trombotsitar massa va konsentratlarning saqlash 
muddati tayyorlangan vaqtidan boshlab +22±20
0
C haroratda 24 soat 
ichida tashish amalga oshriladi. Bu jarayonni qat’iy amalga oshirishda 
yuqorida sanab o‘tilgan saqlash muddati +22±20
0
C da 72 soatgacha 
uzaytiriladi. 
-Kislorod o‘tkazuvchi xususiyatiga ega bo‘lgan ikkinchi avlod 
gemaqonlari (pl 2209, pl 3014, slx, xt-612) ning borligi. 
-saqlash muddati davomida pH ko‘rsatkichini 6.0-7.4 da ushlab 
turish 
-saqlash muddati davomida trombotsit massali (tk) li konteynerlarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish. 
-aseptika uchun plastikatli konteyner apparati mavjudligi. 
-probirlangan qonli konteynerlarni tarqatishdan avval xamshira: 
-konteynerlarni makroskopik baholab, talab qilingan qon guruhi 
bilan rezus mosligini qat’iy tekshiradi. 
-qonning saqlash muddati tekshiriladi. 
-belgilangan namunaga ko‘ra berilgan yorliqning mosligini 
tekshiradi. 
-belgilangan talablarga mos qonni jo‘natadi. 
Jo‘natiladigan konservlangan qon navbatchi hamshira faoliyati 
davomida jurnalga ro‘yxatdan o‘tkaziladi (forma №422/u), nomerlanib, 
shnurlanib, ma’sul tashkilotga muvofiq muhrlanadi. Konservlangan qonni 
tarqatish qon markazi nazorati ostida (forma №421/u) faqat tibbiyot-
profilaktika muassasining tibbiyot xodimi tamonidan amalga oshiriladi 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
197 
(sog‘liqni saqlash vazirligining №457- 2000 sonli qaroriga muvofiq) Qon 
va uning komponentlarini qarindoshlar va tibbiyot xodimi bo‘lmagan 
ishchilar tomonidan tarqatilishi man etiladi. Transfuziya uchun yaroqlilik 
mezoni bo‘lib konteynerlarning butunligi, germetik yopiqligi, saqlash 
muddati ko‘rsatilgan yorliqlarning mavjudligi hisoblanadi. Bundan 
tashqari, nativ plazmalarning mezoni bo‘lib plazmaning shaffofligi 
(loyqalanish, cho‘kma, fibrin tolalarining yo‘qligi) hujayralarning 
gomogenligi, agregatlar yo’qligi hisoblanadi. Leykotsitlar va 
trombotsitlar konsentrati uchun esa shaffoflik, eritrotsit qavatining bir 
tekisligi, ko‘rinarli quyqalar yo‘qligi hisoblanadi. Plazmani oladigan 
tibbiyot muassasasi qonni tashish jarayonida muzlatilgan xolda 
turganligiga e’tibor berishi kerak. Agar mahsulot tezda ishlatilmasa 
zudlik bilan konteynerni tavsiya etilgan va ko‘rsatib o‘tilgan harorat 
sharoitida saqlash kerak. Plazma muzlatilgan holatini yo‘qotgandan so‘ng 
tezda ishlatilishi kerak. Qayta muzlatish mumkin emas. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish