Samarqand davlat chet tillari instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti uzoq sharq tillari kafedrasi


Xulosa………………………………………………………………………….23



Download 227,02 Kb.
bet2/3
Sana05.08.2021
Hajmi227,02 Kb.
#138895
1   2   3
Bog'liq
Saydazimov Hasan

Xulosa………………………………………………………………………….23

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 26

Kirish. Ilmiy ish bu ilmiy tadqiqotusulllaran bir shakli bo’ib, malum bir fanda malum bir mavzu asosida yoziladi. Ilmiy ish malum bir mavzuni o’rganib o’sha mavzu ustida tayyorlanib izlanib, amaliyotlar o’tkazib, misollar qilib o’sha mavzuga chuqur izlanib malumotlar yozishdr. Imiy ish bu bizning insho va bayonlar singari bir xil bo’lmaydi, yani ilmiy ish ularga nisbatan qiyinroq va murakkab hisoblanadi.

BIRINCHI ILMIY ISH uni yozishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak?

Jarayonning boshlanishi: maqsadni to`g`ri qo`yish

Ilmiyishining boshlanish jarayoni hammada har xil kechadi. Ishning osonroq kechishi uchun, albatta, uni osonroq kechishi uchun, albatta, uni rejali tarzda amalga oshirgan ma’qul. To`g`ri, yozish qiyin. Diqqatni bir joyga to`plash va miyani ishga jalb qilish ham mushkul. Ilmiyishini yozish juda kuchli ishtiyoq talab etadigan ruhiy faoliyat, o`z o`rnida, xotira bilan bog`liq tarzda kechadigan aqliy mehnat hamdir. Har qanday ishda bo`lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Buning uchun kunlik reja tuzib oling va ilmiyishini qilinishi shart bo`lgan bandlar qatoriga kiriting. Misol uchun, Yel universitetining bir talabasi laboratoriya mashg`ulotlari bo`lmagan kuni bir soat vaqtini ilmiyishini yozishga bag`ishlaydi. Hayratlanarlisi, bir semestr davomida ishini yakunlab olishga ham erishadi. Demak, kun tartibini to`g`ri tuzish va rejalarni o`z vaqtida amalga oshirish orqali maqsadga erishish mumkinligi amalda isbotlangan.

Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlang

Vaqtingizni to`g`ri taqsimlagandan so`ng ilmiyishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olishingiz lozim. Eng maqbul yo`li esa, juda muhim ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar ilmiyishingizning nimalardan iborat bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. SHuningdek, fikrni rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes (George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Agar sizda bu ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval asqotishi mumkin. YOsh tasavvuringizni ishga solib yangi g`oyalar yarating.

1-jadval:

Eng kerakli ma’lumotlarni to`plash

1.Mavzuga oid ma’lumotlar.

2.Bu mavzuning muhimligi nimada?

3.Qanday qilib ilmiyasosini shakllantirib olishim kerak?

4.Natija orqali nimaga erishaman (tasavvuringizda taxmin qilib ko`ring).

5.Asosiy yangiligim nimadan iborat bo`ladi?

Navbatdagi bosqich tadqiqotning asosiy matni va tarkibini shakllantirish jarayonidir. Bu o`rinda fikrlaringizni quyidagi bosqichlarga qarab yo`naltirib olsangiz maqsadga muvofiq bo`ladi: kirish: reja, tadqiqotdan olingan natija va mavzu muhokamasi; ilmiy xulosa. Jarayonni tashkil qilish ketma-ketligi 2-jadvalda keltirib o`tilgan.

2-jadval:

Eng kerakli ma’lumotlarni to`plash

Kirish

1.Nima uchun tadqiqotingizni muhim deb hisoblaysiz?

2.Mazkur mavzu yuzasidan shu vaqtga qadar nima ish qilingan? (Mavzuning o`rganilganlik darajasini boshqa manbalardan qiziqib ko`ring)

3.Bu borada shaxsiy gipotezangiz (asos, taxmin, qarash) qanday?

4.Maqsadingiz nimadan iborat?

Ma’lumot va uslublar

1.Qanday materiallardan foydalandingiz?

2.Izlanishingizning asosiy mavzusi nima haqida?

3.Tadqiqotingiz qanday ko`rishga ega?

4.Qanday tartib-qoidalarga amal qildingiz

Kerakli ma’lumotlarni to`plash bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so`ng, g`oyalarni ilmiy rahbaringiz, hamkasblaringiz yoki shu sohani yaxshi bilgan mutaxassislar bilan muhokama qilishingiz mumkin. Ko`pgina universitetlarda bitiruvchi talabalar uchun yozuvchilik, ya’ni ilmiyishini tamomlab olishga xizmat qiluvchi maxsus markazlar tashkil etilib, g`oyalarni muhokama qilish, o`zaro hamkorlikda faoliyat olib borish yo`lga qo`yilgan. Dastlabki bosqichda o`zaro fikr almashish vaqtni tejashga yordam beradi. CHunki mavjud xato va kamchiliklar atrofdagilarga ko`proq, seziladi, eng zarur tavsiyalar ham ulardan chiqishi mumkin. Bu ilmiyishini to`g`ri yo`naltira olish va keraksiz narsalarga chalg`ib ketmaslikning oldini oladi. Etarlicha fikr-mulohaza, ma’lumotlarga ega bo`lganingizdan keyin ilmiyishining qoralama nusxasini tayyorlashga kirishishingiz mumkin. YOzib bo`lishingiz hamono yakunlashga shoshilmang. Mos so`z yoki jumla, yaxshi iborani qo`llash, gaplardagi ma’no g`alizligining oldini olish uchun vaqtingiz bor.

Ishning qoralama nusxasini tayyorlash

Kopchilik talabalar izlanuvchilikda malakasi etishmasligidan shikoyat qiladi. Psixologlarning aytishicha, bo`sh joyga qarab xayol surib o`tirish tushkunlikni keltirib chiqarar ekan. YOsh olim ishini boshlar ekan, uning oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib chiqqandan keyin ilmiyishining aslini yozishni boshlasa ham bo`ladi.

Tadqiqotda ish materiallari va metodlari birinchi bo`limda keltirilgani ma’qul. Qo`lingizda mavjud ma’lumotlardan tushunarsizlarini chiqarib tashlang. Sababi, mazkur bo`limda tushuntirish ishlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Bo`lim yakunini yozayotganda esa ishingizni baholash maqsadida boshqa tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o`tishingiz mumkin. Eng muhimi-chalg`imaslik. Bir bo`limdan boshqasiga o`tish jarayonida ilmiymaqsadingiz noaniq, bo`lib qolishi kutilgan natija bermasligi mumkin.

Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Agar keltirilayotgan fikr hammaga ma’lum yoki yaqinda bu borada maqola e’lon qilingan bo`lsa, bu haqda adabiyotlar ro`yxati orqali iqtibos berib o`tishning o`zi etarli. Lekin yangi fikrni o`rtaga tashlamoqchi bo`lsangiz, uni ipidan ignasigacha, hatto ko`pgina qo`shimcha ma’lumotlar keltirilgan holda izohlashingiz kerak.

SHuningdek, ma’lumotlarni izchil keltirish uchun gapning kesimiga e’tibor qaratish lozim. YA’ni, bu erda kesimning aniq yoki majhul nisbatda ekanligi borasida so`z yuritilmoqda. Agar o`z tadqiqotingiz haqida ma’lumot bermoqchi bo`lib, gapni “biz” olmoshi bilan boshlasangiz, bu ko`pgchilik uchun g`alizroq tuyuladi. Agar siz fe’lni aniq nisbatda bermoqchi bo`lsangiz, yuqoridagi olmoshni imkon qadar kamroq qo`llaganingiz maqsadga muvofiq.

Ilmiyishini yozishda eng muhim jihatlardan yana biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berish. Ishingizda keraksiz va bo`yoqdor so`zlar, ma’no yaxlitligiga soya soluvchi fikrni ishlatishdan qoching.

Aniqlik, qisqalik, xolislik

Ilmiy ishning kirish qismi o`quvchini nafaqat mavzuga yo`naltiriladi, balki asosiy maqsadni mazkur bosqichga qadar qog`ozga tushirgan ma’lumotlaringizni sinchkovlik bilan qaytadan o`qib chiqing va maqsadingizni yana bir bor oydinlashtirib oling.

SHuni unutmangki, kirish qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, shu sababdan uni chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma’qul. Ko`pchilik olimlarning fikricha, o`quvchi ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu bo`yicha o`zgacha topilmani topish maqsadida o`qiydi. Qiziqishni oxirigacha ushlab turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan ma’qul.

Ko`pchilik tadqiqotchilar ilmiy ishda umumiy gaplardan foydalanadi. Biroq, bu noto`g`ri. Sababi, ma’lum maqsadga qaratilgan mavzuni aniq faktlar yordamida isbotlab berish talab etiladi. Oldingizga qo`ygan maqsadingiz boshqalarnikidan farqli ravishda, umumiylikdan xoli tarzda, mustaqil bayon etilsa ilmga qo`shgan hissangiz va topilmalaringiz yaqqol yuzaga chiqadi. Ununtilmaslik lozimki, kirish qisqa bo`lsa-da, butun mehnatingizni namoyon etib turadi.

Arxiv (lot. archivum, yun. archeion – muassasa) – 1) hujjatlar saqlanadigan joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida to‘plangan hujjatlar majmui. Qadimgi o‘zbek davlatlarida 3–4-asrlardayoq mar-kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar mavjud edi; temuriylar (14–15-asr), keyinchalik Qo‘qon, Buxoro va Xiva xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-nalari bo‘lgan. 1919 yil 5 noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamg‘armasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi.1931 yilda O‘zbekiston YADAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA), O‘zbekiston Markaziy Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yilda. O‘zbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962 yilda O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965 yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961 yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga bo‘ysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi bo‘lib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha bo‘lgan hujjatlar bor. O‘zbekiston rassomlarining ishlari O‘zbekiston BA Badiiy jamg‘armasi, shaxsiy guplam va muzeylardan o‘rin olgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Qahhor, Fafur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon va boshqalarning ba’zi Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida jamlangan.O‘zbekistonda A.larni shakllan-tirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining "Arxivlar to‘g‘risida"gi qonuni (1999 yil 15 aprel) bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha Arxiv hujjatlarini to‘liq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab qolishga va fuqarolar, ja-miyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, butlash hamda ulardan foyda-lanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Konunga ko‘ra, hujjatlarda O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’na-viy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklarda, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolat-xonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi. No-davlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to‘plangan Arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy Arxivlarino davlat Arxiv fond imi tashkil etadi. Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga ki-ritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqpash mezonlarini, ekspert komis-siyalarini tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respu-blikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi belgilaydi. Arxiv uchun mutaxassis xodimlar Toshkent madaniyat institutida hamda O‘zMU tarix fakultetida tayyorlanadi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV ISHINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq;

Arxivlar mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom 5-ilovaga muvofiq;

Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishini ta’minlasinlar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi:

arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari mulkdorlari uchun o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish bosqichida hujjatlarni to‘g‘ri tartibga keltirishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin;

arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini va keyinchalik ularning tizimli ravishda hisobga olinishini uch oy muddatda ta’minlasin.

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,2012-yil 5-aprel,101-sonVazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga

1-ILOVA

Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi o‘rinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq etiladi.

II. Asosiy tushunchalar

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv; arxiv ko‘chirmasi — arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so‘zma-so‘z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;

arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;

arxiv kolleksiyasi — bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, obyekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko‘ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan alohida hujjatlar yig‘indisi;

arxiv nusxasi — tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan nusxasi;

arxiv ma’lumotnomasi — yuridik kuchga ega bo‘lgan va so‘rovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;

arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;

kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug‘) arxiv fondi — ayrim shaxs, oila, urug‘ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;

saqlov birligi/hisob birligi — jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;

arxivni jamlash manbai — arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligiga ko‘ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;

arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;

kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavzu yoki soha bo‘yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma’lumotnomasi;

jamlash — arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to‘ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo‘nalishi va darajasi bo‘yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to‘ldirib borishga doir ishlar majmui;

ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA) — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv ma’lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi);

sharhlar — arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to‘ldirilgan arxiv ma’lumotnomalari;

birlashtirilgan arxiv fondi — bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek o‘zaro tarixiy va/yoki mantiqiy bog‘liq aloqalarga ega bo‘lgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;

yig‘majild (hujjat)lar ro‘yxati — saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi;

foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish — saqlanayotgan arxiv hujjatlarining haqiqatda mavjudligini aniqlash va yo‘qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim bo‘lgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui; yo‘l ko‘rsatkich — muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga mo‘ljallangan arxiv fondlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan arxiv ma’lumotnomasi;

sug‘urta nusxa — alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi ko‘chirma nusxasi;

arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi — foydalanuvchining so‘rovi yoki arxivning tashabbusiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro‘yxati;

topografik ko‘rsatkichlar — arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxati;

ko‘rsatkichlar — arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma’lumotlar arxiv shifrini ko‘rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga qo‘ra tuzilgan arxiv ma’lumotnomalari;

tartibga keltirish — arxiv ro‘yxatlarini tuzish, yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini tuzish bo‘yicha ishlar majmui;

arxiv hujjatlarining hisobi — arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish;

fondlashtirish — arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo‘yicha ishlar majmui;

ekspert komissiyasi (EK) — korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;

ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;

arxiv hujjatlarini saqlash — arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar majmui.

III. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlash

1-§. Arxiv hujjatlarini fondlashtirish

3. Fondlashtirish bo‘yicha ishlar:

arxivlarning arxiv hujjatlarini jamlash manbalarida — yig‘majildlar nomenklaturasi asosida yig‘majildlarni shakllantirish jarayonida va hujjatlarni arxivga topshirish uchun tanlab olishda;

arxivlarda — tartibga keltirilmagan holda topshirilgan arxiv hujjatlarini ro‘yxatlashda, qoniqarsiz tuzilgan ro‘yxatlarni qayta ishlashda, birlashgan arxiv fondlari va arxiv kolleksiyalari tuzishda, fondlashtirishdagi xatolarni tuzatishda amalga oshiriladi.

4. Arxiv hujjatlarining fondga mansubligini aniqlash ularni tegishli fond tashkil etuvchining arxiv fondiga kiritishdan iborat.

Kiruvchi arxiv hujjatlari ularni qabul qilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.

Chiquvchi (beriladigan) nusxalar hisoblanadigan arxiv hujjatlari ularning muallifi bo‘lgan fond tashkil etuvchisining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.

Ichki muomaladagi arxiv hujjatlari ular tashkil etilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishlidir. 5. Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda uning vazifalari yangi tashkil etilgan tashkilotga berilganda ish yuritishda tugallangan yig‘majildlar qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan tashkilot fondi tarkibiga kiritiladi, tugatilmagan yig‘majildlar esa uning vorisi bo‘lgan tashkilot fondiga kiritiladi.

Shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari tarkibidan tashkilotning arxiv hujjatlari tegishli arxiv fondlariga, agar mazkur arxiv fondi tegishli arxivda saqlanayotgan bo‘lsa va tashkilotning arxiv hujjatlari shaxsiy kelib chiqish arxiv fondini tashkil etuvchi fuqaroning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmasa, ajratiladi va tegishli arxiv fondiga qo‘shiladi.

6. Tashkilotning arxiv hujjatlaridan iborat yagona arxiv fondini quyidagilar tashkil qiladi:

vakolatxonalar va filiallarning arxiv hujjatlari;

tashkilot tarkibida tuzilgan maslahat organlarining arxiv hujjatlari;

boshlang‘ich jamoat tashkilotlarini tuzishda yaratilgan arxiv hujjatlari;

tugatuvchi tashkilotning arxiv hujjatlari.

Tashkilot huzurida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari va boshqalar)ning arxiv hujjatlari ushbu jamoat tashkilotining ro‘yxatdan o‘tkazilgan davridan boshlab arxivga topshirilgan hujjatlari mustaqil arxiv fondini tashkil etadi yoki tegishli tashkilotning arxiv fondi tarkibiga birlashgan arxiv fondini tashkil etgan holda kiritiladi.

7. Birlashgan arxiv fondi quyidagi arxiv hujjatlaridan shakllanadi:

muayyan hududda faoliyat yuritayotgan maqsad va vazifalari bir turdagi tashkilotlar;

muayyan hududda faoliyat yuritayotgan rahbarlik organi va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar;

faoliyat obyekti bo‘yicha birlashgan tashkilotlar;

bir-birini ketma-ket almashtirgan tashkilotlar, agar avvalgi tashkilotning funksiyalari vorislariga to‘liq yoki qisman o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan bo‘lsa;

ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari, agar fuqarolar o‘zaro qarindoshlik, kasbiy, ijodiy, mehnat faoliyati bo‘yicha bog‘liq bo‘lsa.

8. Arxiv kolleksiyasi umumiy xususiyatga ega bo‘lgan, alohida ajratilgan arxiv hujjatlaridan iborat holda arxivga kelib tushadi yoki arxivda shakllanadi. Boshqa bir arxiv, tashkilot yoki fuqaro tomonidan topshirilgan, tarixiy tarkib topgan arxiv kolleksiyasi qayta fondlashtirilmaydi.

9. Arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari qayta fondlashtirilmaydi. Fondlashtirish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yilganda, arxiv hujjatlarini qidirib topish ishlarini murakkablashtiruvchi alohida hollarda arxiv hujjatlari qayta fondlashtirishga istisno tariqasida yo‘l qo‘yiladi.

10. Arxiv hujjatlari jamlash manbaining tashkil topish davri va huquqiy mavqeyidan kelib chiqqan holda arxivlarga mavjud arxiv fondining to‘ldiruvchi qismi yoki yangi arxiv fondi sifatida qabul qilinadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylov komissiyalarining arxiv hujjatlaridan birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi.

11.Yagona arxiv fondini quyidagi arxiv hujjatlari tashkil etadi:

davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining joylardagi tarmoq boshqarmalari va bo‘limlarining arxiv hujjatlari;

sud hokimiyati va prokuratura organlarining arxiv hujjatlari.

Ma’muriy tuzilmalarning o‘zgarishi (ularning birlashtirilishi, ajratilishi, shuningdek shahar joylashuvi mavqeyining o‘zgarishi) munosabati bilan tashkil etilgan davlat hokimiyatining arxiv hujjatlari yangi arxiv fondini tashkil etadi.

Hududiy tashkilotlar chegaralarining o‘zgarishi tegishli davlat hokimiyati organlarining arxiv hujjatlari tarkibidan yangi arxiv fondini tashkil etishga asos bo‘lmaydi.

12. Tashkilotlar qayta tashkil etilganda yangi arxiv fondlari tashkil qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

tashkilotlarning maqsadli yo‘nalishlari, faoliyat ixtisosligi va vazifalari o‘zgarganda;

tashkilotlar ularning mulkchilik shaklini o‘zgartirgan holda qayta tashkil etilganda (xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish, davlat mulkiga aylantirish va h.k.). Mulkchilik shakli o‘zgargan tashkilotlarning mulki va yangi tashkil etilgan tashkilot(lar) – huquqiy voris(lar)ning arxiv hujjatlaridan, huquqiy voris sanalgan tashkilot(lar) arxiv hujjatlarini davlat mulkiga topshirgan holatlarda, birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi.

13. Quyidagi holatlarda yangi arxiv fondini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

tashkilot faoliyati yoki funksiyalarining hududiy chegarasi kengayganda yoki qisqarganda;

tashkilotdan bir nechta yangi tashkilot ajralib chiqganda va ularga birinchi tashkilotning alohida funksiyalari berilganda;

tashkilotning bo‘ysunishi, uning tuzilishi, qayta nomlanishi yoki nomiga o‘zgartirish kiritilishi birlamchi funksiyalarining o‘zgarishiga olib kelmaganda;

tashkilotning mulkchilik shakli o‘zgarmasdan uning muassisi (muassislari) o‘zgarganda.

14. Tugatilish natijasida, shu jumladan, favqulodda holatlar va tabiiy ofatlar natijasida o‘z faoliyatini to‘xtatgan tashkilotlarning arxiv hujjatlari, keyinchalik ular oldingi funksiyalari bilan qayta tashkil etilganda, yagona arxiv fondini tashkil etadi.

15. Quyidagilar arxiv fondining davriy chegaralari hisoblanadi:

davlat boshqaruv organi, davlat hokimiyati organi, tashkilotlar tashkil etilishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) va tugatilishining normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan rasmiy sanalari. Davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, tashkilotning tashkil etilishiga oid rasmiy sanalar belgilangan bir nechta normativ hujjatlar mavjud bo‘lganda tashkil etilganlik sanasi sifatida eng avval qabul qilingan hujjatda ko‘rsatilgan sana qabul qilinadi;

birlashgan arxiv fondi — birlashgan arxiv fondi tarkibiga hujjatlari kiritilgan tashkilotlarning eng ilgari tuzilgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va eng oxirgi tugatilgan faoliyat davri sanasi;

shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari — fuqaro, oila yoki urug‘ a’zolarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalari (birlashgan arxiv fondiga o‘xshash);

arxiv kolleksiyasi — eng qadimgi va eng oxirgi hujjat sanalari.

2-§. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini tashkil etish

16. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlari saqlov birliklari bo‘yicha tashkil etiladi.

Arxiv fondida saqlov birliklari arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasiga muvofiq tizimlashtiriladi.

17. Arxiv fondidagi arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi arxiv fondida saqlov birliklarini ichki tashkil etish uchun asos bo‘ladi va yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxat(lar)i bilan mustahkamlanadi.

Arxiv fondi doirasida saqlov birliklarini tizimlashtirish tizimlashtirish sxemasining bo‘lim (bo‘linma)lari bo‘yicha quyidagi bir yoki bir nechta xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:

tuzilmaviy (saqlov birliklarini tuzilmaviy bo‘linmalarga tegishligiga ko‘ra);

davriy (saqlov birliklari mansub bo‘lgan davrlar yoki sanalar bo‘yicha);

funksional, sohaviy, mavzuli, mavzuli-masalali (tashkilotning funksiyalarini, saqlov birligi mavzusiga oid bo‘lgan mavzu yoki masalalarni hisobga olgan holda);

nominal (ish yuritish shakliga ko‘ra — hujjatlarning xili va turi bo‘yicha);

korrespondentlik (tashkilot va shaxslar o‘rtasidagi yozishmalar natijasida shakllangan yig‘majildlar bo‘yicha);

geografik (hujjatlarning mazmuni, ularning muallifi, sharhlovchilari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hududlar, aholi punktlari va boshqa geografik obyektlar);

mualliflik (tashkilotlar nomlari yoki shaxslarning familiyalari bo‘yicha).

Audiovizual, foto, fono va elektron hujjatlar saqlov birliklarini tizimlashtirishda qo‘shimcha ravishda obyektli va format xususiyatlaridan foydalaniladi.

Saqlov birliklari ketma-ketlikda arxiv fondi barcha yoki alohida guruhlar arxiv hujjatlari uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan xususiyatlar bo‘yicha tadrijiy guruhlanadi.

Shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari arxiv fondlari tarkibidagi ilmiy-texnika hujjatlari, nashriyotlardagi qo‘lyozmalar, tibbiyot muassasalaridagi kasallik varaqalari, nazorat funksiyalari yuklangan tegishli vakolatli organlarning fondlaridagi tekshirish dalolatnomalari alohida guruhlarga ajratiladi va ajratib tizimlashtiriladi. Oila, urug‘ arxiv fondi arxiv hujjatlari alohida fuqarolar bo‘yicha, har bir fuqaroning hujjatlari — tasniflash sxemasining bo‘limlari bo‘yicha tizimlashtiriladi. Oilaning arxiv fondida birinchi navbatda taniqli shaxsning hujjatlari, so‘ng oilaning boshqa a’zolarining hujjatlari qarindoshlik darajasiga ko‘ra tizimlashtiriladi. Urug‘ning arxiv fondi arxiv hujjatlari kelib chiqish ketma-ketligi bo‘yicha joylashtiriladi, bunda butun urug‘ga tegishli bo‘lgan hujjatlar (shajara jadvallari, mulkiy-xo‘jalik hujjatlari) ilgariroq joylashtiriladi.

Birlashgan arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari fond tashkil etuvchining ahamiyatiga ko‘ra ularning yaratilish davri va alfavit bo‘yicha joylashtiriladi. Bir xil turdagi tashkilotlar arxiv fondi uchun tizimlashtirishning umumiy sxemasi qo‘llaniladi.

Arxiv kolleksiyasi doirasida bir xil turdagi arxiv hujjatlari mualliflik xususiyati bo‘yicha saqlov birliklari tashkilot nomi va fuqarolar familiyasi bo‘yicha alfavit tartibida guruhlanadi. Mavzu xususiyatiga ko‘ra tuzilgan arxiv kolleksiyasi arxiv hujjatlari mavzu va masalaning ahamiyati yoki davriga ko‘ra guruhlanadi.

Tasniflash sxemasi bo‘yicha saqlov birliklari quyidagi tartibda guruhlanadi:

saqlov birliklari ishlab chiqarishda boshlangan yoki tashkilot (uning tarkibiy qismi)ga boshqa tashkilotdan uning tarkibiy qismidan ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kelib tushgan davriga taalluqli deb hisoblanadi;

rejalar, hisobotlar, smetalar va ularga doir materiallardan iborat bo‘lgan saqlov birliklari, ular tuzilgan sanadan qat’i nazar, qaysi yil uchun mo‘ljallangan bo‘lsa — o‘sha davrga tegishli bo‘ladi, uzoq muddatli rejalar ular amal qilayotgan yilga, ushbu davrga tegishli hisobotlar esa — hisobotning oxirgi yiliga taalluqli bo‘ladi;

ishlab chiqarishda bir bo‘linmada boshlangan va davom ettirish uchun boshqa bo‘linmaga berilgan saqlov birliklari ular yakunlangan bo‘linmaga tegishli bo‘ladi;

yil yoki xronologik davr doirasida saqlov birliklari tashkilot funksiyasining ahamiyati (yoki hujjatlarining ahamiyati, turi va xilma-xilligining mantiqiy o‘zaro bog‘liqligi) bo‘yicha joylashtiriladi;

shaxsiy yig‘majild hisoblangan saqlov birliklari ishdan bo‘shagan yillar bo‘yicha va familiyalar alfaviti bo‘yicha tizimlashtiriladi.

Tizimlashtirishning oxirgi (tugallovchi) bosqichida saqlov birliklari guruhi ahamiyati yoki davri bo‘yicha taqsimlanadi.

18. Kinohujjatlar va videohujjatlar turlari bo‘yicha — filmlar, maxsus nashrlar, kinojurnallar, alohida kino va telesujetlar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi kinohujjatlar va videohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.

Fotohujjatlar turlari bo‘yicha — turli xil rang va hajmdagi negativlar, slaydlar (diapozitivlar), pozitivlar, fotonashrlar, fotoalbomlar, diafilmlar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fotohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.

Fonohujjatlar axborotning ovozli yozuvi turi bo‘yicha fonografik, grammofon, shorinofon, optik, magnit, lazer bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fonohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.

Elektron hujjatlar axborot manbalari (magnit tasmalar, lazer va qattiq disklar, kompakt-disklar, disketalar) bo‘yicha tizimlashtiriladi; fond ichida – taqdim etilgan axborot formati bo‘yicha va yozib olingan axborot xususiyatiga ko‘ra tizimlashtiriladi.

3-§. Arxivlarni arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish

19. Arxivni arxiv hujjatlari bilan jamlash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

birinchi bosqich — jamlash manbalarini aniqlash va ro‘yxatini tuzish;

ikkinchi bosqich — arxivlarda saqlash uchun topshirilishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlash;

uchinchi bosqich — arxiv hujjatlarini saqlovga qabul qilish.

20. Arxiv hujjatlari bilan rejali va maqsadli ravishda jamlash maqsadida arxivda jamlash manbalari ro‘yxatlari tuziladi. Jamlash manbalari ro‘yxatlari har yili yil boshida aniqlashtiriladi va har besh yilda kamida bir marta, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi bilan kelishilgandan so‘ng qayta tasdiqlanadi. Asosiy jamlash manbalari tarkibi va/yoki soni o‘zgarganda navbatdan tashqari qayta tasdiqlash amalga oshiriladi.

Arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF)ning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat arxivlarini asosiy jamlash manbalarining asosiy ro‘yxatiga “O‘zarxiv” agentligi belgilagan tartibda kiritiladi.

 Universitetning asosiy vazifasi aniqlangandan keyin Xitoy respublikasini dunyo tendensiyalari bilan tanishtirish va Xitoyni dunyoga ochib berish bo‘yicha biz xalqaro siyosatning lingvistika va madaniyatshunoslik sohasida yetakchi ilmiy-ilmiymuassasalaridan biri bo‘lib qoldik.

Bizning rahbarligimizdagi qator ilmiy-ilmiyinstitutlari va markazlari birlashmalari nufuzli ko‘p tilli dasturlar va fanlararo resurslar ko‘maklashuviga asosan davlat va regional talablarga ko‘ra bir akademik maydonda joylashtirildi.

Oxirgi yillarda biz regional va davlat tadqiqotlari tarmog‘ini ishlab chiqdik. Ta’lim vazirligining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida bizning ilmiy-ilmiymarkazlarimiz, masalan, Yevropa Ittifoqi ilmiy-ilmiymarkazi, Rustistika markazi va Britaniya tadqiqotlari markazi Xitoyning diplomatik xulosalar qabul qilishida muhim rol o‘ynamoqda.

Ko‘pgina universitet xodimlari – faqatgina kasblar bo‘yicha ilmiy-ilmiyishlari bilan chegaralanib qolmasdan, darslar o‘tadilar, o‘z akademik tadqiqotlarini o‘quv kurslariga kiritib bu bilan ularning innovatsion muvaffaqiyatlarini ta’minlaydilar, shuningdek o‘z ishlari bilan dunyo bilimlarini kengaytiradilar.

Biz ilmiyloyihalarida qatnashuvchi talabalarimizni rag‘batlantiramiz. Shuningdek bizlar har yili talabalar o‘rtasida yozgan ilmiy maqolalari bo‘yicha, yozgan dissertatsiyalari va boshqa dasturlar bo‘yicha olimpiadalar o‘tkazamiz, masalan O‘qish klubi, Birinchi kurs talabasining kitob javoni. SHCHTUda qator ma’ruzalar va turli simpoziumlar tashkil qilamiz. Bu musobaqalarda g‘olib deb topilgan talabalarga rektor mukofoti topshiriladi. Bunday faoliyat yuritish talabalarda o‘qish odatini shakllantirishga ko‘maklashadi, o‘qish qoidalariga ko‘ra intensiv tarzda o‘qishga, yozishga, bahslashishga, ilmiy ilmiyishlari yuritishga o‘rgatadi.

Bitiruvchilar maktabi tomonidan o‘tkaziladigan qator seminarlar akademik almashinuvlarning samarali bazasi bo‘lib xismat qiladi. Chet tillar va madaniyatshunoslik sohasida olib boriladigan tadqiqotlar, shuningdek mualliflar tomonidan ilmiy maqolalar to‘plami 10-nashrida bizning bitiruvchi talabalarimizning tadqiqotchilik sohasidagi iste’dodini ko‘rsatadi.

Xulosa. Ilmiy ishlarni ham har qanday narsani tugashi bordek ilmiy ishlarni ham xulosasi ham bordir. Xulosa bu har bir ishni yakuni hisoblanadi.xulosa ilmiy ishlari asosiy qismi hisoblanib bunda bizni xulosamiz ya’ni o’sha ish haqida tugatish bo’lib, unda bizni ish haqida fikrimiz yoki o’sha ishni haqida qisqacha malumotlar ko’rsatiladi.

Xo'sh, yakuniy qismni yozishni boshlash vaqti keldi.  bu xulosalar va tadqiqot natijalarini aks ettiradi. Talabalar xulosa yozishga noaniq munosabatda bo'lishadi. Ko'pchilik "bema'nilik" qoldi, hamma eng qiyin narsalar ortda qoldi, deb hisoblaydi. Ammo ko'plab aspirantlar bir necha kun monitorda boshlarini qo'llariga qisib o'tirishadi: xulosa yopishtirilmagan va shu bilan!

Xulosa yozishning qiyinligi nimada? Gap shundaki, siz xulosalar yozishingiz kerak - ya'ni kitobdan nusxa ko'chirmang va hatto o'tkazilgan tajribalarni tasvirlamang, balki bajarilgan ish natijalarini uyg'un va mantiqiy shakllang. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil ravishda to'liq fikrlash.

Agar tezisingizga qanday xulosa yozishni bilmasangiz, mutaxassislar buni siz uchun qilishlari mumkin. Siz o'quvchiga ega bo'lishingiz va bu muammoni minimal kuch sarflab hal qilishingiz mumkin.

Ikkinchi variant - bizning maqolamizdan foydalanib, tezisda qanday xulosa yozishni aniqlang.

Xulosada nima yozilishi kerak?

Tezisning xulosasi majburiy bo'lib, asosiy qismdan keyin, oldin bibliografik ro'yxat va havolalar. Xulosa mazmuni:

- muallif asar yozish jarayonida kelib chiqqan muammoning nazariy va amaliy jihatlari bo'yicha eng muhim xulosalar;


- bilan o'tkazilgan empirik tadqiqotning yakuniy bahosi (agar mavjud bo'lsa) qisqacha tavsif uning natijalari;
- ushbu tezis tadqiqotini o'tmishdoshlar asarlaridan ajratib turadigan asosiy qoidalarni himoya qilish;
- amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo'lgan amaliy takliflar (agar tezisning amaliy qismi bo'lsa);
- mavzuni o'rganish istiqbollari to'g'risida fikr;
- umumiy natijalarni sarhisob qilish (kirish qismida belgilangan maqsad va vazifalarga erishdingizmi, faraz tasdiqlandi).

Boshqacha qilib aytganda, xulosa shu qisqa sharh diplom tadqiqotlari davomida olingan natijalar va ular asosida mustaqil tahliliy xulosalar.

Kirish so'zi kabi, xulosa ham shakl va mazmun jihatidan tartibga solinadi, ammo ba'zi farqlar mavjud. Tartibga solish xulosaning elementlari va kirish so'zlariga muvofiqligi talablariga tegishli. Agar shablon bo'yicha yozish nisbatan oson bo'lsa, xulosada shaxsiy fikrlar ko'proq bo'ladi, chunki tezisning ushbu qismi muallifning xulosalariga bag'ishlangan.

Xulosaning tuzilishi va uning hajmi

Hajmi jihatidan xulosa odatda 3 dan 4 betgacha bo'ladi. Qoida tariqasida, bu kirish qismidan biroz kamroq, garchi ularning asosiy elementlari bir-biriga to'g'ri keladi (kirish qismida aytib o'tilgan gipoteza, maqsadlar, vazifalar diplomning yakuniy qismida aks ettirilgan). Ammo, agar kirish va xulosa hajmi bo'yicha teng bo'lsa, bu xato bo'lmaydi; asosiysi - imkoniyat va ixchamlik tamoyillariga rioya qilish, ish bo'yicha yozish.

Xulosa tarkibi quyidagicha bo'lishi kerak:

Kirish qismi. Ba'zi aspirantlar yaradan boshlaydilar: "Bizning tadqiqotlarimiz natijasida biz farazni tasdiqladik ...". Shunday qilib, bu diplomga xulosa yozmaslikning misoli. Kirish qismining bir nechta jumlasini o'zingizning ilmiy ishingizni bag'ishlagan muammo bilan tanishtirishga bag'ishlang.

Xulosaning asosiy qismida xulosalar, natijalar, tadqiqot natijalari mavjud. Siz nazariy va amaliy qismning barcha fikrlarini aks ettirishingiz, muqaddimada bergan savollaringizga javob berishingiz kerak. Xulosani mantiqiy va to'liq qilish uchun quyidagicha yuklab olmang tog'li qo'ylar, toshlar ustida. Tezisning asosiy qismi tuzilishiga rioya qilgan holda, xulosalarni doimiy ravishda taqdim eting. Kirish qismida keltirilgan vazifalar bo'yicha xulosalar taqdimotiga qarash mantiqan to'g'ri bo'ladi. Xulosaning asosiy qismi ishning belgilangan maqsadiga erishganingiz va gipoteza isbotlanganligi haqidagi bayonot bilan yakunlanadi.

Xulosaning yakuniy qismi (bu shunday tavtologiya) sizning ishingizning amaliy qiymatini tasdiqlashga bag'ishlangan. Bu erda siz o'rganish ob'ektini takomillashtirish bo'yicha o'zingizning bebaho tavsiyalaringizni, o'zingizning ishlanmalaringizni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini berishingiz kerak.





.


Download 227,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish