II-BOB. ILMIY ISHNING DASTLABKI SHAKLLARI
2.1.Konspektlash shakllari.
Konspektlash qayd etish va izohlash usullari sifatida.
Konspekt (lot. conspectus – ko‘rinish) – kitob, maqola, ma’ruza (leksiya) va boshqalarning qisqa yozma bayoni. Konspekt reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, dalil (fakt) va misollardan iborat. Konspekt biror mavzuni tushungan holda to‘liq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan qayd etish usuli hisoblanadi. Mavzuni konspekt qilishdan oldin unga tegishli adabiyotlar ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid asosiy va kerakli qaydlar tahlil qilinadi. Reja bo‘yicha birinchi e’tibor mavzuga qaratiladi hamda mavzuning mohiyati tushunib olinadi. Masalan: “Turon hududi va unda yashovchi xalqlar”. Mazkur mavzu haqida Al-Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xojib, Mirzo Ulug‘bek, Abulg‘ozi Bahodirxon, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa olim hamda shoirlar ma’lumot berishgan. Ular Turon haqida o‘z asarlari va she'rlarida yozib qoldirishgan. Bundan tashqari Urxun-Enasoy bitiktoshlarida ham qaydlar uchraydi. Tur Nuh payg‘ambarning o‘g‘li Yofasning ikkinchi ismi bo‘lib, Turon uning to‘qqiz farzandidan tarqalgan insonlar yashaydigan hudud hisoblanadi. Eng sharqiy chegaraga Yaponiya, eng g‘arbiy chegaraga Italiya kiradi. Eng shimoliy chegara Shimoliy muz okeanini va eng janubiy chegara Pekin shahrini qamrab oladi. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asariga Buyuk Turon xaritasini ilova qilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z davrida “Yasha Turon” she'rini yozib zamonasida juda ilgarilab ketganligini ko‘rsatgan. Turkiston Turonning yuragi hisoblanadi. Samarqand shahri esa Turonning markaziy poytaxtidir. Mavzudan so‘ng asosiy mazmunga tegishli holatlar birma-bir bayon qilinadi. Bunda mazkur mavzuga tegishli asosiy tushunchalar va izohlar qiyoslanadi, umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar keltiriladi. Shuningdek mavzudagi ba'zi izoh talab jihatlar tahlil qilinadi. Mavzuga xos asosiy tushunchalar har tomonlama tahlil qilinadi va ular konsepktda o‘z aksini topadi. Bu holat esa mavzuni og‘zaki so‘zlab berishda asqotadi.
Xulosa qismida mavzuning muhim jihatlari alohida belgilab qo‘yiladi. Bu holat konspektlashda, ayniqsa geografiya fanida yuqori natija beradi.
Konspektning quyidagi turlari bor:
1) to‘liq konspekt;
2) qisqa konspekt;
3) izohli konspekt;
4) ilovali konspekt;
5) tajribaga tayangan konspekt.
Konspektlarda mavzuga tegishli asosiy tushunchalar va izohlar aks etgani uchun ularni qaytarish va yod olish imkoniyati yuzaga keladi.
- reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak
|
• Gap nima haqida;
|
• Nima ta’kidlanayapti;
|
• Qanday dalillanayapti
|
Konspektda so’zlar ko’p bo’lishi, haddan ortiq ko’chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o’zingizni tiying.
Do'stlaringiz bilan baham: |