Koreyada dafn marosimi o’zgacha ruxda o’tkaziladi. Dafn marosimi biror kishi hayotdan ko’z yumsa o’tkaziladigan marosim hisoblanadi. Vafot etgan kishining oila a’zolari marosim kiyimini kiyib, marhumga esa marhumlarga kiydiriladigan maxsus kiyim kiydiriladi. Odatda bunday kiyimni yoshi o’tgan kishilar tiriklik vaqtlari tayyorlab qo’yadi. Dafn marosimi kiyimi xonadonlar va shuningdek viloyatlarga qarab farqlanadi. Ba’zi kishilar qanor matodan tikilgan kiyim kiyadi, ko’pchilik esa oq va qora kiyim kiyadi. Munsang (ta’ziya)ga boruvchi mehmonlar o’ta yorqin rangdagi kiyimlarni kiymaydi, qora va oq turdagi liboslar kiysa maqsadga muvofiq. Ta’ziya bildirayotganda vafot etgan kishining oila a’zolari tayyorlagan usul orqali ibodat va ta’zim qilish bilan hamdardlik bildiriladi. Sharoitga qarab “ta’ziya puli” (naqd pul) ham beriladi. Munsang (ta’ziya)Vafot etgan kishining oilasiga o’z hamdardligini bildirib sabr tilashni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |