Samarqand davlat chet tillar instituti


II BOB Iboralarning boshqa til birliklaridan farqlari



Download 51,31 Kb.
bet6/9
Sana29.12.2021
Hajmi51,31 Kb.
#75142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ergashev,Tóma,kurs,ishi

II BOB Iboralarning boshqa til birliklaridan farqlari

2.1 Iboralarning semantik tahlili

Rus xitoyshunosligida xitoy iboraviy materiallarini tarkibiy-semantik nuqtai nazardan tahlil qilishga avval urinishlar bo‘lgan ekan, biz bu masalaga qaytishimiz sabablarini asoslashga harakat qilamiz. Bunday yo‘sinda xitoy FBlari bilan A.P.Rogochev, Z.I.Baranov, qisman V.I. Gorelov va A.A.Xamatovlar, bu masala bilan oxirgi shug‘ullangan I.R. Kojevnikovlar bo‘ldi. Biroq, yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflarning ba’zilari xitoy FBlarini tavsiflash uchun tarkibiy-semantik yondashuv bilan qilgan ishlaridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, bu ishlar sub’ektiv va hatto ba’zida erkin xarakterga ega. Xitoy tili frezologiyasiga tarkibiy-semantik tahlilni qo‘llashni ko‘rsatib berish va asoslash xitoyshunoslikda yetarli darajada jiddiy muammo hisoblanadi. Biz quyida A.P.Rogochev, V.I. Gorelov va I.R. Kojevnikovlarning ishlaridan ba’zi misollarni keltiramiz.

​I.R.Kojevnikov dissertatsiyasida frazeologik so‘z birikmasi sifatida kelgan misolni ko‘rib chiqamiz: Bu ibora丢面子diu mianzi – “sharmanda bo‘lmoq” (aynan – (1) mahrum bo‘lmoq + (2) yaxshi nomdan/yaxshi shandan). Mazkur birlik nafaqat frazeologik so‘z birligi hisoblanadi, balki umuman frazeologiyaga kiritish ham mumkin emas. Rus tilidagi shunga o‘xshash frazeologik so‘z birikmasi hisoblangan “yuzini yo‘qotmoq” (“yuz” komponentida semantik surilishlar natijasida vujudga kelgan) dan farqli o‘laroq, xitoy tilidagi 丢面子diu mianz iborasidagi bu tuzilma tarkibiga kiruvchi ikkinchi so‘z面子mianzi “yuz” manosini (jismoniy jihatdan) bildirmaydi va bu yerda u “obro‘, shan” ma’nosida qo‘llanilgan. Bizning oldimizda, hatto frazeologik birikma ham emas ikki so‘zni yetarli darajada keng uyg‘unlashuvini tasdiqlovchi, keltirilgan ibora tarkibiga kiruvchi, uning birinchi komponenti, shubhasiz mustaqil maqomga, erkin so‘zga ega bo‘lganligi uchun, biz uning keng birikmalik xislatini namoyish etmay, faqat ikkinchi komponent – so‘z面子 mianzi – “obro‘, shan, qadr” ning birikmalik misollari bilan cheklanamiz. Zero, uning erkin maqomi birinchi qarashda birinchi so‘z-komponentning maqomi kabi unchalik ravshan emas, lekin shunga qaramay u erkin so‘zdir.

顾面子 gu mianzi​- “o‘z obro‘i uchun qayg‘urish”;

问题面子 wenti mianzi - “qadr-qimmat masalasi, izzattalab”;

有面子 you mianzi - “obro‘ga, hurmatga ega bo‘lish” (aynan – qadr-qimmatga, obro‘ga ega bo‘lish);

给人留面子 gei ren liu mianzi - “kimningdir obro‘ini saqlash” (aynan – old ko‘makchi (harakat yo‘naltirilganga qaratilgan) + inson + qoldirish + qadr-qimmat, shan);

看面子 kan mianzi - “hurmat ko‘rsatish” (aynan – obro‘ga qarash);

爱面子 ai mianzi - “o‘z obro‘ini saqlash” (aynan – qadr-qimmatini sevish, yaxshi ko‘rish);

我的面子在那里 wode mianzi zai nali - “Mening obro‘im uchun bu qanday bo‘lar ekan?;

你这话伤了他的面子 ni zhe hua shangle tade mianzi - “Bu so‘zlaring bilan mening izzat-nafsimga tegding va h.k.

Bunday so‘z birikmalar xitoy lug‘atlariga (xususan, frazeologik lug‘atlarga ham) kiritilganligiga qaramasdan, ular bir tekisda emas, lekin shunga qaramay, bu narsa yuz bergan. Xuddi shunday voqealarga V.M. Solnsev ham e’tibor qaratgan bo‘lib, u xitoy lug‘atlariga qiyin so‘zlar kabi idiomatik ma’noga ega qo‘shma (qiyin) birliklar ham kiritilganligini yozadi. “Ular odatda standart qonun-qoidaga ko‘ra nutqda tuziladi va lug‘atlarga qo‘shilmaydi, zero, ular ko‘pincha lug‘atlarda uchraydi”. Bu birliklar so‘z va so‘z birikmasi o‘rtasidagi chegarada turadi va shuning uchun ham ko‘chma maqomga ega.

​Ko‘rib turibmizki, xitoy FBlarini takibiy-semantik tavsiflashni qo‘llash uchun yondashuvlar, yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi mazkur masalaga uzil-kesil aniqlikni kirita olmaydi, aksincha, biron bir mantiqiy qarama-qarshiliklardan holi bo‘lish uchun ular bizni yana shu masalaga qaytishga majburlaydi.

​Xitoy FBlari fondini tartibga solishga o‘tar ekanmiz, shunga iqrormizki, tavsiflash uchun qilingan har qanday urinish, birinchi qarashda, qanchalik muvaffaqiyatli qilingan bo‘lmasin, doimo nuqsonlari kelib chiqadi va bu esa, umuman tadqiq etilayotgan ob’ektni juda katta xilma-xilligi bilan bog‘liq, bizning holatimizda esa, xitoy tilining o‘ziga xos bo‘lgan grammatik tuzilishi bilan bog‘liqdir. O‘z vaqtida mashhur biolog J.B.Lamark (o‘zining “Zoologiya falsafasi” asarida tirik organizmlarning evolyutsiyasi haqidagi g‘oyalarni rivojlantirgan) “turlar boshqa tarkibli birliklar kabi, real mavjud emas, tabiat esa, o‘zgarilayotgan individumning mutassil (to‘xtovsiz) zanjirini namoyon etadi”, deb aytgan. Xuddi shu narsani har qanday tilning, xususan, xitoy tilining FBlariga nisbatan aytish mumkin. Chunki tadqiq etilayotgan tilning butun frazeologik ko‘lami hajmini tavsiflash bo‘yicha u yoki bu asoslarga ko‘ra guruhlarga taqsimlashga urinishda, biz albatta, FBlarda doimo mavjud bo‘lgan, barcha mezonlarda harakat qilishga qodir bo‘lgan, tavsiflash asoslari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar juda ko‘p ko‘chma hodisalarga duch kelamiz. Masalan, muammoli masala hisoblangan, qanday semantik turdagi FBlarni turg‘un iboralarga kiritish kerak, masalan,



恨得牙痒痒hende ya yangyang – “biron bir kishiga nisbatan o‘ta g‘arazlik tuyg‘usini kechirmoq” (aynan – shunday yomon ko‘rishki, tishlar zirqillasin, eksplikatsiyasi: ko‘rarga ko‘zi yo‘q bo‘lmoq + fe’lliy ko‘makchi so‘z-postfiks, uning vositasida hol darajasi yoki harakat obrazi aniqlanadi + tishlar + zirqillamoq, qichishmoq).

​Mazkur turg‘un birlik tarkibida ikki semantik har xil turdagi komponentlar birlashtirilgan, ulardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda, boshqasi – ko‘chma ma’noda keladi.

Tavsiflash yuzasidan yuqorida keltirilgan bizning maqsadlar qat’iy ravishda har bir FBlarni u yoki bu ma’lum bir tavsiflash guruhiga kiritishdan iborat emas, balki tadqiq etilayotgan til birliklari xususiyatlarini imkon qadar ob’ektiv va keng ko‘lamda namoyon etishdan iborat bo‘lib, asosan, uning ikki turli tomoni: semantik (semantik turlarga bo‘lish) nuqtai nazardan va jumlada ularning vazifasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

​Endi zamonaviy xitoy adabiy tilida mavjud bo‘lgan FB-idiomalarning tarkibiy tavsiflanishi, ularning ko‘p ishlatiladigan sintaktik modellarini ko’rib chiqamiz va ular mavjud xitoy idiomalarining sintaktik tuzilishi tushunchasini hozirgi davrdagi ahvolini sezilarli darajada kengaytirish va aniqlab berishi lozimligi haqida so’z yuritamiz.

​Ko‘rsatilgan tavsiflash doirasida so‘z birikmalari modeli va jumla modeli bo‘yicha tuzilgan FBlar ko‘rib chiqiladi. Nima uchun bizning tavsifimizda nafaqat idioma-so‘z birikmalari, balki tarkibiy jihatdan oddiy jumla idiomalar ko‘rib chiqilmoqda? Chunki xitoy tilida nafaqat maqol va matallar hisoblangan FBlarda tarkibiy jumlalar farqlanadi, balki jumlada ma’lum bir sintaktik vazifani bajarishga qodir bo‘lgan idioma hisoblanganlar ham farqlanadi. Undan tashqari, xitoy tili nutq amaliyoti ba’zida idiomatik maqollar yoki idiomatik aforizmlar jumlaga kiritilganda konstitutiv (sintaktik) vazifani bajarish holatlarini ham ko‘rsatadi. Bu masala haqida Vetrov P.P quyida to‘xtalib o‘tadi.​

Ko‘p ishlatiladigan sintaktik modellarni ajratish oxirgi nashr etilgan eng yangi frazeologik lug‘atlarda keltirilgan FB-idiomalarni butun hajmiga tayangan holda emas, eng yangi lug‘atlarga ko‘rsatilgan, u yoki bu frazeologizmlarning qo‘llanish doirasi yuzasidan ma’lumot yig‘uvchilarni savol-javob natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan. Ya’ni Vetrov P.P avval qator lug‘atlardan yoppasiga tanlab olish usuli bilan ajratgan, og‘zaki va yozma nutqlarda ko‘proq ishlatiladigan FB-idiomalar ma’lum bir to‘plamini ajratadi va faqat, ularning ancha yashovchan qismlarini ajratgandan so‘ng, u ichki sintaktik tahlilga o‘tib, ajratilgan tarkibiy modellarni keyingi taqsimotini belgilashga urinadi.

​Vetrov P.P, agar tadqiqotchi, uni qiziqtirgan tilshunoslikning biron bir hodisasini, ona tili bo‘lmagan biron bir ob’ektini sinxron bo‘linishda tahlil qilish kerak, deb taxmin qilsa, unda u, albatta, faqat o‘zi mustaqil masalan, laboratoriya tajribalari, ma’lumotchilarni savol-javob qilish natijasida olgan materiallarni tahlil qilish yo‘lidan ketadi, deb o‘ylaydi. Bunday yondashuv o‘rganilayotgan ob’ektni ob’ektiv yoritishni kafolatlashi mumkin va tadqiqotchini “faol hayotiy faoliyat” belgilaridan chetga chiqqan yoki chiqayotgan materiallarni tahlil qilishdan forig‘ qiladi. Bu, juda ko‘p xitoy frazeologik lug‘at nashrlarida to‘plangan, tilda keng tarqalmagan bo‘lsa ham eskirgan birliklar yoki muallifga tegishli bo‘lgan individual birliklar lug‘at tuzuvchilar tomonidan kiritilgan, lekin shunga qaramay, bir qancha adabiy asarlarda qayd etilgan (ko‘pincha biron bir muallif tomonidan) FBlarga ham tegishlidir. Bunday birliklarni Vetrov P.P chiqarib tashladi, chunki ma’lumot yig‘uvchilarning so‘rovlaridagi shaxslarning aksariyati uchun ular butunlay noma’lumdir.

​Taklif qilinayotgan tavsiflashning asosiy mezonlari sifatida xitoy FB-idiomalarning doimiy tarkibiy modelini ajratish uchun sintaktik tahlilning quyidagi mezonlari qabul qilindi: a) idiomalarning tarkibiy komponentining chasterik mansubligi bilan ularning o‘zaro ichki sintaktik munosabati parallel hisobga olinadi; mazkur mezon ko‘rilayotgan barcha idiomalar tahlili uchun qo‘llaniladi; b) sub’ektiv-ob’ektiv munosabatni o‘z tarkibida fe’l komponenti mavjud bo‘lgan idiomaga munosabati hisobga olinadi. Ma’lumki, barcha tillarda fe’l idiomalar doimo u yoki bu darajada son jihatidan yuqoridir, shuning uchun, mazkur qo‘shimcha mezon tarkibida fe’l bo‘lgan so‘z birikmali xitoy idiomalarini va tranzitsional turdagi jumlalarni sintaktik tahlil qilish uchun favqulodda muhim hisoblanadi, chunki “fe’lli jumlalar asosida, ma’lum bir ma’noda grammatik tarzda ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan sub’ektiv-ob’ektiv munosabatlar yotadi”, yoki boshqacha qilib aytganda, “shaxsga qaratilgan harakat fe’lning muhim belgisi – fe’lning asosiy sintaktik xususiyati hisoblanadi”.

​Vetrov P.P fikrini davom ettirib, taklif qilinayotgan xitoy FB-idiomalarining tarkibiy-genetik tavsifiga o‘tishdan avval, u FB-idiomalar tarkibida ko‘p uchraydigan holni ko‘rib chiqadi, ya’ni qanday aniq holatlarda va qanday asoslarga ko‘ra, u holning ma’lum bir turini frazeologizmlar tarkibidan u yoki bu komponentlarni qiyoslanishini ko‘rsatadi, hamda hol turlarining idioma yasash jihatidan ko‘p uchraydiganlarini aniqlaydi. Hollarning turlariga (tipologiyasiga) bunday e’tibor yana shu bilan izohlanadiki, xitoyshunoslikda hanuzgacha “hol” tushunchasi hajm jihatidan yagona fikrlilik bilan ishlab chiqilmagan hamda tadqiqotchilar o‘rtasida mazkur gap bo‘lagini aniqlash mezonlari bo‘yicha birdamlik yo‘q. FBlarning differensial ichki sintaktik tahlili maqsadida ba’zi hol turlari semantik aniqlangan.

​Vetrov P.P idioma tuzilishi jarayonida ishtirok etishga qodir bo‘lgan hol turlarini quyidagilarga bo‘ladi: lokativ, natijali va xatti-harakat. Quyida o‘z tarkibiga sanab o‘tilgan hol turlaridan biron birini olgan frazeologik birliklardan misol keltiradi; xitoy variantida hol qalin nuqtada, rus variantida – chiziq tortish bilan ajratilgan.



XULOSA

Biz ushbu kurs ishida “Xitoy tilida iboralarning semantik tahlili” mazvusida taqdiqot olib bordik. Ushbu kurs ishidan quyidagi xulosaga keldik:



  1. “Iboralar” va “iboraviybirlik” tushunchasini belgilash uchun zamonaviy xitoy tilshunoslari 熟语 shuyu atamasini qo‘llaydilar.

  2. Xitoy ilm-fanida xitoy tili iboralar fondi hajmini anglab yetish , tilning razeologik tarkibini tushunib yetishning keng va tor ma’nosini ko‘rsatadigan guruhlar mavjud. Xitoyshunos olimlar birinchi guruhga成语chengyu, 惯用语guanyongyu, 歇后语 xiehouyu, 谚语 yanyu (maqollar) 格言geyan (aforizmlar)ni, ikkinchisiga - 成语chengyu, 歇后语 xiehouyu, 惯用语guanyongyularni kiritishgan.

  3. Xitoy tilshunosligining odatiy yondashuv doirasiga muvofiq, frazeologik fond o‘ziga eng ko‘pi bilan to‘rtta –成语chengyu, 谚语 yanyu, 歇后语 xiehouyu va 惯用语guanyongyu guruhlarini o‘z ichiga oladi.

  4. 成语chengyular to‘rt so‘zdan tashkil topadi, 成语chengyu ning bo‘g‘in-morfemlarining har biri odatda, mustaqil so‘z hisoblanadi. 成语chengyu o‘z vazifasiga ko‘ra, biror bir gap bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. 成语chengyuning tarkibiy komponentlari muntazam ravishda bir-birlari bilan joy almasha olmaydi. 成语 chengyular adabiy, kitob tili hisoblanib, ular kelib chiqishiga ko‘ra ma’lum bir manbaga asoslangan bo‘ladi.

  5. 惯用语guanyongyu lar turg‘un so‘z birikmalari turlarini bildiradi. O‘z tarkibiga ko‘ra bu so‘z birikmalari ma’nosi bir butunlikni tashkil etadi. 惯用语guanyongyu guruhiga faqat qat’iy ravishda uch bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan oddiy nutq uslubidagi idiomatik birliklarni kiritish taklif qilingan.

  6. 歇后语 xiehouyu bo‘laklari topishmoq (piching, kinoya, qochiriq yoki qiyos, o‘xshatish) va javob (birinchi qochiriqni ochuvchi) orqali bir-biri bilan munosabatga kiradi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur FB guruhining birinchi qismi odatda metafora (istiora, kinoya) bo‘lib, ikkinchi qismda “ochib beriladi”. 歇后语 xiehouyu larning asosiy ishlatilish doirasi kundalik – maishiy xarakterdagi so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. 歇后语 xiehouyu lar tuzishning asosiy manbasi – jonli, so‘zlashuv nutqdir.

  7. Ko‘p uchraydigan “an’anaviy” yondashuvdagi farqlash qiyin bo‘lgan FB guruhning 成语chengyu va惯用语guanyongyu muammosi va hatto, bu ikki guruhni bunday atalishi ham hayronlikni keltirib chiqaradi. Masalan, 成语chengyu atamasi aynan “tayyor iboralar” yoki “tayyor tuzilgan shakl” ma’nosini bersa, unga qarama-qarshi “an’anaviy” tavsiflash doirasida qo‘yilgan惯用语guanyongyu “odatiy iboralar” ma’nosini beradi. Rasmiy mantiq nuqtai nazaridan mazkur atamalar nafaqat bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan, aksincha, o‘z nomlari bilan umuman idiomalarning belgi xislatlarini takrorlaydi. Nafaqat idiomalar, balki har qanday FB umuman o‘z mohiyatiga ko‘ra doimo odatiy ibora hisoblanadi. Ibora odatiy bo‘lib, takror ishlatilib turilar ekan, unda u doimiy, ya’ni tayyor shakl, til biluvchilar uchun ma’lum bo‘lgan ibora hisoblanadi.

Tahlil davomida keltirilgan iboralarning har bir komponentining leksik ma’nolari, ularning gapdagi vazifasi ko’rib chiqib tahlil qilindi. Ba’zi bir iboralarni tahlil qilish vaqtida ular tarkibidagi komponentlarining leksik ma’nolari ibora ma’nosiga umuman to’g’ri kelmaslik holatlarini ham uchratdik.


Download 51,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish