Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet81/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Bilish ehtiyoji va ish motivi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ishga munosabati boshqa guruh motivlariga ham tayanadi, ishning borishi bilan uning qabul qilinishi bilan bog‘liq Bu bilishga qiziqish shu yo‘ldagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish bu ishlarda faollikni ko‘rsatish, bu guruh motivlarining o‘sishi bilishga ehtiyojlilik darajasiga bog‘liq. Bu his bilan bola maktabga keladi. Boshqa tomondan darsning tashkil qilinishi va borishi muhim rol o‘ynaydi. Motivatsiyada asosiy rol ishning tashkillanishi borishi bilimga qiziqishni kuchaytiradi.
O‘qish mazmuni bilan bog‘liq motivlar o‘qitishda kichik maktab o‘quvchilarini nima o‘ziga jalb etadi va ular qanday darajaga ko‘tarila oladilar.
Qabul qilish ob’yekti nazariy jihatdan tushunarli bo‘lishi shart. Tushunish jarayoni o‘quvchi holatini ko‘rsata bilishi kerak. Maxsus o‘quv jarayoni qabul qilishning natijasi bo‘lmog‘i lozim. Ular o‘z ichiga o‘quv holatlarini, o‘quv masalalarini baholash va kuzatishi kerak. V.Davidovning fikricha bu shartlarga amal qilish ichki motivatsiyani namoyon qiladi. Haqiqiy bilimga qiziqish natijalari bilimga umumiy yo‘l topishda bilinadi. Uning qiziqishlarini oshirishi o‘qishga bo‘lgan xohishini ham oshiradi. O‘qish davridagi motivlar kichik maktab yoshidagi qiziqishlarini bilishga biror ijodga, bir nima bilan shug‘ullanishga qiziqish orasidagi farqlarni ajrata bilishlari lozim. Birinchi sinfga bola katta qiziqish bilan borib, o‘z xohishi bilan dars qiladi. Dars vaqida o‘z ishini to‘xtatmaydi. U chizishni, ishni, rasm solishni yaxshi ko‘radi, bundan zavqlanadi. Bu ishlarni o‘z xohishi bilan qiladi. Bunday hollarda hech qanday emotsiyalar bo‘lmaydi. Demak bu yerda xaqiqiy bilimga intilishni ko‘rib bo‘lmaydi. Lekin shu o‘rinda ishini sevib qolishi, xato qilib hayajonlanishi mumkin.
“Agar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar, - deb yozadi V.V.Davidov, keragicha rivojlanmagan, yetilmagan bo‘lsa, keyingi nohaqlilik oqibatida psixologik quvonchni yo`qotadi. Birinchi va ikkinchi sinflarda bolalarda ishga nisbatan qoniqarlilik bo‘ladi. Uchinchi sinfga kelib, u o‘zgaradi. O‘qishga qiziqishi so‘nib boradi. Bu an’anani L.I.Bojovich va Ye.I.Kirichuk va boshqalar izlab topdilar. Ikkinchi sinfdagi yuqori natija uchinchi sinfda tushib ketishi ma’lum bo‘la boshladi. Iqtidorli sinflarda ham bu narsa ko‘zga tashlandi. Bu narsa dars jarayonining tashkillashtirilishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. L.I. Bojovich o‘quvchi qiziqishining tushib ketishini qiyin materiallarini o‘zlashtirishga, bolalar yaxshi tayyormasligigni ko‘rsatdi. Bolalar maktabga birinchi qadam qo‘yganlarida, o`qituvchining har bir gapini so‘zsiz bajaradilar. Ularning bajarishlari natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabati yuzaga keladi. Ta’lim jarayonida bolalar o‘zlarini o‘z ma’suliyatlarini sezib, dars davomida o‘z fikrlarini aniq bera oladilar. Bu usulda tekshirilayotgan bola o‘z ishi bilan do‘stining ishini solishtirib, keyingi ishlarida izlanishlari kuchayib boradi. Jamoa bo‘lib ishlashda jamiyatning fikrini yuzaga chiqaradi. Bola boshqalarga yordamga oshiqadi. Nafaqat o‘zi, balki boshqalar oldidagi javobgarlik hissini seza oladi. Agar jamoa rivojlangan bo‘lsa, ularda ishga nisbatan qiziqishning o‘sishiga olib keladi. Shu yo‘sinda bolalarda ijobiy tomonga motivatsiyalarni o‘stirish imkoni tug‘iladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar 7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim o‘zgarishlar yo‘z beradi. Binobarin, ularning psixikasida ham sezilarli darajada o‘zgarishlar bo‘ladi. Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burilish chog‘idir. Bola maktabga kirib o‘qiy boshlashi bilanoq, uning hayotida asosiy faoliyat ish bo‘lib qoladi. O‘qish – o‘quvchining vazifasi, ijtimoiy burchidir. O‘qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoq bolalar ko‘p narsalarni eshitadi va maktabdagi o‘qish haqida ko‘p narsalarni bilib oladi hamda o‘qishning nimaligini anglay boshlaydi. Maktabda bola tizimli ravishda yangiliklar oladi. Bu o‘quvchining kundan-kunga orttirib borayotgan, xilma-xil mazmundagi bilimlarining manbaidir. Bolaning bilimlarni tizimli ravishda o‘zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib boradi, aqliy jarayonlar rivojlanadi, shu bilan bir qatorda, bolaning emotsional va irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib, rivojlana boshlaydi. Maktabdagi ta’lim jarayonining o‘zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va diqqatlariga yangi talablar qo‘yadi. Maktabdagi o‘qish, tashkiliy muayyan maqsadga qaratilgan ancha ixtiyoriy jarayonlar talab qiladi. Ko‘rish sezgisi bilan idrok maktab ta’limida katta o‘rin egallaydi. Gap shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan axborotning asosiy qismini ko‘rish reseptori faoliyati orqali oladi. Ya’ni ko‘rish reseptori orqali olinadigan axborot hamisha boshqa reseptorlardan keladigan axborotning 80 % iga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilarga dars paytida o‘z diqqat-e’tiborini uzoqdagi narsalarga doimiy ravishda ko‘chirib turishga to‘g‘ri keladi.
Masalan: o‘quvchi diqqatini doskadan o‘qituvchining oldidagi stolga, so‘ngra o‘zi oldidagi daftarga ko‘chiradi. Bu jarayon aksincha ham bo‘lishi mumkin. Bu faoliyatda har ikkala ko‘zni to‘xtovsiz ravishda moslashtirish zararuriyati tug‘iladi. Bola ko‘zida akkomadatsiya qobiliyati o‘sa boradi. Akkomadatsiyaning eng yuqori diapozoni 10 yoshli bolalardagina kuzatiladi.
Mashg‘ulot jarayonida bolada goh uzoqqa, goh yaqinga qarashga ehtiyoj bo‘ladi. Har ikkala ko‘zning simmetrik holati ham sezilarli darajada boshlang‘ich ta’limida takomillashadi. O‘qish faoliyatining boshlarida o‘quvchilarning toliqishlari yuqorida kuzsatilgan ko‘rish sezgisi jarayonida akkomadatsiya va konvergensiya aloqasi to‘la garmoniyaga ega bo‘lgan holda takomillashadi, toliqish zaiflashadi. Kichik maktab o‘quvchilari ranglarni va rang tuslarni seza boshlaydilar. Ye.I.Ignatevning tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, asosiy rang tomonlarining tusini ajratish murakkab ishdir. Shuning uchun bolalarni bunga o‘rgatish kerak. 1-sinf o‘quvchilari qizil rangning o‘rta hisobda 3 ta tusini, sariq rangning 2 ta tusini ajrata oladi. Yashil va ko‘k ranglarni butunlay ajrata olmaydilar. 1-sinf o‘quvchilari, ayniqsa qizlar asosan eng ko‘p uchraydigan qizil, sariq, yashil va ko‘k ranglardan iborat 4 ta rangni yaxshi ajratadilar.
Agar bolalar rangning tuslarini ajratishga maxsus o‘rgatilsa, ularda ranglarni farqlay olish xususiyati ancha o‘sib boradi.
Masalan bu sohada 20 ta eksperimental mashg‘ulot o‘tkazilganda, bolalar eng och ranggacha bo‘lgan ip kalavasini ajratganlar. Ana shundan keyin ular o‘rta hisob bilan 12 ta qizil, 10 ta sariq, 6 ta yashil, 4 ta ko‘k ranglarni bir-biridan farq qila olganlar. Kichik maktab yoshi fonematik yeshitish, ya’ni nutqning, yeshitishning rivojlanishi va takomillashuvi davridir. O‘qish mashg‘ulotlari va yozma mashqlar o‘quvchilarda fonematik eshitishning ancha nozik xususiyatining paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchining davrida diqqat tez o‘sadi. Maktabdagi tarbiya ishlari sinfda olib boriladigan kamolot tashkilotlari uyushtiradigan o‘ziga xos ishlar bolaning diqqatini shakllantiruvchi va tarbiyalovchi yangi sharoitdir. Sinfda o‘quvchining aytganlariga quloq solishga o‘zini qiziqtiradigan narsalargina emas, balki o‘zini bevosita qiziqtirmaydigan narsalarga ham o‘z diqqatini qaratishga o‘rgatish lozim. U darsda ham uyda ham diqqatni talab qiladigan ish ishlarini musaqil ravishda bajarish kerak.
Qo‘zg‘aluvchi bolaning miya qobig‘ida qo‘zg‘alishni vujudga keltirsa, 2-qo‘zg‘ovchi bosh miyada juda tezlik bilan yangi qo‘zg‘alish o‘chog‘ini tormozlab qo‘yishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolaning diqqatini juda tez va oson chalg‘itish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘quvchilar diqqatining bu xususiyati ularning o‘qish materiallarini o‘zlashtirishlariga xalaqit beradi. Shu sababli o‘qituvchi bola diqqatining bunday xususiyatlarini doimo esda tutgan holda, darsni uning bir vaqti bilan ikkinchisini bog‘lab, ustalik bilan o‘tkazishi va bu vaqtlarning bir-birini tormozlab qo‘ymasligi uchun darsning har bir bosqichini yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak. O‘qish faoliyati tomonidan qo‘yilgan jiddiy talablarning bir qismi tabiiy o‘quvchilarning diqqatini ishga soladi. O‘qish jarayonining ta’siri ostida diqqat o‘qish jarayonining zarur sharti bo‘lib hisoblanadi. Idrokning to‘laligi, to‘g‘riligi, tezligi, esda qoldirishning tez va aniqligining diqqatiga bog‘liqdir. Fikrlash jarayonlari diqqat tufayli aniq, mantiqli, mazmunli bo‘ladi. Chunki, o‘quvchilarning mustaqil ravishda masala yechishlari va masala tushunishdan oldin ular diqqatning kuchi va barqarorligini ta’minlaydi. O‘quvchilarning aqliy faoliyatining zarur shartlarini ta’minlash uchun o‘qituvchi kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatining xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Diqqat asosiy nerv jarayonlari bo‘lgan qo‘zg‘alish va tormozlanishning yoki xususiyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladigan psixik faolligining muhim tomonidir. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kichik yoshdagi o‘quvchilarining bosh miya yarim sharlari po‘stida juda tez paydo bo‘ladi. Shu sababli agar bir qo‘zg‘aluvchi bolaning miya qobig‘ida qo‘zg‘alishni vujudga keltirsa, 2-qo‘zg‘ovchi bosh miyada juda tezlik bilan yangi qo‘zg‘alish o‘chog‘ini tormozlab qo‘yishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolaning diqqatini juda tez va oson chalg‘itish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘quvchilar diqqatining bu xususiyati ularning ish materiallarini o‘zlashtirishlariga xalaqit beradi. Shu sababli o‘qituvchi bola diqqatining bunday xususiyatlarini doimo esda tutgan holda, darsni uning bir vaqti bilan ikkinchisini bog‘lab, ustalik bilan o‘tkazishi va bu vaqtlarning bir-birini tormozlab qo‘ymasligi uchun darsning har bir bosqichini yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak. O‘qish faoliyati tomonidan qo‘yilgan jiddiy talablarning bir qismi tabiiy o‘quvchilarning diqqatini ishga soladi. O‘qish jarayonining ta’siri ostida kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatining barcha xususiyati va sinflari intensiv ravishda o‘sib boradi va bu bilan ixtiyorsiz diqqatidan ixtiyoriy diqqatga ko‘chsh osonlashadi.
Kichik yoshdagi bolalarda emosiyalik kuchli bo‘lib, diqqatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Agar ish materiali o‘zining yorqinligi, obrazliligi va jonliligi bilan ajralib tursa, diqqat bilan ancha kuchli namoyon bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar diqqatini darsga jalb qilishning eng muhim sharti o‘qitishni ko‘rgazmali qilish, illustrasiyalardan foydalanish hamda o‘qituvchi nutqining yorqin, obrazli bo‘lishidir. Yemosionallik bir tomondan bola tafakkurining ham tanqidiy harakteriga ega emasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan tafakkur taraqqiyotining hali uncha yuqori darajada emasligidir. Bularning hammasi kichik yoshdagi o‘quvchilarda tashqi diqqatning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ish materialini idrok yetishda diqqatning o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialining muhim tomonlariga emas, ikkinchi darajali tomonlariga qaratiladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ixtiyorsiz diqqat yuqori turadi. Lekin, maktabda ish birinchi yiliyoq o‘quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Diqqatning bu turi B.T.Annoyevning yozishicha, “… katta odamlar bilan bolalarning birgalikda faoliyati va tarbiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq o‘sishi maktab yoshidagi bolalarda idrok va tafakkurning tarbiyalanishiga bog‘liqdir».
O‘quvchilarga yangidan-yangi bilimlarning berilishi ular nutqining lug‘at jihatdan tobora o‘sib borishini taqozo qilayotganidan dalolat beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar xotirasining o‘sishida ikkta asosiy xarakterli momentlar borligini aytib o‘tish zarur. O‘quvchilar ko‘pincha o‘quv materialini zarur narsa tariqasida esda qoldirishga va esga tushurishga harakat qiladilar. Ular bilim olishning zaruriyatini tushunadilar, darsga tayyorlanadilar, bir-biriga savol beradilar. O‘zlarining dasrdagi javoblari sifatiga e’tibor beradilar. Javoblariga beriladigan baholarga diqqat bilan quloq soladilar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar xotirasining o‘sishida ikkinchi xususiyat o‘quvchilarda abstrakt tafakkurning o‘sishi munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan katta o‘zgarishlardan iborat.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish