Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet114/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Pedagogik tasavvur asosan konstruktiv faoliyatga tegishli bo‘lib, - u ta‘lim oluvchilarning kelajak bilimlarining namunasi sifatida namoyon bo‘ladi, hamda oldindan mos keladigan metodlar va metodikalarni topishga asoslanadi. Aynan pedagogik tasavvur ituvchiga rivojlanayotgan ta‘lim-tarbiyani tashkil qilishga yordam beradi.
Pedagogik takt: pedagogik faoliyatning kommunikativ tomonida vujudga keladi. Bu uvchilar, ituvchilar, ota-onalar bilan to‘g‘ri muomala qilishga o‘rgatish ziddiyatli vaziyatlarni aniqlashtirish va ogohlantirish, munosabatlarga nisbatan me‘yorni bilish (talabchanlik, mehribonlik) qobiliyatidir.
Tashkilotchilik qobiliyati o‘qituvchi faoliyati uchun muhim hisoblanadi, chunki butun pedagogik faoliyat tashkilotchilik xarakteriga egadir.
O‘qituvchi shaxsining individual qobiliyatlardan tashqari ituvchi faoliyatida uning individual qobiliyatlari. U pedagogning uslubini belgilaydi. Ishning uslubiga oliy nerv faoliyati xususiyatlari, emotsional sohaning o‘ziga xosligi ta‘sir qiladi. Dars o‘tish tempi emotsional darajaning to‘yingan ko‘rinishida ularning ta‘siri ko‘rinadi. Hozirgi vaqtda qanday psixologik qobiliyatlar bilan o‘qituvchi yangi ta‘lim vazifalaridagi bog‘liqliklardan farq qilib, o‘quv jarayonini faollashtirish savoliga psixologlar javob izlashmoqda.
Bir guruh psixologlarning olib borgan tadqiqotlarida o‘qituvchiga mohir pedagogik ishda bir xil muvaffaqiyatning paydo bo‘lmasligiga yaxlit holda quyidagilar aniqlandi:
- bolalar intellektining katta imkoniyatiga ishonish va barcha uv jarayonida bu vazifa vazifaga tobe bo‘lishi:
- o‘rganilayotgan dars materialini har tomonlama maksimal itishga intilish, ta‘lim oluvchilarda vazifani bajarish uchun turli usullarni izlashni shakllantirish;
- pedagogik kuzatuvchanlik
- haqqoniylik, asoslanganlik, qo‘yilgan talablarga nisbatan bevosita ishbilarmon xarakterda bo‘lish;
-bolalar jamoasi bilan muloqotning qondirilishi va aksincha, vijdonli ituvchi bo‘lsa ham lekin ta‘lim oluvchilar oldida avtoriteti bo‘lmasa, unda quyidagi qobiliyatlar farq qiladi:
-o‘quvchilar bilan doimiy qattiqqo‘l munosabatda bo‘lish zarurati;
-to‘g‘ri talablarning ustunligi, qo‘rqitish yoki nasihatomus tonlarning ko‘pligi stereotiplik
-o‘quvchilardan javob berishni qattiq talab qilishi;
- pedagogik shtamplarning o‘quv uslubida bo‘lishi.
Birinchi o‘qituvchi sifatida o‘quvchining barcha yosh va individual farqlarni maktabga kelganidan o‘qib olishi, uni yangi faoliyatga yengillik bilan o‘rgatish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ziyraklik qobiliyati bo‘lishi kerak, u maktabgacha va kichik maktab o‘quvchisida psixologiya va pedagogika bilimlariga chuqur kirishi, keyingi ta‘lim bosqichlarida o‘zining o‘quvchisining muvaffaqiyatlari javobgarlik hissining bo‘lishi. Albatta muloqotchanlik va mehribonlik bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinf-o‘qituvchisida optimizmlik, hayotdan quvonchning bo‘lishi bolalarni doimo jalb qilib kelgan. Har bir o‘quvchining bahosiga nisbatan haqqoniylik bo‘lishi, u kontaktning muvaffaqiyatini belgilaydi, bu esa o‘quvchiga ta‘sir qilib ma‘noli barerga yo‘l qo‘ymaydi. Bilimga nisbatan har tomonlama qiziqishning bo‘lishi, ko‘p fanlarni bilishning muvaffaqiyati eruditsiyaning sharti bilan bog‘liq estetik hislar va madaniyatga emotsional munosabat bo‘lish muhimligi uvchilarda qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradi.
Bu aloqada o‘qituvchilarning shaxsiy kasb tomonlariga hamda yuqori va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy xislatlariga baho berishga bo‘lgan qiziqish munosabati namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotlarda bu masala maxsus o‘rganildi. O‘tkazilgan eksperimentda 300 ga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etib, ular orqali pedagog ishidagi o‘qituvchisining shaxsiy tomonlari tanlandi.
Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridagi vatanparvarlik hissi, mehribonlik, pedagogik takt, haqqoniylik, bolalarga muhabbat, o‘quvchini tushunishi qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, quvnoqlik kabi sifatlar yuqori darajada ekanligiga aniqlangan bo‘lsa, yuqori sinf o‘qituvchilarida esa vatanparvarlik hissi pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyatlarining shakllanganligi o‘rtadan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qiladi.
Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishi. O‘qituvchining kasbiy qobiliyatlar ko‘lami pedagogik uv yurtlarida ta‘lim olayotgan vaqtidan, o‘zini tarbiyalash, jarayonida hamda kundalik pedagogik faoliyatda shakllanadi.
Albatta, har bir shaxs alohida individual va uning ba‘zi qobiliyatlari ham, yuqorida keltirib o‘tilgan maxsus qobiliyatlar ba‘zi bir o‘qituvchilarda ularni maqsadga yo‘naltirishsa ham to‘liq daraja rivojlanmasligi mumkin.
Biroq amaliyot shuni ko‘rsatdiki, ituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirishdagi ba‘zi bir qobiliyati bo‘lmasa u boshqasi bilan o‘rnini to‘ldiradi va bunda o‘quv faoliyatiga hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. F.N.Gonobolin o‘z tadqiqotlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida bolalarga nisbatan talabchanlikning bo‘lmasligi natijasida bolalar bilan ishlashda sabr va bajarishga tirishishi bilan kompensatsiyalanadi (o‘rnini to‘ldiradi) deb aytib o‘tdi.
Pedagogik qobiliyatlarning kompensatorlik imkoniyatining so‘nggi tadqiqotlarida qobiliyatlar olamini ochadi, unda qaysi biri bosh bo‘lib faoliyatning muvaffaqiyatini belgilashini aniqladi.
Tadqiqotlar bo‘yicha, birinchi tipdagi pedagoglarda pedagogik qobiliyatlarning yadrosi sifatida yuqori darajada nazariy bilimlarning rivojlanishi hisoblanadi va natijada ularda to‘garak ishlarini boshqarish va proforientatsiya mahorati, konstruktiv va kommunikativlik mahorati kabi xislatlar vujudga keladi.
Ikkinchi tipdagilarning yadrosi sifatida yuqori darajada tashkilotchilik ishlari (kashshoflik, sport) hisoblanib, ularda amaliy mahorat (musiqa asboblarida o‘ynash, fotografiya), kommunikativlik va konstruktiv mahorat yuzaga chiqadi.
Uchinchi tipdagilarda kommunikativ mahorat yadro sifatida bo‘lib, ularda tashkilotchilik mahorati, konstruktiv va amaliy mahorat shakllanadi.
To‘rtinchi tipdagilarda konstruktiv mahorat yadrosi sifatida bo‘lib, ularda yuqori darajada nazariy bilimlar shaxsiy xislatlar (oddiylik, sabrlilik, vazminlik) shakllanadi.
SHu narsa aniqki pedagogik mahoratning doimiy mukammallashuvi o‘qituvchining o‘z maqsadlarini, anglash kerak hamda o‘z pedagogik faoliyatida nimani kutadi, pedagogik faoliyatda paydo bo‘ladigan shaxsiy imkoniyatlarini (xarakter xususiyatlari, og‘ishishlar) anglashni to‘liq tushunishi lozim.
Qobiliyat - bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma‘lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Didaktik qobiliyatlar - bu bolalarga o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin uv materialini osonroq murakkabrog‘ini soddaroq tushunishi qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi.
Akademik qobiliyatlar - matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos kobiliyatlardir. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat kurs xajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o‘quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi, hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, ituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarini qoyil qilib hayratda qoldirishi, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli har tomonlama keng bilimdon odam bo‘lishi lozim.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish