Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar



Download 5,72 Mb.
bet72/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar.Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan tayyorlash.

Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional motivatsion yo‘nalish bo‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakatta keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon bo‘ladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi. Bilish jarayonlarida ichki va tashqi harakatlarning sintezi yuzaga keladi. Biron bir narsani idrok qilish jarayonida bu sintez perseptiv harakatlarda, diqqatda ichki va tashqi harakatlar va holatlar rejasini boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa materialni esda saqlab qolish va esga tushirishning ichki va tashqi to’zilmasini boglay olishda ko‘rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta umumiy jarayonga birlashtirish sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning asosida insoniy intellekt shakllanadi va rivojlanadi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bilish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini to‘liq egallashi asosida yotadi, Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi, nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini boshqaradi. Bolaning uning atrofidagi kishilar bilan xilma-xil munosabatlari yuzaga kelib, bu munosabatlar asosida turli xil motivlar yotadi. Bo’larning hammasi bolaning individualligini tashqil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.


Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, mak­tab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi. Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini ta­lab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik hislari bo‘lishi kerak.
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bolalar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlashgan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar» qatoriga tuthib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak. Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi. Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazar­da tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D.Ushintskiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyortashda ular­ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun mak­tab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham­da yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalar­ning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab­dagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktab­dagi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ay­rim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chun­ki bu yerda yosh masalasi ham bor. Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugallanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan bosh­lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraq- qiyot darajasi bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor­ligi shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yosh­ga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi­lishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, jamoada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning tur­mush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi. Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mus- tahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsa-lar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqa- nidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido­ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Bolalarda 5-6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari yashab to’rgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kirishishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining mak­tabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo­logik tayyorgarlik deganda bolaning ob’yektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolaning qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.


Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish