Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Bolaning psixik o‘sishida o‘yinning ahamiyati



Download 5,72 Mb.
bet70/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

3.Bolaning psixik o‘sishida o‘yinning ahamiyati. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. O‘yinning qiziqarliligi uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kasb etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi.
Bu yoshda bolaning o‘yinlari ha­li juda oddiy bo‘ladi. Aslida ular tom manodagi o‘yin bo‘lmay, balki chinakam o‘yinga tayyorgarlikdir. Bu yoshdagi bolalarning sodda o‘yinlarini mashq o‘yinlari, harakat o‘yinlari, manipulatsiya (timirsqilash) o‘yinlari deb atash mumkin. Bunday o‘yinlarda bola o‘yinchoqlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borib qo‘yadi, mashinalarni, aravachalarni yurgizib ko‘radi, kubiklarni ustmaust qilib taxlaydi va shu kabi harakatlarni bajaradi. Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi. Bola kattalardan ko‘rgan bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradi. Mashina ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo. Qiz bola bo‘lsa, bu yoshda qo‘g‘irchog‘ini yuvintiradi, ovqatlantiradi, uxlatadi, jazolaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi tiklovchi xayolning yuzaga kela boshlaganini ko‘ramiz. Bola uch yosh­ga to‘lish oldida rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlar ham pay­do bo‘ladi. Ular o‘yinda rollarni taqsimlab oladilar va ulardan — «Men samosvalning haydovchisi bo‘laman», «Sen ekskavatorda turasan», «Men doktor bo‘laman», «Sen doktorga kelasan» kabi mulohazalarni eshitish mumkin. Bolalar o‘z rollarini mohirlik bilan bajarishga intiladilar. Ana shunday rolli o‘yinlarda bola­larning xayol faoliyatlari rivojlanadi. Ularda ijodiy xayol kurtaklari ham yuzaga kela boshlaydi.
Nutqning o‘sishi bola shaxsining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, har turli ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar kabi) haqidagi hikoyalarni jonu dili bilan eshitadilar. Bola bunday hikoyalarni eshilishda bevosita o‘zining idrokiga, tasavvurlariga tayanadi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshashliklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishiga yordam beradi. Ilk yosh davridagi bolalarning xayol faoliyatlarini rivojlantirishda o‘yinning roli nihoyatda kattadir. Shuni e’tiborga olib, bolalarning o‘yinlarini tashqil qilishga, ularga o‘yinchoqlarni to‘plab berishga ahamiyat bilan qarash kerak. Bu yoshda bolalarning o‘yinchoqlari anchagina yirik, rangdor, qimirlaydigan, ya’ni bolalarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladigan, shuningdek, sinmaydigan, yengil va oson yuviladigan bo‘lishi kerak.
Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.
Bolaning laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:
a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada olinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq-atvoriga ham jobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish