FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarni kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hakozolarga qaratilgan.
O‘zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlarlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi, axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish choralarining ko‘rilishidir.

Respublika FVDT O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning respublika, mahalliy va ob’yekt bosqichi iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimlardan iborat bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o‘z faoliyatini ko‘rsatmoqda.
SHunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti-harakat etishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan hududlarda qutquruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zyero, yer yuzida umumiy qirg‘in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |