Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining kasbi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ташкил этилгунга qадар тарбиячи тушунчаси pedagog xodimlari тушунчасига ўзгартирилди. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi о‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, о‘z mahoratini doimo takomillashtirib borishga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bо‘lishi, о‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bо‘lishi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi lozim. Shuningdek, tarbiyachining pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun о‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qо‘yildi. Har bir tarbiyachi о‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qо‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
2. Aqliy qobiliyatini о‘stirish.
3. Milliy qadryatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
4. Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
5. Yosh avlodda о‘rtoqlik, dо‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish [25; 30-31-b.].
Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati
sabablarini tо‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qо‘llay oladigan bо‘lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, kо‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bо‘lishi va uning
nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak:
nutqning aniqligi;
nutqning irodaviyligi;
nutqning sofligi (uning turli sheva sо‘zlaridan xoli bо‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon, (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos sо‘zlar) varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqsa о‘zga millatlarga xos sо‘zlarning о‘rinsiz qо‘llanilishi) vulgarizm (harakat qilish, sо‘kishda qо‘llaniladigan sо‘zlar) hamda konselyarizm (о‘rinli bо‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutkda sо‘zlash) sо‘zlaridan xoli bо‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bо‘lishi kerak;
nutqning ravonligi;
nutqning boyligi (sо‘zlash jarayonida maqsadga muvofiq tarzda hikmatli sо‘zlar, maqollar, kо‘chirma gaplardan foydalana olish) [25; 33-34-b.].
Tarbiyachi о‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda о‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib faolligini о‘stirish bolalarni xulqini xatti-harakatini real baholay olishi kerak. Har bir faoliyat uchun kerakli materialni oldindan tayyorlab qо‘yishi yangi bilimni egallagan bilimlari bilan bog‘lay olishi hamda bolalar egallab olishi lozim bо‘lgan bilim, malaka va kо‘nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bо‘lishi va ularni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.
О‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi qonunining 39-moddasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini о‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bо‘lmagan ish turlariga jalb etishga yо‘l qо‘yilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid bо‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi [3] (1.9-jadvalga qarang):
1.9-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |