3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bо‘lishi mumkin.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 4 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklardan biri bо‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun kamida 4 ta guruh:
eshitishda og‘ir nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun;
kо‘rishda og‘ir nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun.
13. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan 5 yoshga bо‘lgan bolalar kontingenti mavjudligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili yig‘ib boradi va bu ma’lumotni О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi о‘rinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi о‘rinlarda sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga bо‘lgan ehtiyojni о‘rganish yakunlari bо‘yicha tashkil etiladi.
15. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalar mavjud bо‘lsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari sog‘liqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish tо‘g‘risidagi taklif bilan О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish tо‘g‘risidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga bо‘lib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha bо‘lgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar о‘sishini kо‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bо‘lishi kerak.
16. О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish tо‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, о‘zgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot о‘quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga о‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |