maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy meyorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini kо‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon
2.
rivojlanish
inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida rо‘y beradigan о‘zgarishlar
3.
rivojlanish sohasi
bola rivojlanishidagi aniq bir yо‘nalishlar
4.
kichik soha
sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini о‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yо‘nalishini kо‘rsatib beradi
5.
kutilayotgan natija
bolalarda kutilayotgan bilim, kо‘nikma va malakalar kо‘rsatkichi
6.
bola kompetensiyasi
ma’lum bir yosh davriga xos bо‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bо‘lgan bolaning bilimi, kо‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari
7.
integratsiya
bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari о‘rtasidagi bog‘liqlik
8.
inklyuziv ta’lim
bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon
9.
«Men» konsepsiyasi
bolani о‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi
10.
refleksiv faoliyat
bolada о‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni
Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda о‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bо‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
Maktabgacha ta’lim muassalari “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablari” asosida tuzilgan “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi bolalarni har tomonlama kamolga yetkazish hamda ularni maktabga tayyorlash nazarda tutilgan. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturidagi ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalarida bolalarning murg‘akligidan maktabga borguniga qadar bо‘lgan talablar belgilab berilgan.
“Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bо‘lgan dastur hisoblanadi. Tayanch dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi har bir bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlash: odobli, aqlli, xushmuomala, о‘ziga ishongan, о‘z oldiga qо‘ygan maqsadini amalga oshirishga intiladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umummilliy qadriyatlarni qadrlaydigan, jismonan sog‘lom bolani tarbiyalashdan iborat. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriligining 2016 yil 28-yanvardagi 1-sonli hay’at yig‘ilishida tasdiqlangan [11].