10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish 54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish 56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bо‘lgan davri uchun olinadigan ota-onalar tо‘lovi;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qо‘shimcha byudjet mablag‘larini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash muassis mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarning bо‘lgan davri uchun olinadigan ota-onalar tо‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda undiriladi.
60. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarning bо‘lgan davri uchun olinadigan xizmatlar haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar bо‘yicha tо‘lanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
61. Ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar uchun ota-onalar tо‘lovi imtiyozli shartlar asosida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar tо‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari rо‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rо‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va rо‘yxatga olingan umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar bо‘lgan bolalarga mо‘ljallangan guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va rо‘yxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagogik va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qо‘shimcha tо‘lov tо‘lanadi.
Qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalarga mо‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qо‘shimcha tо‘lov tо‘lanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-xо‘jalik faoliyati О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.