tanlash bosqichida multimedia muhitida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan o‘quv fani tanlanadi;
tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko‘rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o‘quv dasturining ssenariylarini yaratish bo‘ljallanadi;
asosiy bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani bevosita yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi;
yakunlovchi bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani testdan o‘tkazish va maqomiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o‘quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo‘shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning iyerarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o‘rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o‘ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron o‘quv qo‘llanmani yaratishda giperment, giperko‘rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o‘zaro bog‘lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali elektron – o‘quv qo‘llanma quyidagi afzalliklarga ega:
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o‘quvchilarga berilayotgan o‘quv materialini chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish, dars mavzusi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi [28; 74-b.];
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg‘unligi mavzuni o‘rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo‘yadi;
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o‘rnatilishi natijasida o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘qish darajasi va sur’atini o‘rganuvchining o‘zi tanlash imkoniyati o‘qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar o‘quvchini o‘z – o‘zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Elektron pochta – bu axborot almashish xizmatini ko‘rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o‘quv muassasasi va hattoki o‘z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko‘rsatgan holda axborot jo‘natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u yerda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo‘natiladi.
Elektron pochta orqali bosma materiallar, fotografiya, jadval, grafik ish qog‘ozlari va jurnallar kerakli manzilga jo‘natiladi. Bunda asosan axborotlar (xat - xabarlar)ni uzatish va qayta ishlashning elektron usulidan foydalaniladi.
Axborot uzatishning ushbu imkoniyatidan ta’lim oluvchilar, masofaviy ta’lim bilan shug‘ullanuvchilar samarali foydalanishi mumkin.
Elektron forumlar – bu internetning xalqaro tarmog‘i va elektron pochtalardan foydalanib o‘tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun – mohiyatini tushuntiradi, so‘ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o‘z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to‘g‘ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta’sir etadi.
Elektron shaklidagi o‘quv-uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig‘imdagi audiovizual materiallar, interfaol o‘quv kurslari, ko‘mpyuterda hisoblash tajribasini o‘tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tizimlar [28; 75-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |