4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
16. Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat rо‘yxatidan о‘tganidan keyin beriladi.
17. Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini tо‘xtatib turish yoki tо‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |