Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


Sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish



Download 1,09 Mb.
bet84/129
Sana18.02.2022
Hajmi1,09 Mb.
#454128
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
Bog'liq
fayl 1493 20210818

Sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish kо‘lamini oshirish bо‘yicha vazifalarni hal etish birinchi navbatda maktabgacha ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tug‘ilishning о‘sishi dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini mavjud darajada saqlab turishni ta’minlab beradi, ammo uning о‘sishiga yordam bermaydi. О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘larining cheklanganligini e’tiborga olib, nodavlat sektor maktabgacha ta’lim muassasalari soni о‘sishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bо‘lishi, davlat-xususiy sherikchiligi esa xususiy tadbirkorlik subektlarini maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etishning asosiy mexanizmiga aylanishi lozim.
Maktabgacha ta’limning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha ta’limning standart shakllarini kengaytirish qiyin bо‘lgan joylarda ta’minlash yangi muqobil shakllarni joriy etish hisobiga ham amalga oshirilishi lozim. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash bо‘yicha maqsadli kо‘rsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
1) О‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yangi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
2) maktabgacha ta’lim sohasida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni maktabgacha ta’lim muassasalarining quvvatlarini oshirishga yanada rag‘batlantirish va manfaatdorligini oshirish;
3) maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi shakllarini yanada rivojlantirish:
mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat ta’lim muassasalari binolarini bepul asosida berish;
kо‘p kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga berish;
konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish;
homiylik va boshqalar;
4) fuqarolar va tadbirkorlik subektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qо‘llab-quvvatlash;
5) bо‘sh turgan davlat mulki obektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan о‘tkazish;
6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;
7) maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng kо‘lamini о‘z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:
har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari — «Play-guruhlar»;
maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini kо‘rsatish dasturi — «Nome visits»;
maktabgacha ta’lim muassasalari korporativ guruhlari va boshqalar;
8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bо‘lgan bolalar uchun tо‘siqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);
9) maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;
10) respublikaning barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tarmog‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yо‘li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
11) ta’lim xizmatlarini kо‘rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bо‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish kо‘lamini oshirish;
12) maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish