Samarqand davlat chet tillar instituti bolalar pedagogikasi


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi



Download 1,1 Mb.
bet89/99
Sana23.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#841656
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari.
Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar о‘z boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogika kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagogik xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda kо‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish bо‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan kо‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xо‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish tо‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish tо‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotiga О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bо‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
73. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari hisoblanadi.
74. Mudir davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi
75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot rahbarining lavozimiga qо‘yiladigan malaka talablari О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat kо‘rsatadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi:
bola qabul qilinganda uning о‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini о‘tkazish yuzasidan individual yо‘nalishni ishlab chiqadi;
individual yо‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat bо‘lsa, unga о‘zgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning о‘ziga о‘zi xizmat kо‘rsatish kо‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini о‘zlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda bо‘lgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani kо‘rib chiqadi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida kо‘rsatilgan bolaning bо‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda bо‘lish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda bо‘lishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish