Bolalar bog‘chalaridagi mashg‘ulotlar. Bolalar bog‘chalarida ta’lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va о‘qishdan tashqari bolalarga qо‘shiq aytish о‘rgatiladi, sport musobaqalari о‘tkazilib, muntazam sayrlarga (poxodga) chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni о‘tkazilishidan maqsad – bolada hamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qо‘shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qо‘shiqchi qо‘llanilmaydi, musobaqa о‘tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‘oliblikka erishiladi, va mutlaqo yakka g‘olib emas. Jamoa bilan muntazam ravishda bir kunlik sayrga chiqishdan maqsad bolani chidamlikka о‘rgatish va о‘zi atrofidagi hududni о‘rganish. Yapon bolalari tabiatni juda sevadilar va chuqur his etadilar. Balkim, aynan shuning uchun ham Yaponiyada turli daraxtlar, tabiat hodisalariga bag‘ishlangan milliy bayram va festivallar kо‘p bо‘lsa kerak. Yoshlikdan gо‘zallikni sevishni va tabiatni his etishni о‘rgatilgan yapon bolalar bu tuyg‘ular bilan umrbod yashaydilar. Bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, davlatdan tashqarida Yaponiyada jamoaviylik hislatlari juda rivojlanib, shaxsiyat tushunchalarini inkor etiladi fikrlar tarqalgan. О‘zini shaxs sifatida namoyon etadigan inson Yaponiya jamiyatida qо‘llab quvvatlanmaydi. Lekin bu Yaponiyada hamma birdek hisoblanib, shaxsiyat inkor etiladi degani emas. Yaponiya yoshlarini fotosuratlarini kо‘rsangiz u yerda yetarlicha rang-barang, о‘ziga ishongan yigit-qizlarni kо‘rasiz, lekin ular guruh bо‘lib yashaydilar va bu ularning ulg‘ayshlaridagi ma’lum pog‘ona demakdir. Maktab va institutlarni tugatgan rang-barang va о‘zgacha fikr yurituvchi yoshlar qonunlarga itoat etuvchi va mehnatsevar yapon fuqarolari qatoriga qо‘shilib ketadilar [18; 45-b.].
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yо‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan (2.1-jadvalga qarang) [17; 32-43-b.].
2.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |