Media-kutubxona (yoki mediateka)
Ixtiyoriy blog yozuvining muhim qismi – tasvir hisoblanadi. WordPress da
barcha rasmlar, videofayllar va audiofayllar media-kutubxonada joylashgan bo‘ladi.
Yozuvni yozishda media-kutubxonaga murajaat qilib, rasmni yuklab olish mumkin.
Buning uchun yozuvni tahrirlash oynasida vizual muharrir oynasining pastida
joylashgan
Add Media tugmasini bosish kerak.
Yangi rasm qo‘shish uchun media-yuklovchini ishga tushiruvchi «Upload
Files» vkladkasini bosing. Bu yerda yoki rasmlarni kompyuterdan o‘tkazish, yoki
Select Images tugmasini bosib, kompyuterdagi rasmni qo‘lda tanlash mumkin.
Fayllar yuklangandan keyin oynaning o‘ng tomonida turgan qo‘shimcha amallar
taklif etiladi.
«Insert into Post» tugmasi bosilgandan keyin, rasm yozuvga qo‘shiladi. Agar
sozlanmalarga qandaydir o‘zgarish kiritmoqchi bo‘lsangiz, kerakli rasm ustiga bir
marta bosasis, paydo bo‘lgan asboblar panelida rasmni tahrirlaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |