4.3. Deraza va eshiklar
Bino derazalari turli xil o'lchamda bo’lib shakli to’g'ri to’rtburchakdir. Derazalar alyumin vitrajdan iborat.
Derazalar o’lchami D-1: 1.5x1.5. D-2: 1.2x1.5. D-3: 0.75x1.5.
Loyixada D-1; D-2; va D-3; belgilash orqali ko'rsatilgan. Bino eshiklari turli xil o’lchamda bo’lib shakli to’g’ri to’rtburchakdir. Eshiklar asosan tabiiy yog’och materialidan tayyorlangan. Eshiklarning loyixadagi belgilari va o’lchami quyidagicha: E-1: 0.9x2.3 m, E-2: 0.8x2.3 m.
4.4. Qavatlararo yopmalar
Qavatlarni bir-biridan ajratib turuvchi issiqlikni, namgarchilikni, ovozni (tovushni) ta'minlovchi yuk ko’taruvchi gorizontal konstruksiyaga qavatlararo yopmalar deyiladi. Qavatlararo yopmalarning 2 xil turidan foydalanilgan, standart plita va monolit orayopmadir. Orayopma va tom yopma plitalarning o’lchamlari: S-PK 6-58.15S S-PK 6-58.12 Orayopma va tom yopma plitalarning quyma qismlari ham ko'zda tutilgan. Orayopma asosan yuk ko’taruvchi vazifasini bajaribgina qolmay balki ikki qavat o’rtasidagi shovqin — suronni to’sib qolish ya’ni ushlab qolish xususiyatiga ega bo’lishish shartligi uchun men ora yopmalarga tovushi izolyatsiyasini injenerlik tomonidan xam loyixalangan. Bu pol orqali ishlatiladi.
4.5. Tomyopma
Binoni ustki qismini tashqi muxitdan tom ximoya qiladi. Tomlar shakli nishablarini qanday qiyalikda loyixalanishi muxim e’tiborga ega. Binoning tomi i=3% nishablik ostida qilib loyixalangan. Tom yopma bir necha qiymatdan iborat bo’lib, unda 3 qatlamli rubiroid, issiqlik izolyatsiyasi va yopmadan iboratdir.
4.6. Pollar
Bino poli xonalarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Loyixada bino xonalar raqamlariga mos ravishda polning turlari va maydoni qabul qilingan. Bunday pollarni qilishda zichlangan grunt 80 mm ustiga sinfi V 7,5 bo’lgan beton qatlami 100 mm to’shaladi. Keyin to’rt qavat 250x140x60 o’lchamdagi g’isht teriladi. Karidor mozaika pollardan tashkil topgan. Bunday pollarni qilishda zichlangan grunt 80 mm ustiga sinfi V 7,5 bo’lgan beton qatlami 100 mm to’shaladi. Ikkinchi qavatda esa orayopma plitasidan, keyin yog’och laga 150x150 o’lchamdagisi qo’yiladi va ustidan taxta pol yotqiziladi.
4.7. Zinalar
Zinalar qavatlararo aloqani o'rnatadi. Asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalardir bundan tashqari zinalar tabiiy ofat, yong'in va avariya vaqtida kishilarni binodan tez evakuatsiya qilish xizmatini bajarishi kerak.
Loyixalanayotgan binoning zinalari keng va shinam joylashgan bo’lib, ular vestubel qismida joylashgan. Ularni gabarit o’lchamlari standartga mos kelgan xolda loyixalashgan. Zina balandligi bino balandligiga mos bo’lib ikki marshlisi qabul qilingan. Zinalar va zina maydonchalari yigma temir-betondan tayyorlangan. Zina o’lchami: 2.9 m, maydonchasi: 1,2x2.9 m. Zina marshlari me'yor bo’yicha qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |