Zaxob suvlar tushadigan ariqchalar tubidan chuqurligi 25-30 sm xandaqlar qilinadi. Ular bir-biridan 17-18 m oraliqda quvurdan aylanib chiqib ketadigan qilib o‘rnatiladi. Maydon qatlami atmosfera suvlarini tabiiy shimib olsa bunday joylarda zaxob suv quvurlari tarmog‘i qurilmaydi. Agarda suv shimmaydigan yer bo‘lsa, uning asosiga qalinligi 6-8 sm yirik daryo qumli qatlam qoplanadi va uning ustiga qalinligi 10-15 sm li tuproqli qatlam yotqiziladi. Ikkala qatlam yengil g‘altak mola bilan shibbalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |