Darvoza chizig‘i o‘rtasida darvoza chizig‘i o‘rnatilib, uzunligi 7,32 sm balandligi 2,44 sm bo‘ladi. To‘sin va ustunlari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ularning kesishmasi 12x12 sm ni tashkil qiladi. Maydon usti tekis, chimli qoplama bilan qoplangan ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Futbol maydonidan suvni oqib chiqib ketishi uchun markaziy qismdan chegara chizig‘i tomon qiyaliklar qilinadi. Futbol maydoni qurilishi quyidagicha olib boriladi: chuqurligi 30-40 sm xandaq kovlanadi. Xandaq tubi shag‘al tosh bilan to‘ldiriladi va zaxob suvlar ariqchalaridan tashkil topgan tarmog‘i yotqiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |