SUZISH SUV HAVZASI Suzish suv havzasi to‘g‘ri to‘rtburchakli sun’iy yoki tabiiy suv havzalaridan tashkil etiladi. U yerda mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkazish uchun jihozlar va anjomlar bo‘lishi kerak. Maydonni shifokor roziligi bilan aniqlash kerak. Chunki shifokor havzadagi suvni yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirib beradi. Suzish havzasi qurilishini suv havzasining shimoliy tomoniga, qirg‘og‘i qiyalama, tubini qumli qilib joylashtirish maqsadga muvofi qdir. Suzish havzasi quriladigan suv havzasining chuqurligi kamida 1,5 metr bo‘lishi lozim.Suzish havzasining burilish shitlari oralig‘i 25 yoki 50 metrga teng bo‘lishi kerak. Suzish yo‘laklari ikkita va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Suzish havzasi kengligi har bir suzish yo‘lagi orasidagi 2,25 m masofani inobatga olgan holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |