Samarqand davlat arxitektura kurilish instituti


“Kasbiy pedagogika”  fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari



Download 376,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.06.2021
Hajmi376,1 Kb.
#70978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasbiy pedagogika fanining mazmuni maqsadi va vazifalari.

“Kasbiy pedagogika”  fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. 

 Pedagogik jarayon 

           Pedagogik  jarayon  deganda  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  belgilangan 

maqsadga  erishish  borasidagi  o`zaro  hamkorlik  faoliyati  tushuniladi,  bunda 

oldindan  belgilangan  o`zgarish  holati  sodir  bo`lib,  o`quvchining  shaxsiy  sifat 

xislatlari  o`zgaradi.  Boshqacha  aytganda  ijtimoiy  tajriba  shaxs  sifat  fazilatlarga 

aylantiriladi.  Pedagogik  manbalarda  "ta`lim-tarbiya  jarayoni  iborasi  ham  sinonim 

sifatida  ishlatilgan.  Lekin  rus  pedagog  olimlari    A.I.  Pinkevich,  Yu.K. 

Babanskiylarning  fikricha  "ta`lim-tarbiya  jarayoni"  tushunchasi  nisbatan  tor 

ma`noni  anglatib  yaxlitlik  xususiyatini  ochiq  bera  olmaydi.  Ta`lim-tarbiya  va 

rivojlanishning  birligini  ta`minlash  bilan  pedagogik  jarayonning  yaxlitligi  va 

umumiyligiga erishiladi. 

           Pedagogik  jarayon  tizim  sifatida,  o`ziga  qator  o`zaro  aloqador  tarkibiy 

elementlarni  qamrab  oladi.  Pedagogik  jarayonda  shakllantirish  rivojlantirish, 



tarbiyalash,  shuningdek,  barcha  shart-sharoitlar,  shakllar  metodlar  o`zaro  birikib 

yagona yaxlitlikni hosil qiladi. 

            Pedagogik  jarayonning  bunday  tarzda talqin  etilishi, uning  tashkil  etuvchi 

elementlarini  aniq  ajratib  olish  bilan  birga  bu  elementlar  orasidagi  o`zaro 

aloqadorlik va munosabatlarni tahlil etish, shuningdek, pedagogik amaliyotda uni 

boshqarish imkoniyatini beradi. 

Tuzilma  (lotincha  struktura,  tuzilish)  bu  tizimdagi  elementlarning 

joylashishini  anglatadi. 

            Tizim  tuzilmasini  ma`lum  mezonlarga  ko`ra  ajratiladigan  tarkibiy  qism 

(komponent)lar,  shuningdek,  ular  orasidagi  aloqadorlik  tashkil  etadi.  Tizim 

komponentlarining  o`zaro  aloqadorligini  tushunish  bilangina,  ushbu  jarayonning 

sifat va samaradorligini oshirish muammosining yechimini topish mumkin. 

Pedagogik  jarayonning  ob’yekti  bir  paytning  o`zida  sub’yekt  hamdir.  Bu 

jarayonning natijasi to`gridan-to`g`ri ishtirokchilarning o`zaro hamkorligi (ta`siri), 

qo`llanilayotgan texnologiya va o`quvchiga bog`liqdir. 

Pedagogik jarayonning qonuniyatlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

-pedagogik jarayonning dinamik xarakteri. 

-pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi. 

-pedagogik jarayonning boshqariluvchanligi. 

-pedagogik jarayon ishtirokchilarining rag`batlantirilishi. 

-pedagogik jarayonda his-tuyg`u, mantiq va amaliyotning birligi. 

-ta`lim jarayoni ishtirokchilarining ichki va tashqi faoliyati birligi. 

-pedagogik  jarayonning  kechishi  va  natijasini  boshqa  ko`plab  omillarga 

bog`liqligi:      

       Masalan:  a)  jamiyat  va  shaxs  ehtiyojiga;  b)  jamiyatning  moddiy-texnik, 

iqtisodiy  va  boshqa  imkoniyatlariga;  v)  jarayon  kechadigan  shart-sharoit  axloqiy, 

psixologik, sanitariya-gigienik, estetik va shu kabilar. 

1. 

Shuningdek,  kasb-hunar  ta`limi,  ishlab  chiqarishning  ham  qonuniyatlarini 

hisobga olishi shart hisoblanadi. Kasb-hunar ta`limini tadqiq etgan L.P. Belyaeva, 

K.  Davlatov,  K  Mirsaidov  kabi  vatandosh  va  chet  ellik  olimlarning  fikriga 

qo`shilgan  holda,  quyidagi  ishlab  chiqarish  qonuniyatlariga  asoslanib  zarurligini 

ko`rsatib o`tishimiz mumkin: 

ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari xarakteriga mosligi; 



mulkchilik munosabatlari; 

mehnat xarakteridagi o`zgarishlar; 



ishlab chiqarish darajasidan talab va ehtiyojning yuqoriligi; 

mehnatga yarasha taqsimot; 



ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarishga nisbatan o`sishi; 

rejali, proporsional rivojlanish; 



moddiy  mehnat  yaratuvchilar  o`zlarining  ongi,  xulq-atvori  va  tuyg`ularini 

qayta ishlab chiqishi; 

yirik mashinasozlik sanoatining uzluksiz ortib borishi; 



ishlab chiqarish jarayonlarini tabaqalashtirish va integratsiyalashtirish; 

ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish; 




ishlab 


chiqarishni 

majmuaviy 

mexanizatsiyalash, 

avtomatlashtirish 

va 

robotlashtirish; 



ishlab chiqarishning intellektuallashuvi; 

mehnat resurslarining o`zaro taqsimlanish sur`atining ortishi; 



xo`jalik hisobi, o`z-o`zini mablag` bilan ta`minlash; 

sanoat sohasi bilan mashg`ul mutaxassislar sonining qisqarishi; 



mehnatni  jamoaviy  tashkil  etishning  ortishi,  demokratiyalash  va  o`z-o`zini 

boshqarish kabilar. 

Pedagogik  jarayon  davriy  xarakterga  ega  bo`lib,  quyidagi  bosqichlarni  o`ziga 

qamrab oladi: 

1. 


Tayyorgarlik bosqichi; 

2. 


Asosiy (amalga oshirish) bosqichi; 

3. 


Nazorat bosqichi. 

Bu bosqichlarning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat. 

         Pedagogik  jarayonning  tayyorgarlik  bosqichida  quyidagi  muhim  vazifalar 

hal etiladi: 

- maqsad belgilanadi, shart-sharoit aniqlanadi, aniq natija belgilanadi, jarayonning 

kechishi  loyihalashtiriladi.  Bu  bosqichda  ta`lim-tarbiya  jarayonining  maqsadini 

aniq va to`g`ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonni amalga 

oshirish 

bosqichida 

maqsad  va  vazifalarning 

qo`yilishi  tushuntiriladi, 

ishtirokchilarning o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlari amalga oshiriladi, belgilangan 

tashkiliy shakl, metod va vositalardan foydalaniladi, qulay shart-sharoit yaratiladi, 

o`quvchilar rag`batlantiriladi, pedagogik jarayon bilan boshqa jarayonlar orasidagi 

aloqadorlik  ta`minlanadi.  Pedagogik  jarayonning  ushbu  bosqichida  teskari 

aloqadorlik muhim bo`lib, u tezkor boshqaruvchilik, xulosalar chiqarish imkonini 

beradi.  Teskari  aloqa  jarayonini  sifatli  kechishini  ta`minlash  lozim  bo`lib,  uning 

rivojlanishi  va  mustahkamlanishiga  har  qaysi  o`qituvchi  muhim  masala  sifatida 

ustuvor  ahamiyat  berishi  zarur.  Pedagogik  jarayonning  nazorat  bosqichida- 

erishilgan  natija  bilan  qo`yilgan  maqsad  qiyoslanib,  tahlil  etiladi  va  xulosa 

chiqariladi, kerak bo`lgan hollarda avvalgi bosqichlarga o`zgartirishlar kiritiladi. 


Download 376,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish