33
bilan bog’liq. Badiiy tafakkur mevasi bo’lmish so’z san’atining tur va xillari, uslub
va usullari rang-barang bo’lganidek, uning tarjimasida
ham xilma-xil tadbirlar,
yo’llar, usul va uslublar mavjud.
Qanday tilda bo’lmasin badiiy asar yaratish birinchi navbatda o’sha asar
yaratilgan tilda so’zlovchi kishilar uchun yaratiladi. Ammo bu yaratilgan asarlar
aynan o’sha tilda so’zlovchi xalqninggina badiiy me’rosi bo’lib qolmaydi. Ayniqsa,
bu badiiy asar muayyan bir xalqning shoh asari darajasiga yetgan bo’lsa. Ko’plab
xalqlarning shoh asarlari dunyoning bir necha tillariga tarjima qilinadi. Bunday
badiiy kitoblar orasida asar tegishli bo’lgan
xalqning, mamlakatning tarixini,
madaniyatini, kiyinishi, urf-odatlarini aks ettiruvchilari
talayginadir va bularning
barchasi asliyat va tarjima o’rtasida adekvatlikka erishish uchun tarjimada pragmatik
tuzatishlar kiritishni talab etadi.
Gomer asarlarini sharhlash ishi bilan shug‘ullanuvchi qadimgi yunon tili va
adabiyoti mutaxassisi bo’lgan professor Grasgof Gomerning „Odesseya“ dostonini
asl nusxasida qo’lda ko’chirib, har bir yunoncha so’zning ostiga nemischa ma’nosini
yozib chiqadi va o’z navbatida har bir nemischa so’zning ostiga yunoncha so’zning
grammatik ma’nosini qayd etadi. Buning natijasida „Odesseya“ dostonining to’la
so’zma-so’z ma’nosi aks ettirilgan tarjimasi yaratiladi. Tarjimonning ko’z o’ngida
„bino“ning barcha materiallari muhayyo bo’lib, endi ularni yaxlit bir shaklga
keltirish lozim edi, xolos. Boshqacha aytganda, so’zma-so’z qilingan misollarning
ostidan shoirona did
va nafosatni qidirib topish, qo’pol eshitiladigan tovushlar
majmuidan musiqiy ohang kashf etish darkor edi va bu vazifani V. A. Jukovskiy
sharaf bilan bajardi va unda asliyatning pragmatik potensialini ifoda eta oldi.
N. V. Gogol mazkur tarjima haqida gapirar ekan, bu shunchaki tarjima emas,
balki Gomerning qayta yaratilishi, tiklanishi va tirilishidir, deb baho bergan edi.
Har qnday badiiy asar ham bir xil lisoniy materialdan yasaladi. Lekin shunga
qaramay, badiiy adabiyotning lug’aviy uslubiy vositalari bir xil emas. Ta’bir joiz
bo’lsa, har bir adabiy janrda yoki adabiy turda barpo etilgan asarning lug’ati o’ziga
xos jihatlarga egadir. Avvalo, bunda “maydon”, “sath” ham muayyan rol o’ynaydi.
Hech kim tomorqasiga ipak tolali paxta ekmagani singari
salmoqdor hajmga ega
34
bo’lgan roman hamda sathi atigi to’rt misra bilan chegaralangan ruboyining
lug’atiga bir xil talab qo’yib bo’lmasligi aniq. Hatto lirik she’r bilan epik doston,
qit’a bilan ballada, novella bilan qissa tili va uslubining o’z talablari bor.
Tarjimon tilida qanday uslubiy xususiyatlar nisbatan barqarorlik kasb etadi?
Qanday uslubiy xususiyatlar esa asl nusxa xarakteriga qarab o’zgaradi? Bu
masalalarni aniqlash uchun uslubi bir-biridan farq qiladigan turli shoirlar
asarlarining bir shoir tomonidan o’girilgan
bir nechta tarjimasini hamda, agar
imkoniyati bo’lsa, o’sha tarjimonning o’z original asarlari bilan qiyoslash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: