Mavzu: Sotish va sotishni rag‘batlantirish: munosabatlarda qiymat yaratish strategiyalari. SAMARQAND-2021
Sotish va sotishni rag‘batlantirish: munosabatlarda qiymat yaratish strategiyalari.
Sotuvni Rag'batlantirish tushunchasi
Sotishning yangi turlari, uslublari, shakllari
Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar
Sotuvni Rag'batlantirish ahamiyati
Sotishni rag‘batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo‘lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir.
Sotishni rag‘batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Baho sistemasi yordamida taklif va talab o‘rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi.
Sotishni rag‘batlantirishni rejalashtirish - reklama vositalarini tanlash, sotuvchilarni va haridorlarni rag‘batlantirish usullarini aniqlash, rakiblarga ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini baholash demakdir;
Sotishni rag‘batlantirishga moliyaviy mablaglar ajratish uslublari, kayd qilingan foizlar uslubi, foyda summasidan foiz belgilash uslubi, kelgusida ko‘zda tutilayotgan yoki o’tgan davr sotish xajmidan va xokazolar.
Sotuvni rag'batlantirish reklamaning asosiy elementlaridan biridir. Foydalanuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish uchun siz maqsadli auditoriya bilan ishlaydigan savdo turlarini topishingiz kerak. Xuddi shu paytni o'zida, agar tajriba sizning sohasida nisbiy ekan qiymati bilan xaridorlarga taqdim kerak.
Sotishni rag’batlantirish. Marketingda kommunikatsion siyosatning muhim elementlaridan biri sotishni rag’batlantirish hisoblanadi. Sotishni rag’batlantirish deganda mahsulotning sotilishiga undovchi qisqa muddatli tadbirlar tushuniladi. Agar reklamaning chaqirig’i: "Bizning mahsulotni sotib oling" bo’lsa, sotishni rag’batlantirishning chaqirig’i esa: "Uni hoziroq sotib oling"dan iboratdir.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, agar marketing xarajatlarida reklama xarajatlari birinchi o’rinda tursa, ikkinchi o’rinda sotishni rag’batlantirish bilan bog’liq xarajatlar turadi. Keyingi yilarda esa sotishni rag’batlantirish bilan bog’liq xarajatlarning tobora ortib borishi kuzatilmoqda.
Sotishni rag’batlantirishni chuqurroq o’rganilsa, u o’z ichiga xaridorlarni, sotuvchilarni va vositachilarni rag’batlantirishlarni o’z ichiga oladi.
Xaridorlarni rag’batlantirish usullari juda xilma-xil va ular tobora kengayib bormoqda. Ko’pchilik hollarda xaridorlarni rag’batlantirishning quyidagi usullari qo’llaniladi: kuponlardan foydalanish; pasaytirilgan narx bilan sotish; tovar narxining ma'lum bir qismini qaytarib berish; mukofotlar berish; lotereya, konkurs va o’yinlar o’tkazish; tovar namunalarini bepul berish; tovar namunalarini bepul sinab ko’rish va boshqalar.
Sotuvchilarni rag’batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma berish); ma'lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid qilayotgan tovar ma'lum bir me'yordan oshsa), mukofotlar berish va boshqalar tushuniladi.
Xaridorlarni rag’batlantirish asosan xaridorlarning ko’proq miqdordagi tovar sotib olishlariga qaratiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, chakana savdo korxonalarida iste'molchilarga sotilayotgan tovarlarning 50-75 foizi rejalashtirilmagan holda xarid qilinar ekan. Shu sababli, rag’batlantirishning u yoki bu usulidan foydalanib, sotib olinayotgan mahsulot hajmiga ta'sir etish mumkin.
Savdoni rag'batlantirishning motivatsiyasi maqsadli auditoriyani ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni sotib olishga ishontirishdir.
Sotuvni rag'batlantirish odatda xaridorni sotib olish qarorini tezda qabul qilishga ishontirish uchun sabab yoki rag'batga asoslanadi.
Sotuvni rag'batlantirish, asosan, qisqa muddatda natijalarga erishishga qaratilgan.
Lekin bu asosiy mahsulot yoki xizmat yuqorida qo'shimcha narsa taklif sifatida xaridor ishontirishga boshqa yo'llari ham bor.
Tanlangan sotuvni rag'batlantirish texnikasi maqsadli auditoriyaga mos bo'lishi kerak.
Sotishni rag'batlantirishda tijorat imtiyozlari
tovarni sotib olish xajmiga va doimiy aloqada bo'lib turishga beriladigan imtiyoz;
har xil shakldagi karzlarga tovar sotish;tovarning ko'p xajmda harid qilinishini ko'zlab namunalarni bepul tarqatish;
tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;
ishlatilgan tovarni ma'lum shartlar bilan qabul qilish;
yangi tovarlarni bo'lajak haridorlarga ko'rsatish;
tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayoxat uyushtirish;
yangi tovarlarning bozorga kiritilishiga bagishlangan matbuot konferentsiyalari utkazish;
tovar narxini keskin tushirish to'g'risidagi radio, televidenie va matbuot orqali e'lonlar.
2. Sotishning yangi turlari, uslublari, shakllari
Савдо килишнинг янги турлари
интернет
электрон почта
тўғри маркетинг
франчайзинг
tovarni peshtaxta orqali sotish
tovarni xaridor o'ziga-o'zi xizmat qiladigan usulda sotish
tovarni ochiq yoyib qo'yib sotish
tovar na'munalarini ko'rsatib sotish
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish