Izotermik jarayon
O‘zgarmas (T=const) temperaturada sodir bo‘ladigan termodinamik jarayon izotermik jarayon deyiladi. Boyl-Mariott qonuniga asosan T=const. Izotermik jarayonning Pv koordinatalari diagrammasi giperboladan, Ts –koordinatadagi diagrammasi obtsissa o‘qiga parallel chiziqdan iborat (4-rasm).
Tizim xolatlarining tenglamalarini quyidagicha yozish mumkin.
p1v1=RT1; p2 2=RT2.
T=const bo‘lganligi uchun T1=T2.
Boyl-Mariott qonunining ifodasi tizim holat tenglamalarining nisbatidan topiladi.
p1/p2=v2/v1 yoki p1v1=p2v2…pnvn=const (14)
Demak, o‘zgarmas temperaturadagi berilgan gaz massasi bosimining hajmiga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.
Jarayonning ishini gazning kengayish ishi orqali aniqlash mumkin.
Gazning holat tenglamasidan p=RT/.
Do'stlaringiz bilan baham: |