3. Izobarik jarayon
O‘zgarmas bosim ostida kechadigan termodinamik jarayonlarga izobarik jarayon (p=const) deyiladi. Jarayonnng grafigi 2-rasmda tasvirlangan.
Jarayon egri chizig‘i izobara deb aytiladi. Har ikkala holat uchun jarayonning holat tenglamalarini yozamiz:
p1v1=RT1; p2v2=RT2
p=const uchun
v1/v2=T1/T2 (7)
Bundan shu narsa kelib chiqadiki, gaz temperaturasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning solishtirma hajmi shunchalik katta bo‘ladi (ya’ni zichligi shunchalik kichik bo‘ladi).
Izobarik jarayonda tizimning kengayish ishi quyidagi tarzda aniqlanadi:
(8)
yoki
(9)
Oxirgi tenglamadan ko‘rinib turibdiki, agar T=1 bo‘lsa, p=R bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |