8-Mavzu: Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish
Biz tanishuv amaliyotini olib borgan “Ishtixon Agroservis MTP ISM”
MCHJ da moliyaviy hisobot ishlarini olib boorish, qonun hijjatlarida keltirilgan
maxsus nizom va qoidalardan chiqmagan holda amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobot teganda eng avvalo buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
asosida tuziladigan hujjat. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
§
Buxgalteriya balansi;
§
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
§
Pul oqimlari to’g’risida hisobot;
§
Xususiy capital to’g’risida hisobot.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti
soddalashtirilgan shakilda tuziladi.
“Moliyaviy hisobot shakillari va ularni to’ldirish boyicha qoidalarni
tastiqlash to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Moliya vazirining buyrug’I ( №
1209, 24. 01. 2003 y.)belgilangan.
Shu’ba korxonalari, filliallari va vakolatxonalari moliyaviy hisobotning
umumlashtirilgan moliyaviy hisobotolib boradi. Yuridik shaxslar o’z filiallari,
vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarni mustaqil balansga ajratishlari
mumkin, ularning balanslari va boshqa hisobot shakillarini o’zlarining
umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Har bir narsaning vaqti soati
bo’lganligi kabi Moliyaviy hisobotning ham hisobot davri mavjud. U yangi
yilning 1 yanvaridan boshlab yilning oxirgi kuni 31 dekabirgacha bo’lgan davr
moliyaviy hisobotning hisobot davri deyiladi. Yangidan tashkil etilgan yuridik
shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga kiritilgan sanadan boshlab o’sha
yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davri yuridik shaxs yuridik shaxs
hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat orgonlarida ro’yxatga olingan
sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
22
Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan keyin ro’yxatdan o’tqazilgan bo’lsa ,
birinchi hisobot yili keying yilning 31 dekabirida tugaydi.
Korxonalarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarga taqdim etiladi:
v
Soliq organlariga;
v
Ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
v
Davlat statistika o’rganlariga;
v
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O’zbekiston respublikasi moliya
vazirligi belgilaydi.Jamiyat moliyaviy hisobotini hisobot yili boshdan qo’shilib
boruvchi jamlama tartibida yilning har choragida taqdim etadilar.
Jamiyatning moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagi faoliyatni tekshiradi:
Ø
Jamiyatning moliya-xojalik faoliyatini tekshirish, qonun hujjatlarida
belgilangan vakolatlari doirasida va tartibda soliq va boshqa nazorat
orgonlari tomonidan to’rt yilga bir marotaba kompleks tarzda o’tkaziladi.
Ø
Jamiyat moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tamonidan tekshirish 30
kalendar kunidan oshmasligi va korxona faoliyatiga halaqit bermasligilozim;
Ø
Korxona faoliyatini tekshirish davomida korxona tasischisining tashabbusi
bilan ham o’tkazilishi mumkin;
Ø
Jamiyat moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor
shaxslar, auditorlar, auditor faoliyatini tekshirish munosabati bilan o’zlariga
ma’lum bo’lgan tijorat siri hisoblanuvchi malumotlarni oshkor etganligi
uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.
“Ishtixon Agroservis MTP ISM” MCHJ” buxgalteriya balansini o`rganish
natijasida quyidagilarni aniqladik :
23
Do'stlaringiz bilan baham: |