18
Audit xizmatining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat :
Ø
Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tamonidan tasdiqlanadigan rejaga
muvofiq tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish ;
Ø
Tuzatiladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi
yuzasidan ekspertiza o`tkazish ;
Ø
Buxgalteriya hisobini yuritishda moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning
tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish , ularga moliya , soliq , bank
qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar
berish;
Ø
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda , tashqi auditorlik tashkilotlarining
takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshiruvlari o`tkazish uchun tashqi
auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning
kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish .
Do'stlaringiz bilan baham: