Seminar mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Seminar mashg`ulotlarida bakalavlar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug`ullanib fan sohasidagi yangiliklar bilan seminar mashg`ulotlarini mazmunini boyitadilar.
Seminar mashg`ulotlari uchun tavsiya etilgan tahminiy mavzular: 1.Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari
2.Jismoniy tarbiya metodikasida ta`lim metodlari.
3.Jismoniy tarbiyalash metodikasining ilmiy-nazariy asoslari.
4.Jismoniy ta`limda jismoniy tarbiya metodikasining vazifalari va vositalari.
5.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari.
6.Gimnastika jismoniy tarbiyaning metodi va vositasi sifatida.va uning turlari.
7.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlarning ahamiyati.
8.Umumrivojlantiruvchi mashqlarning guruhlari va dastlabki holatlar.
9.Sport mashqlarining xarakteristikasi va ularga o`rgatish metodikasi.
10.Maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari.
11.Yosh guruhlarida ertalabki badantarbiyani o`tkazish metodikasi.
12.Jismoniy tarbiya bo`yicha mutaxassisning kasbiy vazifalari.
13.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy-pedagogik nazoratni olib borish.
14.Ertalabki badantarbiya va harakatli o`yinlarning ishlanmalarini tuzish.
15.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan tibbiy-pedagogik nazoratni olib borish.
16.Jismoniy mashq jihoz va inventarlariga qo`yilgan talablar
Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni Bakalavr mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
mashg`ulotlik va o`quv qo`llanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;
nazariy material bo`yicha misolva masala yechish,
avtomatlfshtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
masofaviy ta`lim.
Bakalavrga mustaqil ta`limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi va o`xshash misollar yordamida tekshiriladi.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta`limning mavzulari:
1.Jismoniy tarbiyaning umumiy masalalari
2.Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik,ilmiy-nazariy,psixologo-pedagogik asoslari
3.Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari
4.Tug`ilgandan yetti yoshgacha bo`lgan bolalarning rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari
5.Masofali ta`lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika
6.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar
7.Umumrivojlantiruvchi mashqlar
8.Harakatli o`yinlar bolalarda jismoniy tarbiyani tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida
9.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari
10.Masofali ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari
11.Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo`yicha ishni tashkil etish
12.Jismoniy tarbiya bo`yicha mutaxassisning ish faoliyati
13.Masofali ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo`yicha ishni rejalashtirish
14.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanish nazoratini olib borish