Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning
rahbarlari to-monidan amaliy ma-salalar yu-zasidan qabul qili-
nadigan huj-jatdir. Odatda far-moyishlar amal qilish muddati
cheklangan bo‘lib, bo‘-limlarning tor doira-siga, ayrim mansabdor
shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Far-moyish mat-ni xuddi
buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topa-di faqat uning asos
(kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA
ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va
majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi
kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning
biron-bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd
etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma
to‘g‘risidagi umumiy qoidalar O`zbekistan Respublikasining
Fuqarolikkodeksi (353-385-moddalar)dabayonetilgan. Shartnoma
davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar,
shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin.Shartnoma
munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o`rtasida
o`rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilaja khujjat aksar hollarda mehnat
bitimi deb ataladi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo`lganda,
tomonlarim zolagunga
qadar
, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining
rozilik belgisi(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar
mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo`yicha kelishi bolib, uni
tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Buyruq - mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va
kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq
uchun qog`oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga
tayyorlanadi. Mohiyat – e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi:
asosiy faoliyatga oid va kadrlar Shaxsiy tarkibiga oid.Asosiy
faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda,
yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga
yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar
belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish,
rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot
sotish faoliyati,
tashqi iqtisodiy faoliyati
, tashkilot tuzilmasini
takomillashtirish va ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar
bo‘yicha amaliy ish yuritiladi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni
tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid
buyruqlar sirasiga kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar qo‘yilib, u
blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Rahbar
imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan
tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi
(kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish)
qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi
yoziladi). Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar
bilan yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan
so‘ng ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar beriladi.
Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda
bajarilishi ko‘rsatiladi. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni
nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular
ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza,
bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma,
ma’lumotnoma tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol,
tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq
biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni
yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir
necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan
asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni
qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma
deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq
tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik
faoliyatida,
hisob- kitob
, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng
qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish
maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs
(taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |