Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob 
xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX 
asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. 
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. 
Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik 
schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi. 
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab 
chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha 
bo‘lgan korxonalar hisoblanadi. 
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat 
tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, 
ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar 
hisoblanadi. 
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va 
faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100 tadan oshmagan 
xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir. 

Sana 
Operatsiya mazmuni 
Debet 
Kredit 
Summa 

02.07.14 Hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat 
qilgan safari summalari qabul qilindi 
5010 
4220 
10000 

04.07.14 Xodimning korxonaga etkazgan zarar 
summalari qabul qilindi 
5010 
4730 
12000 

17.07.14 Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob 
schetidan pul olindi 
5010 
5110 
780000 

18.07.14 Tovarlarni naqd pulga sotishdan tushumlar 
qabul qilindi 
5010 
9020 
540000 

20.07.1 Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan 
pul mablag'i kirim qilindi 
5010 
9390 
1000 
debet oborot jami 
1343000 

05.07.14 Kassadagi limitdan ortiqcha pul mablag'i 
bankka topshirildi 
5110 
5010 
12000 
7 17.07.14 Xodimlarga mehnat haqi berildi 
6710 
5010 
730000 

18.07.14 Tovarlarni sotishdan olingan naqd pullar 
inkassatorga topshirildi 
5710 
5010 
540000 

20.07.14 Olinmagan ish haqi bankka qaytarildi 
5110 
5010 
50000 
kredit oborot jami 
1332000 


82 
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma'lumotlari Bosh daftar deb ataladigan 
sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning 
uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy 
davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa 
Bosh daftar to‘ldiriladi 
XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI 
20 yil ___________________ oyi uchun 
T/r Sana Boshlang‘ich hujjatning nomi 
va raqami 
Operatsiya 
mazmuni 
Summasi 
(so‘m) 
Hisobvaraqlar 
korrespondentsiyasi 
Debet 
Kredit 
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin: 
1.
Bosh daftar. 
2.
Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi. 
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga 
ma'lumotlar ham dastlabki hujjatlar, hamda vedomostlar ma'lumotlari asosida yozib boriladi. 
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki hujjat tartib raqami, 
jarayon mazmuni, summasi, korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi. 
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari quyidagilardan iborat. 
-
yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi
-
hisob ishlari kamayadi; 
-
qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi; 
- sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi; 
- hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini 
qo‘llashda ba'zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat: 
-
Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi; 
-
Qo‘llaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks ettirilishi ehtimolini oshiradi
-
Hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta'minlamaydi. 
Ammo, yuqorida ta'kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar 
foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi 
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, 
jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki hujjat asosida xo‘jalik 
jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga 
ko‘ra, korrespondentsiyalangan schyotlar debeti va kreditida yoziladi. 
Oy oxirida xar bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit 
oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi 


83 
tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa 
o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak. 
Shundan so‘ng, xar bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga aniqlangan 
qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, 
ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir. 
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi 
egallagan hisobchi «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish