140
darajasi). Sungra inventar varakalari asosiy vositalarning tasnif guruhlari bo‘yicha maxsus ruyxat tuziladi
(AV-7 shakli).
Ruyxatda kayd qilingan varakalar asosiy vositalar kartotekasida tarmok tasnif guruhlariga,
guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan targibda saqlanadi.
Xo‘arakatsiz asosiy vositalar obyektlari varakalari alohida guruhlanadi. Asosiy vositalarning
chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu inventar varakasiga kayd qilinadi, sungra varaka
kartotekadan olib kuyiladi. Qayta olangan asosiy vositalar obyektlari tiklanish qiymati bo‘yicha
varakaning «tamirlash, edernizatsiyalash» bo‘limiga yoziladi.Qayta baholash chog‘ida belgilangan
eskirish summasi varaqaning tegishli bo‘limida ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (korxona sexlari, uchastkalari, o‘limlari) Hisob asosiy
vositalarning inventar ruyxati bo‘yicha olib boriladi (AV-9 shkli). Bunda hamma moddiy javobgar
shaxslar bilan belgilangan namunada va ikki usxada moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Shartnomaning bir nusxasi har bir moddiy javobgar shaxsning buxgalteriya (shaxsiy) delosi (hujjatlari
majmui)da, ikkinchi nusxasi shu xodimlarning o‘zida saqlanadi. Hamma moddiy javobgar shaxslar
:osiy vositalarni o‘z javobgarligiga olganini inventarizatsiya ruyxatiga imzo kuyib Tasdiqlab beradi,
asosiy vositalarning keyingi tushumlarida esa birlamchi hujjatlarga nmzo kuyadi. Asosiy vositalarning
har qanday kuchishi (boshqaga berish, tugatish va boshqalar) moddiy javobgar shaxslarning ishtirokida
rasmiylashtiriladi.
Olingan, hisobdan chiqarilgan korxona ichida joyi o‘zgartirilgan (kuchirilgan) asosiy
vositalarning inventar varakalari tegishli kaydlar o‘tkazilganidan keyin oy oxirigacha joy-joyiga
kuymay, alohida saqlanadi. Chunki har oyda shu varakalar asosida asosiy vositalar amortizatsiyasi
(eskirish) Hisob-kitoblari tuziladi, ularning har bir turi bo‘yicha kirim, chiqim oborotlari jamlanadi va
asosiy vositalar harakatini Hisobga olish varakasi tuldiriladi. Asosiy vositalar harakatini Hisobga olish
varakasi (AV-8 shakli) joriy yil uchun yanvar oyi boshida ochiladi. Varakada dastlab asosiy vositalarning
borligi, turlari bo‘yicha ma’lumot 1 yanvar holatiga ko‘rsatiladi, sungra har oyda oy davomidagi
oborotlar yozuvidan keyin keyingi oyning 1 kunidagi holat bo‘yicha asosiy vositalarning mavjudligi kayd
etiladi. Shu malumotlar asosida asosiy vositalar harakatining oborot ruyxati (qaydnoma) tuziladi. Uning
yakunlari asosiy daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi va shu asosda ko rxonaning asosiy
vositalari mavjudligi hamda ularning harakati to‘g‘risida Hisobot tuziladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi AV-G va AV-3 shakllaridagi dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Bu shakllarda chiqim qilinadigan obyektlarning dastlabki qiymati va eskirish summasi
kayd etiladi. Inventar varakasi kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarning
turgan urni bo‘yicha inventar ruyxatida tegishli kaydlar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: