Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

uchun 
kurashishga 
nisbatan jahon bozorining yangi 
imkoniyatlaridan 
samarali 
foydalanish 
uchun 
qulay 
hisoblanadi. 
 


317 
3) asosiy biznes yo’nalishlari bo’yicha kompenentlikni kengaytirish va 
rivojlantirishga harakat qilish; 4) maqsadli bozor sigmentini kengaytirish 
hisobiga tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishga harakat qilish. Agar 
kompaniya bir-necha xorijiy mamlakatlarning bozorlarida faoliyat 
yuritayotgan bo’lsa, u xalqaro yoki multimilliy, agar barcha 
mamlakatlarning bozorlarida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishiga 
harakat qilayotgan bo’lsa, u global tashkilot deb ataladi. 
Xorijiy mamlakatlarning bozorlarida faoliyat yuritish strategiyasi 
o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bozorlarning ichki vaziyatiga madaniy, 
demografik va boshqa shu kabi jihatlar bilan mos kelishi lozim. Chunki 
har bir mamlakatning ichki bozorlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Xorijiy bozorlarda raqobatlashadigan kompaniya, odatda strategiyaning 
quyidagi ikki variantidan birini tanlaydi ya’ni, tovar va xizmatlarni 
mahalliy xaridorlar xulqiga moslashtirish yoki ularga standart tovarlarni 
taklif qilish. Tovarni moslashtirish ishlab-chiqarish xarajatlarini oshiradi. 
Chunki u tovar ishlab-chiqarish kompaniyalari sonini va omborxonalarda 
materiallar zahirasini hamda marketing xarajatlari hajmini oshirishni 
talab qiladi. Standart tovarlar masshtab ko’lamidan va o’qish-
o’zlashtirish samarasidan foydalanish asosida past xarajatlar bo’yicha 
raqobat ustunligini ta’minlaydi. Kompaniya tovarni jozibadorligini 
oshirish va moslashtirish bilan past xarajatlar bo’yicha ustunlikga 
erishish yo’nalishida bir qarorga kelishi lozim. 
Agar bir mamlakat bozoridagi raqobat boshqa mamlakatlarning 
bozoridagi raqobat darajasiga ta’sir qilmasa, bu multimilliy raqobat deb 
ataladi. Bunda kompaniyada xalqaro bozor ishtirokchisi emas. Unda 
faqat bir necha muxtor milliy bozorlar mavjud xolos. Agar bir necha 
mamlakatlarning bozorlaridagi raqobatlar o’zaro chambarchas bog’liq 
bo’lsa, unda global raqobat muhiti mavjud bo’ladi. Multimilliy strategiya 
bozor tarmoqlariga moslashtirilgan bo’ladi. Global strategiya esa global 
bozorlar uchun yaratiladi. Jahon bozorida bir necha raqobatchilik 
yondashuvlaridan foydalanish mumkin: ishlab-chiqarish quvvatlarini bir 
mamlakatda joylashtirish va ishlab-chiqarilgan tovarlarni boshqa 
mamlakatlarga eksport qilish; mahalliy kompaniyalarga nau-xaudan 


318 
foydalanish lisenziyasini sotish; franchayzing, alyanslar tuzish va boshqa 
shu kabilar. 
Global bozorlarda raqobat ustunligiga erishishning uchta yo’nalishi 
mavjud. Birinchi yo’nalish tovar ishlab-chiqarish ketma-ketligida band 
bo’lgan kompaniyalarni xarajatlarini pasaytirish va differensiyaning 
muqobil darajasiga erishish maqsadida ishlab-chiqarish bo’g’inlarini turli 
mamlakatlarda joylashtirishni nazarda tutadi. Ikkinchi yo’nalish 
raqobatbardosh kompetentlikni va imkoniyatlarni kompaniya joylashgan 
mamlakat 
hududidan 
chetga 
chiqarib, 
xorijiy 
mamlakatlarda 
joylashtirishni nazarda tutadi. Uchinchi yo’nalish multimilliy va global 
kompaniyalar o’zlarining raqobat ustunligi mavjud bo’lgan faoliyatlarini 
rivojlantirishiga va kengaytirishiga, faqat ichki bozorlarda faoliyat 
ko’rsatadigan mahalliy kompaniyalar qo’llay olmaydigan usullardan 
foydalanishiga asoslangan. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish