9.6.
Strategik alyanslar va xorijiy hamkorlar bilan
qo’shma korxonalar tuzish.
Strategik alyanslar va xorijiy kompaniyalar bilan turlicha o’zaro
faoliyatlarga kirishish xorijiy
bozorlarga
kirish
raqobatbardoshlikni
global
masshtabda ta’minlashni qulay
usuli
hisoblanadi.
O’z
mahsulotini
eksport
qiladigan
rivojlangan
mamlakatlarning
kompaniyalari odatda rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari
bilan bitim tuzadi. Chunki yetakchi kompaniya o’z tovarlarini filiallarga
eksport qilish imkoniyatiga ega bo’ladi va mahalliy hokimiyatning
ishonchini qozonishi orqali uning bozorga kirishi yengillashadi. Bugungi
kunda dunyoning ko’pchilik kompaniyalari global bozorlarda o’z
mavqeini mustahkamlash uchun strategik alyanslar asosida hamkorlik
Global tarmoqlarda kompaniyalarning
strategik ittifoqlarni yaratish ularga
mustaqillikni
saqlash
va
raqobat
mavqeini
ta’minlash
imkoniyatini
yaratadi.
313
shartnomalarini tuzmoqdalar. Yevropa Ittifoqi hududida o’z mavqeini
mustahkamlash va yangi ochilgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarining
bozorlarida o’z raqobatbardoshligini ta’minlash uchun Yaponiya hamda
Amerika kompaniyalari yuqorida nomi zikr etilgan mamlakatlarning
kompaniyalari bilan alyanslar tuzishga harakat qiladilar. Amerika va
Yevropa mamlakatlarining kompaniyalari Osiyo kompaniyalari bilan
kuchlarini birlashtirib, Xitoy va Hindiston davlatlarining bozorlarini
birgalikda o’zlashtirishga intiladilar.
Keyingi paytda alyanslarning va qo’shma korxonalarning hamda
hamkorlikning boshqa shakllari oshib bormoqda. Ular milliy tadqiqotlar
tajriba konstruktorlik ishlari ishlab-chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda
foydalanish, marketing, juftlovchi qismlarni va tayyor mahsulotni ishlab-
chiqarish kabi faoliyatlarni qamrab olmoqda. Milliy va transmilliy
kompaniyalar o’rtasidagi hamkorlik kelishuvlari nafaqat mahalliy
bozorlarga kirishni osonlashtiradi, balki ishlab-chiqarish masshtabida
samaradorlikni va tejamkorlikni ta’minlaydi. Kompaniyalar ishlab-
chiqarish quvvatlaridan birgalikda foydalanib, masshtab samarasidan
foydalanishi mumkin. O’rtacha ishlab-chiqarish quvvatlarini birlashtirish
kompaniyalarning har birini alohida faoliyat ko’rsatishiga nisbatan
yuqoriroq natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Ittifoqchilar
birgalikda faoliyat yuritish jarayonida bir-birlarini yaxshiroq biladilar va
moslashadilar. Pirovard natijada hamkorlik tovarlarni tarqatish
kanallaridan
va
dilerlik
tarmoqlaridan
birgalikda
foydalanish
kompaniyalarni
bozor
sigmentlarini
kengaytiradi.
Ittifoqchi
kompaniyalar bir-biri bilan emas birgalikda raqobatchilarga qarshi
kurashishni ham e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Hamkorlik
ittifoqchilarni tarmoqda yetakchi mavqyega ega bo’lish imkoniyatini
oshiradi. Bundan tashqari alyanslar texnik standartlar bo’yicha
kelishuvga erishish uchun qulay hisoblanadi. Ko’p tomonlamalik
hamkorlik asosida ishlab-chiqariladigan tovarlarning standartlari
yaratiladi yoki ular mavjud standartlarga moslashtiriladi.
314
Do'stlaringiz bilan baham: |