Samandarova Gulhayo Urdu magistranti dostonlar tilida uchraydigan affiksoidli nomlarning lisoniy xususiyatlari



Download 34,63 Kb.
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi34,63 Kb.
#651257
  1   2

Samandarova Gulhayo
UrDU magistranti
DOSTONLAR TILIDA UCHRAYDIGAN AFFIKSOIDLI NOMLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI
Xorazm dostonlari leksikasidan o‘rin olgan nomlar tarkibida morfem jihatdan ham atash ma’nosiga ega bo‘lgan leksik birlik (so‘z, leksemaga), shu bilan birga o‘z leksik ma’nosini butunlay yo‘qotgan, vazifasi jihatdan affikslarga yaqin turuvchi birliklar ham faol qo‘llanilganini kuzatish mumkin. Bunday birliklar ilmiy adabiyotlarda “affiksoid” atamasi ostida umumlashtiriladi.
“Affiksoid deb asli leksik birlik bo‘lib, keyinchalik xuddi affiks kabi grammatik ma’no ifodalash funksiyasini ham bajara boshlagan, leksemadan ko‘ra ko‘proq affikslik xarakteridagi leksemalarga qo‘shilib kelish xususiyatiga ega bo‘lgan birlikka aytiladi”1.
Affiksoid” atamasi lotincha “affiksoid” – “affiksga o‘xshash” degan ma’noni anglatadi. Masalan, o‘zbek tili lug‘at tarkibida “xona” leksemasi va “xona” affiksoidi mavjud (mening xonam). Muayyan xususiyatlariga ko‘ra mazkur leksema ayrim so‘zlar tarkibida affiksga yaqinlashib qolgan holda ham ishlatiladi. Masalan, ishxona, oshxona, choyxona, mehmonxona kabilar. Zikr etilayotgan so‘zlar tarkibida “xona” birligining yuqorida tilga olib o‘tganimizdek leksemalik xarakteriga qaraganda affikslik xususiyati yetakchilik qilayotganini sezish qiyin emas. Bunday birliklarni affiksoidlar deb qarash mumkin.
Ushbu kichik tadqiqotimizda, Xorazm dostonlari tilida qo‘llaniladigan shaxs nomlari tarkibida uchraydigan affikslik xarakteri ustun bo‘lgan lisoniy birliklar haqida fikr yuritishni maqsad qilganmiz. Affiksoidlar nafaqat turdosh otlar tarkibida, balki atoqli otlar - onomastik birliklar tarkibida ham qo‘llanishi mumkin.
Masalan: “noma” affiksoidi taklifnoma, aybnoma, ruxsatnoma kabi misollarda turdosh otlar tarkibida qo‘llangan bo‘lsa, “jon” ( Salimjon, Rahmatjon), “xon” (Jamolxon, Yulduzxon) va boshqalar atoqli otlar tarkibida qo‘llangan shunday xarakterdagi birliklar deb hisoblash mumkin.
Affiksoidlarning katta qismini fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan deb hisoblash mumkin, biroq turkiy tillarga xos bo‘lgan affiksoid xarakteridagi birliklar ham mavjud. Affiksoidlar aslida tilimizdagi barcha turkumlarga xos so‘zlarga ham qo‘shilib kelishi mumkin, ammo bizning kichik tadqiqot ishimiz dostonlar tilida uchraydigan atoqli nomlar tarkibida qo‘llanilgan affiksoidlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan ekan, biz ham fikrlarimizni shu doirada olib borishga harakat qilamiz.
Xorazm dostonlari leksikasi o‘zining juda boy va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, atoqli otlar tizimi juda ham ko‘p qirrali tekshirishlarni talab qiladi. Xususan, dostonlar tilidagi atoqli otlar tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma tarkibga ega bo‘lishi mumkinligi olib borilgan tadqiqotlardan bizga ma’lum. Hatto ayrim nomlar murkkab tarkibga, ya’ni ikkidan ortiq qismlardan tuzilgan shaklga ega. Olib borayotgan tekshirishlarimizga tayangan holda aytishimiz mumkinki, Xorazm dostonlarida sodda tarkibli nomlar hajman juda kam miqdorni tashkil qiladi. Katta foizi esa birdan ortiq komponentlardan tuzilgan nomlardir.
Qo‘shma tarkibli nomlar borasida fikr yuritilar ekan, ular tarkibidagi ikkinchi qism ko‘p hollarda o‘zining birlamchi denotative ma’nosidan uzoqlashgan, atash ma’nosini yo‘qotgan holda qo‘llaniladi, ya’ni o‘zi qo‘shilib kelgan nomga qo‘shimcha ma’no qirralarini yuklash uchun xizmat qilayotganini anglash qiyin emas.
Masalan, Albandjon, Alibek, Ahmadbek, Boboxon, Lolagul, Navbahorbibi, Oysulton va boshqa nomlar tarkibida qo‘llanilgan -jon, -bek, -xon, -gul, -bibi, -sulton kabi birliklar o‘rni bilan leksik birlik vazifasida ham kelishi mumkinligini hech kim inkor qilmasa kerak. Biroq, yuqoridagi nomlar tarkibida esa, bu birikmalar o‘z atash ma’nosida kelmagan. Shunga o‘xshash birliklar ilmiy adabiyotlardagi affiksoidlar atamasiga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera oladi.
Ana shu kabi affiksoidli nomlarni biz ushbu mqola doirasida tahlil va tadqiq qilishga harakat qilmoqchimiz. Xorazm dostonlaridagi atoqli otlar, xususan, antroponimlar orasida affiksoidli nomlar ancha katta foizni tashkil qiladi. Ayrim affiksoidlar ayol ismlariga xos nomlar tarkibida qo‘llansa, ayrimlari erkak kishilarga xos nomlar tarkibida ko‘proq uchraydi. Ba’zi affiksoidlar esa ham erkak, ham ayollar ismlari tarkibida birdek qo‘llanaveradi. Affiksoidlarning bu kabi xarakteriga ko‘ra gender xususiyatlari mavjud ekanligini e’tirof etish mumkin.
Affiksoidlar tabiati va ayrim xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarga xos bo‘lmagan jihatlarga ega bo‘ladi. O‘zbek tili va dialektlarida uchraydigan affiksoidlarning ko‘pchiligi o‘zlashgan qatlamga xos leksik birliklar asosida vujudga kelgan. Biroq, turkiy tillarga xos bo‘lgan affiksoidlar Xorazm dostonlari leksikasidan o‘rin olgan atoqli otlar tarkibida kuzatiladi. Quyida turkiy qatlam birliklri asosida vujudga kelgan affiksoidlarga e’tibor qaratamiz:
biy” affiksoidi (Sharmonbiy, O‘tganbiy, Ermonbiy, Oylabiy kabi nomlar tarkibida); ...Obir mahram aydi: “Ermon biy borsin”, yana biri aydi: “Sharmon biy borsin”, yana biri aydi: “Oylabiy borsin... 2
bek” affiksoidi (Alibek, Ahmadbek, Odibek, Vafobek kabi nomlar tarkibida); ...Aytibon o‘z holini oldingda yig’lar Oyjamol,
Alibek otlig’ guli navbahordin ayrilg’oli...3
bibi” affiksoidi (Navbahorbibi, Robiyabibi kabi nomlar tarkibida); ...Ersa xo‘ja qizidin olg’on Navbahorbibi degan xotini bor erdi...4 va boshqalar.
Xorazm dostonlaridagi atoqli otlar tarkibida qo‘llaniladigan affiksoidlar qanday nomga qo‘shilishiga ko‘ra ham qiziq ma’lumotlarga duch kelamiz. Masalan, turkiy tillarga xos affiksoidlar arab-fors tillariga oid nomlariga qo‘shilishi mumkin va, aksincha, arab-fors tillariga oid affiksoidlar turkiy tillarga mansub nomlarga ham qo‘shilib kelishi mumkin.
Yana bir holatni qayd etib o‘tish lozim deb hisoblaymiz. Affiksoidlarning aksariyati atoqli otlarning ikkinchi qismida va hatto uchinchi komponent sifatida qatnashadi. Ammo ayrim affiksoidlar atoqli otning birinchi komponenti sifatida, ya’ni nom asosidan oldin ham qo‘llanilganligi kuzatish mumkin.
Masalan, Guljamila, Gulsarvi, Bibi Xadicha, Bibisora, Bek Go‘ro‘g’li, Xon Avaz kabi nomlar tarkibidagi “gul”, “bibi”, “bek”, “xon” komponentlari; Shomahmud, Shozargar, Shonazar kabi nomlar tarkibidagi “shoh” komponentlarini ana shunday birliklar jumlasiga kiritish mumkin deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Xorazm dostonlarida uchraydigan affiksoidli nomlarning xilma-xil xususiyatlarini tahlil qilish o‘zbek tilshunosligi, xususan, uning onomastika tarmog’i rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Download 34,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish