2. Salomatlikni saqlashda ruhiy holatni boshqarish. Katta yoshdagilar salomatligini muhofaza qilishning asosiy prinsiplari va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti vositalari
O‘zini o‘zi boshqarish keng ma’noda organizm barcha tizimlarining faolligini boshqarishdir. Faollik barcha tirik mavjudotga xos bo‘lib, ularning rivojini mustaqillikdagi asosiy kuch deb belgilaydi. Biologik holat o‘zini o‘zi boshqarishga gomeostaz, ya’ni tana haroratining doimiyligi, arterial qon bosimi, qon shakli elementlarining bir xilligini namoyon eta oladi (albuminlar, immunoglobulinlar va hokazo). Ruhan o‘zini o‘zi boshqarish orqali inson tashqi omillarning salbiy ta’sirini kamaytira olish imkoniyatiga egadir.
Ruhiy sog‘liq bu insonning ruhiy osoyishtaligi, o‘zini o‘zi boshqara bilishi, mustahkam kayfiyat, murakkab vaziyatlarga tez moslashib undan chiqishi, qisqa vaqt ichida ruhiy osoyishtalikni tiklay olishdir. Ruhiy jarayonlar bilan organizmning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish natijasida buyuk fiziolog I. Pavlov ruhiy o‘zgarishlar oqibati, albatta, ichki a’zolar va tizimlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berdi.
Kuzatish natijasida salbiy va ijobiy xususiyatlar aniqlab olinadi, salbiy xususiyatlarni bartaraf etish zarurati tug‘iladi. Buning natijasida kishida salbiy xususiyatlar yo‘qolib, atrofdagilarga va ulardan esa o‘ziga faqat ijobiy ta’sirotlarni yuzaga keltiradi. Har bir qilinadigan va qilingan, gapiriladigan va aytilgan so‘zlar haqida andishali bo‘lish esa yaxshi kayfiyat garovidir. Ushbu xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxslar o‘z ruhiyatini to‘g‘ri boshqaradi, sog‘lig‘ini asraydi. Yuqoridagi xatti-harakatlarni shakllantirishda irodali bo‘lish katta ahamiyatga ega. Lekin inson qanchalik o‘zini tarbiyalab, ruhiyatini, bu bilan o‘rganish faoliyatini to‘g‘ri boshqarmasin, ruhiy muvozanat turli omillar ta’sirida ham buzilishi mumkin. Bunday holatlar esa, ruhiyatni muhofaza qila olish zaruratini tug‘diradi.
Ayniqsa, tibbiyot hamshiralari faoliyatida asabiy kechinmalar, zo‘riqishlar va noxush holatlar ko‘p uchraydi. Buning uchun mohiyatni muhofaza qilish usullaridan foydalanish zarur. Bularga taqqoslash (iden tifikatsiya), moslashish (proyeksiya), e’tiborni chalg‘itish (o‘zgartirish), unutish (siqib chiqarish) va boshqalar misol bo‘la oladi. Bu usul larni qo‘llash natijasida ruhiyatdagi salbiy ta’sirotlar birmuncha kamayadi yoki bartaraf etiladi. Bu bilan ichki a’zolar faoliyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning oldi olinadi.
Turli xil ruhiy iztiroblarga barham berish, organizmni tetiklashtirish maqsadida o‘zini ishontirish usuli qo‘llaniladi. Har bir odam ruhiyati orqali ichki a’zo va tuzilmalari faoliyatiga ta’sir etish, bu bilan ularning (shu a’zo va tizimlar) faoliyatini me’yorlashtirish mumkin. Ushbu muolajani bemorning o‘zi o‘tkazadi. Matnni shifokor beradi, keyin uni bemor murakkablashtirib va takomillashtirib boradi. O‘zini o‘zi ishontirish usuli bilan sog‘lig‘i uchun asossiz xavotir olishga barham beriladi, noqulay og‘riqni his qilish yengillashadi va ruhiy iztiroblarga munosabati o‘zgarib, hayot qiyinchiliklarini yengish osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |