Bog'liq SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA HARBIY, SIYOSIY TARIXI
1038-yil Saljuqiylar davlati tashkil topgan sana bo’lib hisoblanadi. To’g’rulbek 1038-yilda 3 ming kishilik qo’shin bilan deyarli hech qanday qarshiliksiz Nishopurni egallaydi. Lekin G’aznaviylarga qarshi kurash davom etadi. Ma’sud ularni Nishopurdan quvib chiqarishga erishdi. Keyin Ma’sud o’zi katta qo’shin bilan yurish boshladi. Qo’shinda fillar bo’lishiga qaramay askarlar orasida yakdillik yo’q edi. 1040-yil may oyida bo’lgan Dandanakon jangida G’aznaviylar qo’shini qaqshatqich zarbaga uchradi. Ma’sudning o’zi bir amallab qochib qutuldi. Dandanakon jangidan so’ng Xuroson Saljuqiylar qo’liga o’tdi: To’g’rulbek Nishopur taxtiga chiqdi. Chug’rulbek esa Marvda taxtga o’tirdi. G’aznaviylar takibida esa G’azna va Panjob qoldi.
To’g’rulbek 1055-yilda Bag’dodni oldi. Endi Abbosiylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoldi shundan so’ng Xuzustonni egalladi. Natijada butun Eron Saljuqiylar qo’li ostiga o’tdi. 1054-yilda Ozarbayjon va Eronni egallagan Ravvodiylar To’g’rulbek hukmdorligini tan oldi. 1056-yil Iroqdan Movounnahrgacha bo’lgan hududda vabo tarqaldi. 1058-yili Kare va Malatyani egallashdi. 1059-yil Chug’rul vafot etdi. To’g’rulbek umrining oxirigacha butun mamlakat hukmdoriga aylandi. 1062-yilda Fors va Sheroz egallandi. Saljuqiylar davlati hududi Amudaryodan Frotgacha bo’lgan hududlar bilan chegaralandi.
To’g’rulbek vafot etgach uning o’g’il farzandi bo’lmaganligi tufayli uning jiyani Alparslon (1061-1072) davrida g’olibona yurishlar davom etdi. Ammo mamlakatning eng kuchaygan davri Alparslonning o’g’li Sulton Malikshoh (1072-1092) nomi bilan bog’liq. 1089-yil Malikshoh qo’shinlari Farg’ona vodiysini egallab Sharqiy Turkistonga bordi. Davlatning inqirozi esa Sulton Sanjar nomi bilan bog’liq. To’g’rulbek davridayoq Kermonda Saljuqiylar davlati (1041-1187) tashkil topdi, keyinroq Kichik Osiyoda ham Saljuqiylar davlati tarkibiga qo’shib olindi.
1092-yili, Malikshoh vafot etgach toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Malikshohning xotini Turkon xotun ko’plab sarkardalarni o’z tomoniga og’dirib to’rt yashar o’g’li Mahmudni hukmdor bo’lishiga erishdi. Biroq Malikshohning boshqa xotinidan tug’ilgan o’g’li Barqiyog’rug’ taxtga chiqdi. Uni vazir Nizomulmuk tarafdorlari qo’llab-quvatlagandi. Shu tariqa Saljuqiylar davlatida ikki hukmdor paydo bo’ldi: Mahmud Isfahonda Barqiyog’rug’ Rayda hukmdorlik qildilar va o’z nomlaridan tanga zarb qildirdilar. 1094-yil Mahmud tarafdorlari qirib tashlandi. Barqiyog’rug’ vafot etgach (1118) Malikshohning tirik o’g’illari Sanjar va Muhammad davlatni ikki qismga bo’lib oldilar.
Saljuqiylar davlatiga Saljuqnning nevarasi Sulton Toʻgʻrulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-asrning 20y.larida harbiy xizmatlari evaziga Xurosonda Mahmud Gʻaznaviydan koʻplab mulklar olganlar. Biroq keyinchalik gʻaznaviylar ularga qarshi lashkar joʻnatib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qalʼada tutqunlikda saqlashgan (1032-yil u hibsda oʻlgan). Saljuqiylar gʻaznaviylarga qarshi olib borgan koʻplab muvaffaqiyatli janglaridan soʻng Nishopurni egallab, oʻz rahbarlari Toʻgʻrulbekni sulton deb elon qildilar (1038). Dandanakon jangidagi gʻalabadan soʻng, u Xuroson hukmdori deb eʼlon qilindi. Asta-sekin saljuqiylar Xuroson, Xorazm, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq (Bagʻdod bilan birga)ni oʻzlariga boʻysundirdilar. Bagʻdodda Toʻgʻrulbek nomiga xutba oʻqitilgan. Abbosiylar xalifasi alQoim (hukmronlik davri: 1031—75) hokimiyatni Toʻgʻrulbekka topshirib, uni sulton hamda "Sharq va Gʻarb podshohi" deb tan olishga majbur boʻlgan va qizini unga xotinlikka bergan. Toʻgʻrulbek Rayni, uning ukasi Chagʻribek Dovud (990—1060) Marvni oʻzlariga poytaxt qildilar. 1050-yilda Toʻgʻrulbek poytaxtni Raydan Isfahonga koʻchirgan.
Alp Arslon va Malikshoh hukmronliklari davrida saljuqiylar Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam oʻrnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori Roman IV Diogenning 200 ming kishilik qoʻshinini yengib (1071), butun Kichik Osiyoni (1071—81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham boʻysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Fargʻona vodiysi saljuqiylar qoʻl ostida birlashgan.
Hatto Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham ularning ustunligini tan olishgan. Alp Arslon poytaxtni Isfahondan Marvga koʻchirgan. Saljuqiylar qoʻshinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn yerlarini ham oʻz tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida Saljuqiylar davlati harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli boʻlgan. Bu vaqtda poytaxt yana Isfahonga koʻchirilgan. 11-asr oxirlarida Saljuqiylar davlati Sharqiy Turkistondan Oʻrta yer va Marmar dengizlarigacha boʻlgan katga hududni oʻz ichiga olgan. Bu davlat Xitoy bilan Vizantiya oʻrtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini toʻxtatishda saljuqiylarning xizmati katta boʻlgan.
11-asr oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki 1-salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va boshqa turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Katta-katta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Aka-uka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarga qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar.
Buyuk Saljuqiylar davlati taxt uchun kurashlar oqibatida sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Gʻarbiy qismga kirgan Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118—94) nomi bilan sulton Gʻiyosiddin Muhammadning oʻgʻli sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118—31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni oʻziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat boʻlib, unga sulton Malikshohning kenja oʻgʻli sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv boʻlgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda gʻarbiy saljuqiylar ham uning siyosiy taʼsiri ostida boʻlishgan, Gʻaznaviylar davlati esa unga 1117-yildan tobe boʻlgan. Biroq Sharqdan qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi, Samarqand yaqinida boʻlgan mashhur Qatvon jangi (1141-yil 9 sent.) da ular qarluqlar bilan birgalikda saljuqiylar va qoraxoniylarning birlashgan qoʻshinini tor-mor qilishi natijasida Sanjarning kuch-qudrati zaiflashai boradi. U avval Movarounnahr, keyinchalik Xurosonning asosiy qismidan ajraladi. Anushteginiylardan Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham Saljuqiylar davlatidan ajralib chiqib, oʻz mustaqilligini tiklagan. Otsiz, hatto saljuqiylar poytaxti Marvni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141—42). Sanjarning vafoti (1157)dan soʻng saljuqiylarning Xurosondagi hokimligi tugagan. Xuroson gʻuzlar (oʻgʻuzlar) tasarrufiga kirgan. 1117-yil saljuqiylarning Shom (Suriya) sultonligi, 1187-yil Kermon sultonligi ham tugatilgan. Xorazmshohlar 12-asr 2-yarmidan boshlab gʻarbiy saljuqiylarning Iroq sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tor-mor qilib, oʻz davlatiga qoʻshib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Koʻniya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-asr boshlarigacha hukm surgan.
Saljuqiylar davlatida isyon va g’alayonlar boshlanib ketdi. Bu isyon va g’alayonlar hokimiyat tepasiga 1118-yilda- “Ulug’ saljuqiylar”ning eng so’nggi vakili Suton Sanjar (1118-1157) kelgach tinchidi. 1117-yili G’aznaviylar bo’ysundirildi o’lpon to’lashga majbur qilindi. Saljuqiylar davlati uch qismga bo’lindi. Sharqiy: Movarounnahr, Xorazm, Xuroson G’arbiy: Iroq va Ko’niyo (Kichik Osiyo) sultonliklariga bo’linib ketdi. 1122-yil Gruzin shohi Dovud IV Saljuqiylar qo’shinini yengib Tbilisini egalladi. 1131-yili Mahmud vafot etgach taxt uchun kurash avj oldi. 1134-yilda To’g’rul o’ldirilgach keyin taxtga ukasi Ma’sud (1134-1152) o’tirdi.
1137-yilda Qoraxoniylar Eloqxoni Mahmud Qoraxitoylardan yengilgach o’zining oliy hukmdori bo’lgan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi. Nihoyat ittifoqchilar qo’shini 1141-yili sentabr oyida Samarqand yaqiniga kelib birlashdilar ammo Qoraxitoylarning hujumi natijasida Sulton Sanjar boshchiligidagi qo’shinlar mag’lubiyatga uchraydilar natijada sultonlar sultoni deb ulug’langan Sulton Sanjarning obro’siga o’nglanmas putur yetdi. 1153-yilda Balx shahri atroflarida yashovchi O’g’uzlar qo’zg’olon ko’tardilar. Saljuqiylarning so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar Balx O’g’uzlaridan yengilib asir olinadi. Uch yillik asirlikdan so’ng 1156-yili taxtga qaytadi. Ammo biroz vaqt o’tgach 1157-yilda xastalik bilan vafot etdi.
1194-yilda Xorazmshohlar hukmdori bo’lgan Takash sharqiy va g’arbiy Saljuqiylar davlatini tugatdi. Faqatgina Ko’niyoda (Kichik Osiyoda) Saljuqiylar davlatining bir qismi saqlab qolindi. 1308-yilda Saljuqiylar davlati butunlay tugatildi. Ushbu davlat o’rnida butun g’arb olamida mashur bo’lgan Usmoniylar imperiyasi tashkil topdi.