Salimova Nigina Baxtiyorovna



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/37
Sana12.08.2021
Hajmi1,34 Mb.
#146182
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining oziga xosliklari koreys va ozbek tilidagi matnlar asosida

3-bob bo‘yicha xulosalar 

1.  Iqtisodiy  tarjima  –  bu  iqtisodiy  xarakterga  ega  bo‘lgan  matnni  o‘girish 

demakdir.  Bunday  matnlar  sirasiga  buxgalterlik,  auditorlik  ishi,  marketing, 

ishchi hisobotlar, bank hisobotlari, biznes planlar va hokazolarni qamrab oladi. 

2.  Tarjimon  uchun  iqtisodiy  matnlarni  tarjima  qilishda  quyidagilar  muhim 

xususiyatlardan  bo‘lib  sanaladi:  maxsus  iqtisodiy  leksik  birliklarga  boy 

bo‘lgan, terminlardan iborat, iqtisodiy va moliyaviy manba ekanligi; korxona, 

tashkilot,  uyushma,  muassasalarning  nomlari  hamda  raqamlar,  formulalar, 

jadvallarning  mo‘lligi;  rasmiy  egaga  nisbatan  passiv  munosabatning  bayon 

etish  ko‘rinishlari;  murakkab  so‘z  va  so‘z  birikmalari,  frazeologizmlarga 

boyligi; turli terminologik qisqartmaga egaligi. 

3.  Iqtisodiy  tarjima  iqtisodiy  terminlarni  tarjima  qilishning  o‘ziga  xosliklari: 

matnning  axborot  beruvchanligi  hamda  terminlarning  mazmunga  boyligi; 

bayon  etishning  har  doim  ham  standart  emasligi;  metaforalardan  keng 

foydalanish; frazeologik birikmalarning keng tarqalganligi. 

4.  Iqtisodiy  matnlarni  tarjima  qilish  jarayonida  obyektivlik,  mantiqiylik  va 

aniqlik  dominantdir.  Tarjimada  transkripsiya,  transliteratsiya,  kalkalamoq, 

konkretizatsiya,  generalizatsiya,  modulyatsiya,  orttirish,  tushirib  qoldirish, 

ajratish,  gaplarni  birlashtirish,  antonimik  tarjima,  kompensatsiya  kabi 

transformatsiyalardan foydalaniladi.  

5.  Iqtisodiyotga oid so‘zlar, so‘z birikmalarida ko‘plab qisqartmalarni uchratish 

mumkin.  Koreys  tilida  harfiy  qisqartmalar  uchramaydi.  Faqatgina  o‘sha 

mazmunni  anglatuvchi  inglizcha  harfiy  qisqartmalar  bo‘lishi  mumkin. 

Koreys  tilida  turli  atamalar,  tashkilot  nomlari  inglizcha  qisqartmalar  orqali 

ifodalanadi. 

6.  Sof  koreys  tilida  esa  bo‘g‘inli  qisqartmalar  uchraydi.  Bunda  so‘z 

birikmalarining  bosh  bo‘g‘inlari  olinadi.  Aslida  bo‘g‘inlarning  o‘zi  bir 

                                                           

167

이슬롬 카리모프. 우즈베키스탄의 경제개혁. 34 쪽. 




87 

mazmunga  ega  bo‘lib,  uning  asosi  xitoy  iyerogliflari  (kalitlari)  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  so‘z  birikmasi  qisqartirilgan  taqdirda  ham  undan  mazmun 

aniq ko‘zga tashlanib turadi. 

7.  Iqtisodiyotga oid  matn  tarjimasida  korxona-tashkilot nomlari  transliteratsiya 

usuli bilan berilgan. Iqtisodiyotga oid matn tarjimasida ba’zi o’rinlarda so’z, 

so’z  birikmasi  ibora  bilan  berilish  holatlari  kuzatildi  (“xususiylashtirish 

jarayoni  avj  oldi”  –  tarjimada  “

사유화  과정이  전기를  맞았다

”,  ya’ni 

xususiylashtirish  jarayoni  “elektr  tokiga  urildi”  yoki  “tok  urdi”).    Iqtisodiy 

matnlarni  tarjima  qiluvchi  tarjimon  birinchi  navbatda  mos  leksikani 

mukammal egallagan bo‘lishi lozim. 

 

 



 

 

 




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish