Saitxodjayev



Download 441,4 Kb.
bet9/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

Mifologik dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotning boshlang‘ich bosqichiga xos bo‘lgan insonning olam haqidagi tasavvurlarini obrazlarda, naql, rivoyat va afsonalar orqali ifodalanishidir.

Har bir xalqda o‘zining uzoq tarixiy o‘tmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlari xayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida g‘ayritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq og‘zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo‘lishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda o‘ziga xos adabiy asarlarda o‘z ifodasini topadi. Bunga misol sifatida biz qadimgi yunon eposlari – «Iliada» va «Odisseya»ni, hind eposi

«Ramayana»ni, karelo-fin eposi «Kalevla»ni, qirg‘iz xalqi eposi

«Manas»ni, o‘zbek xalq eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda o‘sha xalqlarning o‘tmishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayoti, ularning madaniyati, urf-odatlari, an’analari, axloqiy, diniy, estetik, axloqiy, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari o‘z ifodasini topgandir.

Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan

dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va bosh.a janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo‘lganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o‘rtasidagi kurash tarixi misolida oxir- oqibatda ezgulik baribir g‘alaba qozonadi, ya’ni yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qiladi, degan g‘oya asosiy o‘rinni egallaydi va hayotbaxsh g‘oyalar ilgari suriladi.

Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.

Mifologik dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan.

Birinchidan, bu dunyoqarash ma’lum xalqning, ma’lum ijtimoiy jamoa umumiy qarashlarining shakllanishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash o‘zida jamiyatning ma’lum ma’naviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqalar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki ma’naviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur bo‘lmasa ham, o‘zining dastlabki ifodasini topadi. To‘rtinchidan, bu dunyoqarashda o‘tmish bilan hozirning hamda kelajakning bog‘lanishi, ular o‘rtasidagi uzviy aloqa qayd qilingan bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashning yana bir jihati shundaki, unda intellektual moment konkret emotsional, poetik, holatlari ifodalanishi tufayli insonni qurshab turgan dunyodagi narsa va hodisalar insoniy sifatlar, insoniy xususiyatlar jihatdan baholanadi va tushuniladi.

Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraq- qiyoti, insonning aqliy salohiyati bag‘oyat yuksalib ketgan davrda juda jo‘n va ibtidoiy bo‘lib ko‘rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o‘zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g‘oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo‘lib qolmoqda.

Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega.

Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bo‘lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo‘yish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:



  • emotsional-ruhiy. odatlar;

  • iymon-e’tiqod;

  • iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.

Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi.

Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo‘lib kelganining o‘ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir. ancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»1.




Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish