Saitxodjayev



Download 441,4 Kb.
bet3/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

FALSAFA VA UNING MUAMMOLARI


  1. bob. FALSAFA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA UNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATI UCHUN AHAMIYATI



1-§-Falsafaning bahs mavzui va ilmiy-nazariy o‘rganish, tadqiq etish masalalari

Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafa inson ma’naviy madaniyatining eng qiziqarli sohalaridan biri hisoblanadi. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak uning o‘zi kabi falsafa ham qadimiydir. Falsafa olam va uning yashashi, rivojlanishi, o‘zgarishi, taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan qadimiy fandir.

«Falsafa» atamasi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, «Filio» – sevmoq va «sofos» – donishmandlik so‘zlarining birikuvidan iborat. Uning lug‘aviy ma’nosi – «donishmandlikni sevish» demakdir.

Abu Nasr Forobiy o‘zining «Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi haqida» deb nomlangan asarida «falsafa» atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi.

Falsafa tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.

Falsafa bundan 3 ming yil ilgari fan sifatida paydo bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishida jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot muhim rol o‘ynadi. Chunki, falsafa ijtimoiy ongning alohida o‘ziga xos shakli sifatida jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘zida aks ettiradi.

Falsafa fan sifatida borliqni, ya’ni tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi. Bundan kelib chiqqan holda falsafiy bilimlar doirasi ham juda keng bo‘lib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:


    1. ontologiya – borliq haqidagi qarashlar;

    2. sotsiologiya – jamiyat haqidagi qarashlar;

v) gnoseologiya – borliqni bilish muammolari;

g) logika – inson tafakkuri qonunlari haqidagi qarashlar tizimi.

Bundan tashqari, axloqiylik va go‘zallik haqidagi bilimlar tizimini o‘z ichiga olgan etika va estetika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi.

Insoniyat tarixining turli davrlarida falsafa nima va u nimani o‘rganadi degan savollarga turli mutafakkirlar turlicha javob berib kelganlar. Buning esa o‘ziga xos bir qancha sabablari bo‘lgan. Insoniyatning ijtimoiy amaliyoti va ma’naviyati rivojlanib borishi bilan falsafaning bahs mavzui, uning jamiyat hayotidagi o‘rni ham doimo o‘zgarib borgan. Bu esa har bir davrda borliqni, tabiatni, inson hayoti va jamiyatni tushunishda turli xil falsafiy qarashlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ijtimoiy-tarixiy davrlarning turli bosqichlarida falsafa siyosat, iqtisodiyot, fan va madaniyat, san’at va adabiyot, shuningdek, din bilan, xullas, jamiyatning ma’naviy hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Falsafaning jamiyatdagi roli ayni shu vaqtning o‘zida o‘zgarib borgan. Xuddi shu tarzda falsafiy qarashlarning rivojlanib borishi turli xil oqimlar va yo‘nalishlarni keltirib chiqargan.

Falsafa taraqqiyotida muayyan umumiy nazariy qarashlarni ishlab chiqqan mutafakkirlarning bir qismi o‘zining e’tiborini tabiatga, uni tushuntirish va izohlab berishga qaratganlar. Bunga Lukretsiy Karning

«Narsalarning tabiati to‘g‘risida», Ahmad al-Farg‘oniyning «Astronomik risolalar», al-Xorazmiyning «Vasaya: az-Zijji mumtaxana», J.Brunoning

«Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risida suhbat», D.Didroning «Tabiatni bayon qilish haqida fikrlar», P.Golbaxning «Tabiat sistemasi», Gegelning «Tabiat falsafasi», A.Gersenning «Tabiatni o‘rganish haqidagi xatlar» va F.Engelsning «Tabiat dialektikasi» asarlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mutafakkirlar o‘z asarlarida yer, quyosh va yulduzlarning, xullas, koinotdagi jismlarning paydo bo‘lishi, ularning tabiati va mohiyati haqidagi kosmologik va kosmogonik muammolarni yoritishga urinadilar. Ularning falsafiy qarashlari markazida tabiatdagi narsalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, yemirilishi, boshqa narsalarga aylanishi, narsa va hodisalarning birinchi asosi haqidagi fikrlar yotadi. Hamma narsalarning birinchi ibtidoiy asosini qidirish, narsa va hodisalarni ana shunga suyanib izohlash, ularni bir butunga birlashtirib o‘rganishga intilish – bu mutafakkirlarning falsafiy qarashlari mohiyatini tashkil etadi.

Boshqa bir guruh mutafakkirlar diqqatini inson, inson hayotining ma’nosi va mazmuni, uning dunyoda tutgan o‘rni, tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlari muammolari o‘ziga jalb qiladi. Ular inson hayotining ma’nosi va mazmunini nima belgilaydi, insonning dunyodagi o‘rni qanday, inson dunyoni bila oladimi, falsafa insonni qaysi jihatdan o‘rganadi degan savollarga javob izlaganlar. Bu muammolar haqida turli davrlarda yashagan mutafakkirlar turli xil fikrlar yuritganlar va ko‘plab asarlar yozganlar. Jumladan, bunga Arastuning «Etikasi», Ibn Sinoning

«at-Tadabaru monazil» (Davlatni boshqarish), Yusuf Xos Xojibning

«Qutadg‘u bilik», Ahmad Yassaviyning «Hikmat»lari, Amir Temurning

«Temur tuzuklari», Erazm Rotterdamskiyning «Xristian jangchisi quroli», T.Gobbsning «Inson tabiati», B.Spinozaning «Ilohiy-siyosiy traktat» va «Aql kamoloti haqida traktat», A.Gelvetsiyning «Inson haqida», I.Kantning «Osmon umumiy tarixi va nazariyasi», «Sof aqlni tanqidi», Gegelning «Ruh falsafasi», L.Feyerbaxning «Xristianlikning mohiyati» asarlari misol bo‘la oladi. Bu asarlarning mualliflari o‘z davrdagi ilm-fan asosida insonning boshqa mavjudotlardan tub farqlari, mohiyati, hayotining ma’nosi va mazmuni, bu yorug‘ olamdagi o‘rni, o‘limi va abadiyligi kabi muammolarni yoritganlar.

Inson bilimlari orta borgan sari jamiyat, uning moddiy va ma’naviy hayoti, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy, huquqiy, axloqiy muammolar ham mutafakkirlarning e’tiborlarini o‘ziga jalb qila boshlagan. Natijada, mutafakkir faylasuflar bu sohada ham tadqiqotlar olib borib, jamiyat haqida ko‘plab asarlar yaratdilar. Bularga, Aflotunning «Davlat»,

«Qonunlar», Arastuning «Siyosat» asarini, Forobiyning «Fozil odamlar shahri», «as-Siyasa al madaniya» (siyosat ilmi), Mirzo Ulug‘bekning

«To‘rt ulus tarixi», T.Gobbsning «Grajdanin to‘g‘risida», Dj.Lokkning

«Qonunlarning ruhi to‘g‘risida», Gegelning «Tarix falsafasi» va «Huquq falsafasi» kabi asarlarini misol qilish mumkin. Bu asarlarda, o‘z davri nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, bir butun jamiyat, uning moddiy va ma’naviy hayoti, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, uning bazisi va ustqurmasiga oid nazariy qarashlar o‘rtaga tashlandi. Xuddi shu tarzda har bir davrda falsafaning bahs mavzusi o‘zgarib borgan.

Falsafa fanining muammolari, o‘z xususiyatlariga ko‘ra, azaliy yoki o‘tkinchi bo‘lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo‘lgan davrdayoq vujudga kelgan bo‘lib, toki odamzod mavjud ekan yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo‘yilaveradi. Ularni o‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boraveradi.

Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, ularning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari qatoriga kiradi.

Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Bu masalalarni qay tarzda hal qilishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo‘nalishlar mavjud. Masalan, olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.

Monizm (yunon. manos – yakka) – olamning asosi yakkayu yagona sababga, bitta asosga ega deb beradigan falsafiy ta’limotdir.

Dualizm (lot. dua – ikki) – olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g‘oya, ya’ni ideya yotadi deb aytuvchi qarash.

Plyuralizm (lot. plyural – ko‘pchilik) – olamning asosida ko‘p narsa va g‘oya (ideya)lar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limot.

Materializm – olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.

Idealizm – olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.

Yuqorida ko‘rsatilgan falsafaning bahs mavzulari ham xuddi shu yo‘nalish va oqimlar asosida har xil tarzda tushuntirib berilgan. Falsafada hal qilinishi va yondashishi mumkin bo‘lgan masalalarda mutafakkirlar o‘zlarining fikr va mulohazalarini u yoki bu tarzda bayon etganlar.

Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham mavjud bo‘lib, bu masalalarda ham har xil yondashishlar kelib chiqqan. Bu aytib o‘tilgan masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis – bilish, logos – ta’limot) degan sohasi shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkinligini tan oluvchi faylasuflar – gnostiklar deb ataladi. Bundan tashqari olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to‘g‘ri va aniq haqiqat darajasiga ko‘tarila olmaydi deyuvchi faylasuflar mavjud bo‘lib, ularni esa – agnostiklar (yunoncha – bilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb atashadi.

Dastavval aniq fanlar mustaqil tarmoqlarga ajralib taraqqiy topmagan vaqtda falsafa barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab olib

«fanlarning fani» vazifasini bajarib kelgan. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Ulug‘bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarini ham asoschilari bo‘lganlar. Falsafani maxsus fanlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat bo‘lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni

«naturfilosofiya» deb ham hisoblangan.

Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, falsafaning bahs mavzusi har doim o‘zgarib kelgan. Lekin shu narsa ko‘zga tashlanadiki, insonning mohiyati va borliqqa munosabatini o‘rganish falsafiy tafakkurning negizini tashkil etadi. Inson muammosi falsafaning asosiy masalasi sifatida uning bahs mavzusini ham belgilab beradi. Falsafaning bahs mavzusi esa quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi;


  1. ma’naviyat sohibi bo‘lgan inson borliq taraqqiyotining eng oliy, noyob, nodir va betakror natijasi ekanligini ko‘rsatish, insoniylik va insonparvarlik mezonlarini tadqiq etish va rivojlantirish;

  2. insonning jamiyatdagi o‘rni, borliqqa munosabati, insoniy munosabatlarning mohiyati va mezonlarini o‘rganish;

  3. amaliyot va fan yutuqlari natijalarini, tarixiy meros va taraqqiyotning yangi muammolarini yetuk axloqiy qadriyatlarga tayanib o‘rganish va umumlashtirish;

  4. falsafiy muammolar va metodologik xulosalarga tayanib, inson dunyoqarashini shakllantirish va shu asosda kishilarning amaliy faoliyatiga maqsad va yo‘nalish berish.

Borliqni inson o‘rganib borar ekan, uning o‘zi bilmagan yangi va yangi qirralarini ochib boradi va kashf qiladi. Fandagi yangi tomonlar insonni yangi falsafiy g‘oyalarni nazariy jihatdan oldinga surishga olib boradi. Tabiatdagi, jamiyatdagi, inson va uning tafakkuridagi o‘rganilayotgan va kashf qilinayotgan yangi tomonlar falsafiy mushohadada yangi yo‘nalish va oqimlarni vujudga keltiradi. Shu tariqa inson, jamiyat, tabiat har doim harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda o‘z yo‘lidan boraveradi.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjud.

Falsafiy fikrlar, g‘oyalar fanning rivoji uchun oldida turgan masalalarni hal qilishda o‘ziga yarasha katta kuch hisoblanadi. Asrlar

davomida shakllanib kelayotgan falsafiy bilimlar insoniyat madaniyati xazinasiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident I.Karimov asarlarida o‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezident falsafa oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tibor bermoqda. Milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi haqida so‘z yuritib I.Karimov shunday deydi: «Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi yurtimizda yashayotgan barcha kishilarning ma’naviy boyligiga dunyoqarashining negiziga aylanishga erishish biz uchun eng asosiy maqsaddir».

O‘zbek falsafasining rivojlanishida bugungi kunda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berish lozim: xalqimizning:


  • o‘z milliy an’analariga sodiqligi;

  • mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;

  • muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;

  • mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni aytishimiz lozim:

falsafa – bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonunlarini o‘rganadigan fan. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach yurtimizda falsafani yanada rivojlantirish zarurati paydo bo‘ldi. Mustaqillik falsafasi millatimiz vakili bo‘lgan, mustaqil fikrlay oladigan, barkamol insonni tarbiyalashga yo‘naltirilishi lozim. Shuning uchun falsafa fani ko‘pgina dolzarb muammolarni, xususan yurtimizda istiqlolni mustahkamlash, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi ma’naviyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning tamoyillarini aks ettirmog‘i lozim.


  1. Download 441,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish