Saidmurodova Ruqiya



Download 17,6 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi17,6 Kb.
#829983
Bog'liq
So\'z birikmasi. maqola


“SO’Z BIRIKMASI” MAVZUSINI O’RGATISHDA “O’ZGARMAS FORMULA” METODI HAMDA O’ZLASHTIRISH JARAYONIDA QO’LLANILUVCHI INNOVATSION USULLAR

Saidmurodova Ruqiya


13-umumta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Andijon viloyati Andijon shahar
Sodiqova Sayyora
13-umumta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Andijon viloyati Andijon shahar


Annotatsiya
Ushbu maqolada amaldagi darsliklarda berilgan ona tili fanining grammatik qoidalarini o’quvchilar amaliyotda oson qo’llay olishlari uchun “o’zgarmas formula” usulidan foydalanishning qulay va samarali ekanligi hamda o’quvchilarning mavzuni mustahkamlashi jarayonida qo’llaniluvchi bir qancha innovatsion usul turlari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: didaktik jarayon, yo’naltiruvchi, o’zgarmas formula, so’z birikmasi, sintaktik tahlil, tobe so’z, hokim so’z, “Hamkorlik” usuli
Zamonaviy o’qituvchi didaktik jarayonni tashkil etish uchun quyidagi shakl asosida dars olib borilishi zarur: DJ – Y+B+F+A+T+T (Didaktik jarayon asosida dars olib boruvchi o’qituvchi-yo’naltiruvchi, boshqaruvchi, faollashtiruvchi, anglatuvchi, tuzatuvchi, tarbiyalovchi). Darsda o’quvchi ijodiy qobilyatlarini o’stirish, yangi g’oya va fikr bera olishga o’rgatish, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish, eng avvalo, ona tili va adabiyot o’qituvchilari zimmasidagi sharafli burch ekani ularga yanada kuchliroq mas’uliyat yuklaydi. Chunki, yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ya’ni o’quvchilarga fan asoslarini chuqur o’rgatish ona tili orqali amalga oshiriladi.
Ona tili ta’limida har bir mavzu, qonun-qoida o’quvchilarning til o’rganishlari, adabiy til me’yorlari, nutq uslubini egallashlari va unga amal qilishlarida o’ziga xos o’rin tutadi. Xususan, sintaksis sathini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu mavzuni o’rganish jarayonida dastlab mavzu yuzasidan o’rgatilishi ko’zda tutilgan materialni tushuntirishning eng qulay usuli hamda mavzuni a’lo darajada o’zlashtirishlari uchun turli xil intellektual o’yin usullarini belgilab olish kerak.
Darsliklarda berilgan har bir grammatik qoida o’ziga xos shaklda ilmiy tilda bayon etilgan. Ilmiy uslubning maxsus soha vakillari tili ekanligi esa o’quvchilarning mavzularni o’zlashtirishida qiyinchilikni keltirib chiqaradi. Bunda o’qituvchidan o’zgacha yondashuv talab etiladi.Ya’ni har bir grammatik mavzuga metodik usullarning mos keladiganini tanlash va ulardan foydalanish. Mana shu o’rinda o’zbek tili grammatikasining turfa xilligi namoyon bo’ladi. Chunki grammatikamizda bir qoidani aniq formuladek tasavvur etish mushkul bo’ladi. Shu o’rinda “Ma’nodosh so’zlar “ mavzusini ko’rib chiqamiz. Bunda: Ma’nodosh so’zlar deb bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so’zlarga aytiladi. Umumiy ma’noni ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farqlanadi.
Yuqoridagi qoida asosida eng ko’p misol keltirilrdigan so’zni olsak.Yuz-bet-aft-bashara-turq-chehra-oraz-ruxsor. So’zlar uslubiy bo’yoqdorligiga ko’ra farqlanib, xattoki o’zaro zid ma’nolilik ham hosil qiladi. Masalan,bashara va ruxsor.
Bu o’zgaruvchan qoidalarga bir misol bo’lib, o’zgarmas grammatik jihatlarini “formula” usulida o’quvchiga samarali yetkazib berish mumkin.
8-sinf ona tili darsligida “So’z birikmasi”ga shunday izoh berilgan: “Mustaqil so’zlarning nutqda bog’lanishidan so’z birikmasi hosil bo’ladi. So’z birikmasi bo’lishi uchun:
1)kamida ikkita mustaqil so’z bo’lishi lozim;
2)bu so’zlar ma’no jihatdan mos kelishi kerak;
3)so’zlar biri ikkinchisiga tobelanishi kerak;
4)qo’shimcha va yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarga bog’lanishi kerak;
Bunda tobe va hokim so’zlar bo’lib, tobe so’z har doim birinchi, hokim so’z esa keyin keladi. Masalan, qizil gul. Qizil-tobe so’z, gul-hokim so’z.
Yuqorida berilgan qoidalarni ixchamlashtirib, o’zgarmas formula ko’rinishiga keltiramiz. Demak,so’z birikmasi bo’lishi uchun 2 yoki undan ortiq mustaqil so’z lozim. Bunda eng soda ko’rinishdan foydalanamiz. Ms -mustaqil so’z, sb -so’z birikmasi, ys -yordamchi so’z, q -qo’shimcha. So’z birikmasi tarkibidagi tobe so’z= t s, hokim so’z- h s.
M s +m s= S b
Ms +q yoki y s+ ms= Sb
T s+ h s= Sb
So’z birikmasida hokim so’zning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishi ham ahamiyatli bo’lib, bunda otli va fe’lli so’z birikmalari hosil bo’ladi. Otli so’z birikmasida hokim so’z ot, sifat, son, ravish, olmosh, taqlid so’z, undov so’z, modal so’z bilan ifodalanadi. Fe’lli so’z birikmasida esa fe’l so’z turkumi va uning vazifa shakllari bilan ifodalanadi. Endi shu qoidani ixcham ko’rinishda bayon etamiz.
Otli so’z birikmasi.Ts+o=Osb Ts+s=Osb Ts+son=Osb Ts+r=Osb Ts+o=Osb Ts+t=Osb Ts+u=Osb Ts+m=Osb
Fe’lli so’z birikmasi.Ts +s f(sof fe’l shakli)=Fsb Ts+h n(harakat nomi)=Fsb Ts+s(sifatdosh)=Fsb
Ts+r(ravishdosh)=Fsb
Qisqartmalar yodda qolishi uchun atamalarning bosh harflari tanlab olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo, grammatik qoidalarning mazmun –mohiyatini to’g’ri va aniq o’quvchilarga yetkazib berish lozim bo’ladi. Shundan so’ng bu “formula” usuli yordamida foydalanib, amalda uning o’zgarmas ekanligi isbot qilinadi. Bunday yondashuv yuqorida aytib o’tganimizdek barcha qoidalarga birdek to’g’ri kelmaydi. Chunki ba’zi qoidalar o’zini o’zi tilda anglatgan ma’nosiga ko’ra inkor etadi hamda bir so’z turli ko’rinish va ma’nolarda aks etadi. Shu boisdan ham grammatikaning leksikologiya va morfemika bo’limlarida bu usul samarasiz bo’lishi ehtimoli mavjud.
Yuqoridagi kabi sodda ifodalanish o’quvchilarning qoidani eslab qolish va amalda qo’llay olish samaradorligini yanada oshiradi. Shuningdek, ta’lim oluvchining o’zi ham bu formulalarni o’ziga qulay shaklda ixchamlashtirib, xotirasida saqlab qolishi mumkin.
Shu kabi nazariy ma’lumotlar berilgach, o’qituvchi darsni turli shakl va uslubda tashkillashi mumkin.
Masalan, so’z birikmasi tuzish oid “Hamkorlik” usulida ishlash o’quvchilarda faollikni oshiradi, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga o’rgatadi. Buning uchun bir necha bosqichda ish tashkil qilish mumkin:

  1. O’quvchilardan bir nechta mustaqil so’zlar aytish talab qilinadi. O’quvchilar tomonidan aytilgan so’zlarni doskaga qator qilib (ustun shaklida) yozib boriladi.

  2. O’sha yozilgan so’zlarning mazmuniga mos keladigan leksemalar topib, ularni bog’lash so’raladi. Masalan, bahor so’zi yozilgan bo’lsa, o’quvchilardan biri chiqib, zumrad so’zni qo’shib, zumrad bahor birikmasini hosil qiladi. Shu tariqa o’quvchilar tomonidan bir necha so’z birikmalari tuziladi va so’z birikma hamda so’zning farqi izohlanadi.

  3. Yozilgan so’z birikmalaridagi hokim va tobe so’zlar aniqlanadi, yuqorida o’tilgan usulda “formula” larga solinib, tobe so’zning hokim so’zdan oldin kelishi va bajargan vazifasi tahlil qilinadi.

  4. Navbatdagi vazifa hokim va tobe so’zlarning qanday vositalar bilan bog’lanishini aniqlash bo’ladi. Masalan, Mustaqil O’zbekiston, tiniq suv, chiroyli yozuv kabi so’z birikmalari hech qanday grammatik vositalarsiz, faqat ohang yoki so’z tartibi asosida bog’langani va bunday sintaktik aloqa bitishuv ekanligi izohlab beriladi. Shu tartibda moslashuv va boshqaruvli aloqa ham o’quvchilarning faol ishtirokida ko’rib chiqiladi va hamkorlikda izohlanadi.

O’qituvchi aralash holdagi so’zlar qatorini berib, ulardan ma’no jihatdan to’g’ri keladigan so’z so’z birikmalari tuzish ishini topshirishi va buni “Kim tez va to’g’ri” usulida tashkil etishi ham mumkin. O’quvchilarning belgilangan vaqt ichida nechta so’z birikmasi tuza olishi va uni qay darajada tahlil qila olishi kuzatiladi va natija o’quvchilarning taqdimotlari asosida baholanadi, ularning ifoda holatiga, nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ravonligiga e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, o’quvchilarga gaplar berilib, ulardagi so’z birikmalarini aniqlash va birikish usuli bo’yicha sharhlash vazifasi berilishi, so’z birikmalarini tahlil qildirish orqali ham mavzuni mustahkamlash mumkin.
Topshiriq ijrosi o’zaro tekshiruv, hamkorlikda kuzatuv asosida ko’rib chiqiladi. Xatolarni aniqlash va tuzatishda o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, bu ishga hammaning diqqatini jalb etish ko’zlangan maqsadga yetishda muhim hisoblanadi.
Har qanday darsning yangiligi uning qiziqarli ekanligidir, zero qiziqarlilik intilishga olib keladi. O’quvchilarning qiziqish va moyilligi asosida o’tilgan dars ularga zavq beradi. Qiziqish asosida narsa va hodisalar sinchiklab o’rganiladi, shuning uchun ham qiziqishlar tufayli egallangan bilim xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. O’quvchida qiziqish-intilish hissini paydo qila olish muvaffaqiyatga erishishning garovidir.
Download 17,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish