Saidaxmatov s 424-17



Download 17,14 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi17,14 Kb.
#46797
Bog'liq
2MG


Saidaxmatov S 424-17

2.     Milliy g‘oya shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros nimalardan iborat? 2.     Milliy g‘oya shakllanishida ilmiy, ma'naviy meros nimalardan iborat?

Milliy g‘oyamiz shakllanishida ilmiy va ma’naviy merosimizning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Milliy g‘oya har bir jamiyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz jamiyatning barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari tafakkuriga ezgulikka va bunyodkorlikka chorlovchi g‘oyalarni singdirib kelganlar. Masalan, zardushtiylik dinining «Avesto» kitobidagi g‘oyaviy konsepsiya – «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal» tamoyili buning yorqin dalilidir.  O‘rta asrlarda vujudga kelgan g‘oyalar o‘sha davr madaniyatining bir qismi bo‘lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga katta ta'sir ko‘rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g‘oyalar Qur'oni Karim va hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o‘z ifodasini topgan. Bunday g‘oyalarni anglashda Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan olinadigan “Sahihi Buxoriy” asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy g‘oyalari sharhi o‘z ifodasini topgan.

4.     O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun zarurligi to‘g'risidagi fikrlarini ayting? 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning eng katta xizmatlaridan biri odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, ularning ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qilgani bo‘ldi. Ma'lumki, akademik Islom Abdug'anievich Karimov o‘zidan bebaho ilmiy, ijtimoiy-siyosiy meros qoldirdi. Vatanimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”(1996), “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”(1996), “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”(1996), “Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi”(1997), “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”(1998), “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”(1999), “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz”(2000), “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”(2002), “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”(2006), “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch”(2008), “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”(2009), “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”(2011), “Ona Vatanimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”(2015) va boshqa asarlari hamda ma'ruzalarida bayon qilingan g‘oyalari asosida rivojlanishning ravon yo‘liga chiqib oldi. Mazkur manbalar asosida milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun zarurligi nazariy konseptual jihatdan asoslab berildi.

6.     Milliy g‘oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari, moddiy va nomoddiy merosi, qadriyatlari bilan bog'liqligini asoslab bering.

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlagan buyuk davlat va jamoat arbobi Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir.

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.

1993- yil 23- aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993- yil 7-may kuni nutq so‘zlab, Prezident Islom Karimov quyidagilarni ta’kidladi:

•           milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini  ongimizga singdirishi lozim;

•           shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.

8.     O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilganligi to‘g'risidagi fikrlarini aniqlang.

Ma'lumki, yurtimizda vijdon va e'tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag'rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta'minlash davlatimiz e'tibori markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda.



          Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha mamlakatimiz diqqati markazida bo‘ladi.
Download 17,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish