“g‘adablamang” so‘zini qo‘llab, o‘quvchini ushbu so‘z ustida izlanishga majbur qilgan. Bir qaraganda, bu so‘z imloviy jihatdan xato yozilganga o‘xshaydi: Jannat xola tilidan turmush o‘rtog‘iga – Bolamni so‘kmang. Bolaginamni g‘adablamang,- tarzidagi fikr bayon qilingan. “G‘adablamang” so‘zi “urushmang”, “tanbeh bermang” kabi ma’nolarni ifodalab keladi.
Asarda To‘lanboy degan obraz bor. Yozuvchi asarda qahramonning bo‘y-basti haqida ma’lumot bermaydi. Lekin “pildirab ketmoq” birikmasi ushbu qahramonning bo‘y - basti haqida o‘quvchiga ma’lumot beradi. Birikmaning ma’nosiga diqqat qiladigan bo‘lsak, pildirab ketish bo‘y - basti kichikkina insonlarga xosligini anglab olsak bo‘ladi. Aynan ushbu keltirilgan fikr orqali To‘lanboyning jussasi kichkina insonligi bilinadi. Yozuvchi boshqa ortiqcha so‘zlarni qo‘llamasdan,
Do'stlaringiz bilan baham: |