______________________________________________________________________
Mumtoz qo’shiq va raqs
Sahna ko’rinishi.
Izohlovchi:
Zahiriddin Muhammad Boburning umri deyarli taloto`plarda, jang-u jadallarda o`tgan, hatto ijod uchun xilvatga chekinishga ham hamisha vaqt topavermagan. Shuning uchun Bobur she’riyatida kurashchan ruh ustuvor. Endigi, umri kurashlarda o`tgan shoir hayotidan bir lavha tomosha qiling.
Saroy ichkarisi. Mohimbegim qizlari Gulbadanbegim, Gulrangbegim, egachisi Xonzodabegim va yaqinlari bilan mushoira o‘tkazmoqdalar.
- Kanizak :Malikam, shoh hazratlati va valiahd shahzoda tashrif buyurmishlar.
(Boburshoh va Xumoyun kirib kelishadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |