Yakunlovchi bosqich. O‘qituvchi olib borilgan darsni tahlil qilinadi.
Darsda kimlar aktiv ishtirok etdi, o‘tilgan mavzuni talabalar qanday darajada o‘zlashtirdilar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalar egallandi, u DTSga mos bo‘ldimi, loyiha bo‘yicha olib borilgan dars talabga javob beradimi va h.k
.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi. O‘quv jarayoni jonli jarayon bo‘lganligi sababli har doim ham tuzilgan loyiha 100% amalga oshmay qolishi mumkin. Bunda tanlangan pedagogik texnologiya yoki metod yaxshi samara bermasligi, aqliy hujumdagi savollar tartibi, qisman mazmuni o‘zgarishi ro‘y berishi mumkin. O‘qituvchi barchasini hisobga olib, kerakli xulosalar qiladi, keyingi dars jarayonida ularni takrorlamaslik uchun loyihaga o‘zgarishlar kiritadi, mazmunga mos boshqa metodlarni, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun tavsiyalar beradi.
Informatika o‘qituvchisi yuqorida keltirilgan loyihani fanning amaliy, laboratoriya darslari uchun ham tayyorlashi va amalga oshirishi mumkin. Bunday loyihalar dars sifati va samaradorligiga hissa qo‘shadi. Auditoriyadagi ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminardarslarining ajralmas qismi, ularni to‘ldirib boruvchi bu mustaqil ishlarni bajarishdir. Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi.
Informatika o‘qituvchisining pedagogik va ATni, ulardan foydalanishni bilishi, g‘oyaviy boyligi, kasbiy mahoratining yuqori darajadaligi ta’lim jarayonini loyihalashtirish va tashkil etishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Ta’lim jarayonining loyihasi texnologik xaritalarda o‘z o‘rnini topadi. Darsning texnologik xaritasi dars darayonining har bir bosqichida o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining vaqt meyorlari bo‘yicha taqsimlanishini belgilash uchun ishlatiladi [39, 42, 84].
Bugungi kunda zamonaviy dars loyihasini tuzish muammo hisoblanadi. O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida DTS talablarini ro‘yobga chiqarish uchun qanday asosiy holatlarni hisobga olishi lozim?
Menimcha, ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro faoliyatni, hamkorlikni rejalashtirishning zamonaviy shakli, zamonaviy darsning eng yaxshi ifodasi texnologik xaritada o‘z aksini topadi.
Texnologik xarita o‘qituvchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
o‘quv jarayonida fanni o‘rganish, o‘zlashtirish uchun o‘quv materiallarini bir butun, tizimli, loyiha ko‘rinishida ifodalash;
ilgaridan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyatni ketma-ket ifodalash, darsning barcha qismlarini mukammal rejalashtirish;
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
pedagogik faoliyat subyektlarini bir vaqtdagi barcha harakatlarini moslashtirish, turli variantlaridan eng maqbulini tanlash;
ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatiga undash;
DTSda aks etgan rejalarni amalga oshirish;
mavzu va mavzu qismlari bo‘yicha o‘quvchilarni aniq, unumli o‘quv faoliyatiga undash;
mavzuni o‘zlashtirish jarayonida maqsaddan toki oxirgi natijagacha ish jarayoni ketma-ketligini loyihalashtirish;
mavzuni o‘zlashtirishning har bir bosqichida o‘quvchilar o‘zlashtirishini rejalashtirish va loyihalashtirish;
ta’lim natijalarini qo‘yilgan maqsadga mosligini aniqlash;
ta’lim sifatini oshirish.
O‘qituvchi tomonidan tuzilgan darsning texnologik xaritasi quyidagi savollarga javob berishi lozim:
Qanday faoliyatlarni amalgan oshirish lozim;
Dars qanday bosqichlardan tashkil topadi;
Dars bosqichlariga qancha vaqt ajratish lozim;
O‘quvchilar qanday faoliyatlarni amalga oshiradilar;
Darsning har bir bosqichi qanday natija berishi lozim;
Darsda qanday vosita, qaysi pedagogik texnologiya, metod va qanaqa ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi va h.k.
Xulosa
Ushbu tayyorlangan kurs ishi Informatika o`qituvchisining meyoriy hujjatlarini loyihalashtirishga b`ag`ishlangan bo`lib, unda o’qituvchining meyoriy hujjatlari va pedagogik faolyatini va uni loyihalash tushunchalarini yoritish hamda umumta`lim maktablari informatika o’qituvchising pedagogik faolyati haqida bayon qilindi. U kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.
Kurs ishining kirish qismida uning mavzusining dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari, predmeti, ob`ekti va uning ilmiy ahamiyati yoritib berilgan.
Asosiy qismda esa O’zbekistonda o’qituvchining meyoriy hujjatlari haqida asosiy tushunchalari haqida ma`lumotlar beriladi. Hamda umumta`lim informatika o’qituvchising pedagogik faolyati haqida metodik ishlanmalar beriladi.
Informatsion texnologiyalar va elektron ishlanmalardan foydalanib fanlarni o‘qitish hozirgi davrning eng dolzarb va asosiy muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi zamon texnikasi va ishlab chiqarish texnologiyasini egallash uchun bilim, texnik malaka va ularning asoslarini amalda o‘zlashtirish talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasidagi umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv maqsadlariga erishish yo‘llari va metodlari o‘zining ijobiy natijasiga ega. Uzluksiz ta’lim tizimi takomillashuvining samarali kechishi ta`lim tizimida o`quv mashg`ulotlarini samarali tashkil etilishiga ham bog‘liqdir. Shu jihatdan olganda mazkur kurs ishining ahamiyati katta.
Tа’lim jаrаyonidа zаmоnаviy pеdаgоgiк tеxnоlоgiyalаr, hamda zаmоnаviy infоrmаtsiоn vа tеlеkоmmunikаtsiоn tеxnоlоgiyalаrni fаоl qo’llаsh, o’quv jаrаyonidа o’qituvchining o’rni, rоli vа pеdаgоgik fаоliyatini mа’lum dаrаjаdа o’zgаrtirishigа оlib kеlаdi. O’qituvchilаr tоmоnidаn o’quv kurslаrini tаyyorlаshdа fаоliyat murаkkаblаshib, mаxsus mаlаkа vа usullаrni hаmdа o’quv mаtеriаllаrini tаyyorlаsh sifаtigа e’tibоrni kuchаytirishni tаlаb etаdi.
Аgаr аn’аnаviy tа’lim tizimidа o’qituvchi аsоsiy vаqtini mа’ruzа o’qishgа sаrflаgаn bo’lsа, zаmоnаviy tа’lim tizimidа o’qituvchi o’quv kursi mаzmunini yangi zаmоnаviy pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаr аsоsdа ishlаb chiqishi, o’quvchiga o’quv аxbоrоtlаridаn fоydаlаnishgа yordаm bеrishi vа tа’lim оluvchi bilаn fаоl individuаl munоsаbаtgа kirishmоg’i zаrur bo’ladi. Yuqоridа ko’rsаtib o’tilgаnlаrdаn shundаy xulоsа qilish mumkinki, zаmоnаviy аxbоrоt vоsitаlаrining insоniyat fаоliyatigа, xususаn, tа’lim tizimigа kirib kеlishi uning mаqsаdi vа mаzmunini o’zgаrishigа sаbаb bo’lаdi. O’qitishning zаmоnаviy pеdаgоgik tеxnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish hаr bir fаn o’qituvchisidаn o’z ishigа ijоdiy yondаshishni tаlаb qilаdi. Zаmоnаviy аxbоrоt vоsitаlаridаn dаrs jаrаyonidа fоydаlаnish bоrаsidа ilmiy izlаnishlаrni оlib bоrish vа ulаrni mоddiy rаg’bаtlаntirish bu tеxnоlоgiyadаn fоydаlаnish imkоniyatlаrini kеngаytirаdi.
Didaktik materiallardan foydalanib dars o’tish o’quvchilar bilim salohiyatini oshiradi, talabalar mavzuga oid ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tasavvuriga sig’dirib bo’lmaydigan tushuncha va qonunyatlarni ko’rgazmali qurollar orqali tushuntirish imkoniyati vujudga keladi. Darsga oid bo’lgan namoyish va boshqa mavzuga oid materiallardan foydalanib darslarni tashkil qilish o’quvchilarda mavzuni o’zlashtirishida yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |