Laboratoriya ishi-1.
Bardjer-Rast uslubi bilan osmotik bosimni aniqlash.
Oldindan diametri 1 mm va uzunligi 6-7 sm keladigan shisha
kapellyar tayyorlab qo‗yiladi. Kapellyarlarning diametri 5 mm,
devorining qalinligi 1 mm keladigan shisha naylardan tayyorlash
mumkin. Buning uchun shisha nay gazli qizdirgich ustida bukiluvchan
bo‗lgunga qadar qizdiriladi. Qizdirilgan shisha nayni olovdan olib tez
cho‗ziladi. Natriy xlor tuzining har xil konsentratsiyali kontrol
(nazorat) eritmalari to‗plami tayyorlanadi.
Bu konsentratsiyalar chegarasi ko‗pchilik (umurtqasiz sovuq qonli
va umurtqali issiq qonli) hayvonlarning biologik suyuqliklaridagi
osmotik bosimlarni aniqlash imkoniyatiga ega bo‗lishi lozim. Soat
shishachasiga tekshiriluvchi va nazorat uchun olingan eritmalarning
biridan tomiziladi. So‗ng kapellyar eritmalardan biriga botiriladi va
suyuqlikni kapellyarning o‗rta qismiga ko‗tarilishi uchun imkoniyat
yaratiladi.
Kapellyarni teskari tomonga aylantirib suyuqlikni uning qarama-
qarshi tomonga tushishi ta‗minlanadi. Menisk va kapellyarning uchi
o‗rtasida bir necha millimetr oraliq hosil bo‗lishi bilan kapellyarning
9
ikkinchi uchi boshqa eritmaga botiriladi. Bunda so‗nggi eritma
kapellyar bo‗ylab shunday ko‗tariladiki, natijada havo pufagi
kapellyarning
o‗rtasida turib qoladi. Kapellyarni keyinchalik
Mendeleyev qorishmasi yordamida berkitish uchun uning har ikkala
uchida ozginadan bo‗sh joy qoldiriladi. Tajriba olib borish jarayonida
kuzatishni qulaylashtirish maqsadida eritmalardan birini metilen ko‗ki
yoki kaliy permanganat bilan ranglash lozim.
Bunda juda oz miqdorda bu moddalardan qo‗shish (100 mlga
bittagina kristalcha) kifoya va bu miqdor eritma konsentratsiyasiga
hech qanday ta‗sir ko‗rsatmaydi. Kapellyarning uchlari paxta bilan tez
va juda toza qilib artiladi va har ikkala tomondan asbest to‗ri
qo‗yilgan gaz qizdirgichi ustida yoki suv hammomida qizdirib turilgan
Mendeleyev
qorishmasi
yordamida
berkitiladi.
Mendeleyev
qorishmasi o‗zaro teng miqdorda aralashtirilgan mo‗m va konifol
aralashmasidan ham ishlatish mumkin.
Kapellyar buyum shishasiga bir tomchi qorishma yordamida
gorizontal
holatida
joylanshtiriladi. Kapellyarli oyna okulyar-
mikrometrli mikroskopga joylashtirilib (kattalashtirish imkoniyati -
okulyar 7x, obyektiv 8x) fokusini meniskka olib kelinadi (1-rasm).
So‗ng meniskning harakati kuzatiladi. Osmotik bosimi kam bo‗lgan
(bug‗ sig‗imi esa ko‗p) eritma yuzasidan suv bug‗lana boshlaydi. Bir
yo‗la bug‗ yuqori osmotik bosimga va kam bug‗ sig‗imiga ega bo‗lgan
eritma yuzasida kondensirlanadi. Shuning uchun birinchi tomchining
hajmi kamayib, ikkinchi tomchining hajmi oshadi. Natijada, menisk
yuqori konsentratsiyali tomondan kam
konsentratsiyali eritma
tomoniga qarab siljiydi.
Menisk harakatini kuzatishning ikki uslubi mavjud. Birinchi
uslub bo‗yicha bir menisk kattaligi okulyar - mikrometr shkalasining
bir bo‗limiga teng kelishi kerak. Bunda meniskni kuzatish bir necha
minut
davomida
amalga oshiriladi. Menisk harakatlanayotgan
yunalishga qarab ikki eritmaning qaysisining konsentratsiyasi ko‗p
ekanligi aniqlab olinadi. Ikkinchi uslub bo‗yicha predmet shishasi
yonida tush yordamida chiziq chizib qo‗yiladi, (tushga birozgina
tuxum
oqsili
qo‗shilgan
bo‗ladi)
va
kapellyarni
shishaga
o‗rnatayotgan paytda menisklardan biri shu chiziqning yonida bo‗lishi
hisobga
olinadi.
Kuzatuv
davom
etdirilib
okulyar-mikrometr
yordamida chiziq va menisk o‗rtasidagi masofa o‗lchanadi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |