Safarov Ulug’bekning 13-seminarga javoblari:
Nazorat uchun savollar
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.
3. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
4. O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH, Xitoy bilan istiqbolli hamkorliklari.
5. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi faoliyati.
Javoblari:
Mamlakatimiz tez rivojlanayotgan, o'z istiqbolini o'ziga xos yo'l bilan yaratayotgan davlatlardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o'zbek modeli" butun dunyo ekspertlari tomonidan e'tirof etilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga mo'ljallangan bo'lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo'lsin. Xalq bilan yuzma-yuz Prezidentimiz taklifi bilan 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o'yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun inson manfaatlarini ta'minlash, fuqarolar haqhuquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish yo'lidagi sa'y-harakatlar bilan o'tmoqda.Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o'ylari, hayotimizdagi mavjud muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so'radi.Keyingi yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta'minlashda uzilishlar bo'layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo'lib qolgandi. Bu joylarda aholi bilan bo'layotgan ochiq muloqotlarda botbot tilga olina boshlandi.Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta'kidladi.Aholini uy-joy bilan ta'minlash masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma'qul bo'layotgan bo'lsa-da, uy-joy qurish sur'atlari aholining tabiiy ko'payishiga nisbatan ancha ortda qolayotgandi.Harakatlar strategiyasining to'liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash sharoitlariga ega bo'ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi tubdan o'zgaradi.Odamlar roziligi – eng muhim masala Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, ma'naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi.Bozor iqtisodiyotining o'zgaruvchan tabiati mamlakatimiz shahar va hududlariga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab chiqarish ob'ektlari turli sabablarga ko'ra o'z faoliyatini to'xtatdi. Minglab ishchilar, mutaxassislar o'z kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o'zgartirishga majbur bo'ldi.Harakatlar strategiyasida hududlarni manzilli rivojlantirish, har bir shahar va tumanni maqsadli barqaror taraqqiy ettirish,
Mamlakatimiz tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, global muammolarni bartaraf etish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ilm-fan va san`atni rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosati va amaliy sa`y-harakatlari bilan xalqaro hamjamiyatda obro`-e`tibor qozongan.
Bugun O`zbekiston dunyoda o`z o`rniga, o`z so`ziga ega bo`lgan davlat. Yigirma uch yildirki, BMT bosh qarorgohida O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i hilpirab turibdi. Barcha sohalarda xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda. Eng taraqqiy etgan davlatlar, eng yirik kompaniyalar mamlakatimizda biznes yuritmoqda. Yurtdoshlarimiz xohlagan mamlakatiga borib kelmoqda. Tadbirkorlar o`z mahsulotini chet ellarga eksport qilmoqda.Bular shunchalik odatiy hol bo`lib qolganki, ularga e`tibor ham bermay qo`yganmiz. Xuddi hamisha shunday bo`lgandek. Vaholanki, bundan atigi 25 yil oldin mamlakatimizda tashqi siyosat, xalqaro aloqa degan tushunchalarning o`zi yo`q edi. Yakkahokimlik tizimi sharoitida O`zbekiston xalqaro maydonga to`g`ridan-to`g`ri chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo`lib, o`zining tashqi siyosat va tashqi savdo idoralariga, diplomatlariga va mutaxassislariga ega emas edi. Respublika tabiiy, xomashyo resurslari va etishtirgan mahsuloti qayoqqa ketishini, uni eksport qilishdan tushgan mablag` kimga tegishini bilmasdi. Ayni vaqtda xorijiy texnika va texnologiyani, xalq iste`mol mollarini etkazib berish borasida batamom qaram edi.Shu bois mustaqil tashqi siyosat yuritish O`zbekiston Respublikasi uchun umuman yangi, ilgari amalda qo`llanilmagan soha edi. Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarni “nol”dan bunyod etishiga to`g`ri keldi.
O`zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, mamlakatimizni rivojlantirish, ayrim hayotiy muhim masalalarda (g`alla mustaqilligi, energetik mustaqillik) eski tuzumdan meros qolgan qaramlikdan qutulish barobarida xalqaro munosabatlar tizimiga kirish, undan mustahkam o`rin olish, siyosiy nufuzini yuksaltirish, chet mamlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlikni yo`lga qo`yish va kengaytirish yo`lini tanladi.
Mamlakatimizning bu boradagi siyosati va prinsiplari Konstitusiyamizda qat`iy belgilab qo`yilgan. Bosh Qomusimizning 17-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli sub`ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Davlatimiz bu ezgu tamoyillarga qat`iy amal qilib kelmoqda. O`zbekiston tashqi siyosati teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan. Har bir davlat bilan avvalo ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirmoqda.
O`zbekiston hamkorlikdan manfaatdor bo`lgan barcha mamlakatlar bilan diplomatiya munosabatlarini yo`lga qo`ygan. Qator yirik davlatlar bilan o`zaro munosabatlarimiz strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgan. AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya shular jumlasidan.
Bugungi kunda 46 mamlakatda O`zbekiston diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizda ochilgan elchixona va vakolatxonalari soni oltmishdan oshadi.1993 yilda davlatimiz rahbari BMT minbaridan turib, dunyo ahli e`tiborini Afg`oniston mojarosi, Orol halokati kabi keskin muammolarga jalb etdi. Bu bilan O`zbekistonning uzoqni ko`zlagan tashqi siyosati tinchlikparvarlik, o`zaro tenglik, hurmat va manfaatdorlik tamoyillari, umumbashariy taraqqiyot g`oyalari asosiga barpo etilgani namoyon bo`ldi. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar kontrabandasi, ekologik inqirozlar bilan bog`liq muammolarning dolzarbligi oshib borayotgan, ular haqida har kuni bong urilayotgan hozirgi davrda O`zbekistonning o`sha paytda tutgan pozisiyasi qanchalar oqilona va odilona yo`l bo`lganini, eng muhimi, bu pozisiya o`zgarmay kelayotganini alohida ta`kidlash darkor.
O`ttiz yildan ziyod vaqt davomida urush domida qolib kelayotgan Afg`oniston taqdiri, bu mamlakat bilan munosabatlar yuzasidan ham O`zbekiston aniq-ravshan pozisiyaga ega. Islom Karimov Afg`oniston mojarosini kuch ishlatish yo`li bilan hal qilib bo`lmasligini, faqat qarama-qarshi tomonlar o`rtasida murosaga erishish, mamlakatning iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklash, maqsadli gumanitar loyihalarni amalga oshirish orqali tinchlikka erishish mumkinligini ta`kidlab keladi. O`zbekiston bu mamlakat xalqining xohish-irodasi bilan shakllanadigan hokimiyat bilan barcha sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikka tayyor.
O`zbekiston o`zining aniq pozisiyasi, xalqaro siyosat kun tartibidagi masalalarga qat`iy yondashuviga ega bo`lgani tufayli yirik davlatlar O`zbekiston nuqtai nazari bilan hisoblashmoqda. Albatta, bunday qat`iyat negizida mamlakatimizning geosiyosiy joylashuvi, ulkan iqtisodiy salohiyati ham muhim ahamiyatga ega. Ammo bu siyosat oqilona, uzoqni ko`zlagani va har jihatdan to`g`ri yondashuvga ega ekani bilan alohida ahamiyatga molik. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, O`zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi shart-sharoitni, kechayotgan jarayonlarni avvalo shu zaminda istiqomat qilayotgan insonlar to`liq idrok etadi. Biror masalaga yondashuv ishlab chiqiladigan taqdirda zamonaviy voqelik bilan bir qatorda xalqlarimizning boy tarixi, madaniyati, an`analaridan, mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda ish ko`riladi.
2010 yili Qirg`iziston janubida sodir bo`lgan voqealarni eslaylik. O`sha vaqtda davlatimiz rahbari bu muammoning tub sabablariga, fitnaning ehtimol tutilgan tashkilotchilarini aniqlashga, yuz minglab bolalar, qariyalar va ayollardan iborat qochqinlarga boshpana berishga e`tibor qaratdi. Millatlararo nizo, hatto davlatlararo qarama-qarshilikning oldini oldi. Vaziyat o`nglanganidan keyin butun dunyo O`zbekiston rahbariyati ehtirosga berilmasdan, vazminlik bilan to`g`ri qaror qabul qilganini, mintaqaviy darajadagi katta falokat kelib chiqishiga yo`l qo`ymaganini ochiq e`tirof etdi.
Prezidentimiz “Shanxay beshligi” sammitining mehmoni sifatida ushbu guruhni faqat chegara masalalarini hal qiladigan tuzilma holida qoldirmasdan, balki xavfsizlikni ta`minlash, integrasiya jarayonlarini faollashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan etuk tashkilotga aylantirish maqsadga muvofiqligi, shunda O`zbekiston uning safidan joy olishini ta`kidlagan. Shanxay hamkorlik tashkiloti qanday tashkilot bo`lib shakllangani va erishayotgan yutuqlarini bugun dunyo ko`rib turibdi.
Prezidentimiz Islom Karimov hamisha amalda samara beradigan, har tomonlama foydali takliflarni ilgari suradi. Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona, deb e`lon qilish, Xalqaro Orolni qutqarish jamg`armasini tuzish, ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini ta`sis etish kabi tashabbuslar bu fikrning yaqqol tasdig`idir.
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil sentyabr oyida o`tgan Mingyillik sammitida xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir takliflarni bildirdi. Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999 yilgi Istanbul sammitida BMT huzurida terrorizmga qarshi kurash bo`yicha xalqaro markaz tashkil etish g`oyasini ilgari surdi. 2001 yil 28 sentyabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasining tashkil etilishi bu g`oyaning amaldagi natijasi bo`ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida»gi qonun mamlakatimiz tinchliksevar siyosatining amaldagi yana bir ifodasi bo`ldi. Mazkur konsepsiyada belgilanganidek, mamlakatimiz tashqi siyosati milliy manfaatlarning ustuvorligi, xalqaro huquq me`yorlariga rioya etish, bahsli masalalarni tinch yo`l bilan hal qilish tamoyillariga asoslanadi. O`zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o`zida saqlab qoladi. O`z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob`ektlari joylashtirilishiga yo`l qo`ymaydi.
Bugun shuni qat`iy ishonch va g`urur bilan aytish mumkinki, o`tgan yillar mobaynida O`zbekiston butun dunyo ko`z o`ngida nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil mamlakat, xalqaro maydonda ishonchli xamkor sifatida, balki global va mintaqaviy barqarorlikni ta`minlashga bevosita daxldor davlat sifatida jahon hamjamiyatining e`tirofiga sazovor bo`ldi. Bu Prezidentimiz Islom Karimov uzoqni ko`zlab, mamlakatimiz va xalqimiz manfaatlarini ustuvor tutib, oqillik va vazminlik bilan ish yuritayotganining samarasidir.
3. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi.
Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga asos solindi.
21 dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;
umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish;
transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash.
O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi.
Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi.
Biroq, dastlabki yillarda MDH a’zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo‘lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o‘z kengashlarida barcha a’zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo‘lar edi. O‘zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo‘lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi.
1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1994 yil 21 oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi.
1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi.
Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
2001 yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Moskvada MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit bo‘lib, unda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir “Bayonot”ga imzo chekdilar.
Bugungi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi MDHga ko‘p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi.
Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi.
2002 yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010 yil 10 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010 yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi.
2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta’kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada rivojlanishini ko‘p jihatdan barcha a’zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal qilishi hamda manfaatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani bayon etildi.
O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi.
4. Yevropa Ittifoqi diplomatiya xizmati — “European External Action Service” saytida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlariga bag‘ishlangan material chop etildi. Unda ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan beri jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. 1996 yilda sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur bitim siyosiy muloqot, savdo, biznes, investitsiya, intellektual mulkni himoya qilish, qonunchilik va iqtisodiyot, demokratiya hamda inson huquqlari, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish, gumanitar sohalardagi hamkorlikni qamrab olgan. Bitim doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, import hamda eksport qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan bojxona yig‘imlari, shuningdek, boj to‘lovlarida preferensiyalar berishi bo‘yicha qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan.
2007 yildan beri Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston har yili inson huquqlari, odil sudlov hamda boshqa masalalar yuzasidan Bryussel va Toshkentda muloqot o‘tkazib keladi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan munosabatlari mazkur tuzilmaning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Unda hamkorlikning umumiy maqsadlari, siyosiy muloqot va Yevropa Ittifoqi ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sud tizimi, davlat boshqaruvi hamda xavfsizlik sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, muqobil jazo turlarini kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar tashlanayotgani fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi kurashning ta'sirchan institutsional hamda huquqiy mexanizmlari joriy qilinayotgani ham diqqatga sazovor. O‘z navbatida, ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilanmoqda.
Ushbu islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotir. Joriy yilning may oyida birinchi marta yurtimizga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari tashrif buyurdi. Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida izchil islohotlar ro‘yobga chiqarilayotgani, bu jarayonda inson huquqlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. BMT maxsus ma'ruzachilari bilan hamkorlikni qayta tiklash hamda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasining Bishkek shahridagi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishilgani tashrifning eng muhim natijasi bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan hamkorligi turli darajadagi, jumladan, Yevropa parlamenti vakillari, YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Yevropa moliya institutlari, Yevropa tashqi aloqalar xizmati hamda Yevropa Komissiyasi rasmiy xodimlarining ko‘p sonli tashriflari bilan yanada rivojlanib bormoqda. Jumladan, shu yilning aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian YeI 2017 — 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistondagi islohotlar nafaqat Yevropa Ittifoqi, ayni paytda qo‘shni davlatlar bilan ham hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. YeI O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegara va boshqa masalalardagi hamkorligini yuqori baholaydi. Bu mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha loyihalarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur loyihalar ta'lim sifatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta'minlash, barqaror rivojlanishga ko‘maklashish hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan.
“European External Action Service” saytida yozilishicha, hamkorlik aloqalari O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar bilan to‘ldirilmoqda. Masalan, 2017 yil fevral oyida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida qayta tiklanadigan energiya sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Joriy yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan dolzarb masalalar o‘rin olgan.
5. Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullar bilan hokimiyat
uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama
rag'batlantirish va qo'lIab-quvvatlashga intiladi. Markaziy Osiyo davlatlari
uchun xalqaro terrorizmning xavfi - 1990-yilda Namangan va Andijonda,
1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar
davomida, 1999-yil 16-fevralda Toshkent shahrida, 1999--2001-yillarda
Qirg'izistonning Botken, O'zbekistonning Surhandaryo va Toshkent
viloyatlarida, 2004-yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahri va
Buhoro viloyatlarida, 2004-yilning 11-13-may kunlari Andijon viloyatida
amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misoJida o'zini Itamoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmning
umumbashariy miqyosda xavfli ekanligini, jahon hamjumiyati bilan
154
birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli
minbarlarida e' Ion qildi. Jumladan, 0'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimav I993-yil 28-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT) Bosh assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon
hamjamiyatining Afg'oniston muammosini izchil o'rganish va yechishga
chaqirdi. Keyinchalik 1998-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil
topgan «6+2» guruhining BMT rahbarligi ostida 1998-1999-yillarda olib
borgan faoliyati Afg'onistondagi terrorchilikka qarshi kurashda katta
ahamiyatga ega bo'Jdi. Bu guruh Afg'oniston bilan chegaradosh 6 davlat:
Xitoy, O'zbekiston, Pakiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa
tashqarisidan ta'sir ko'rsatib turgan ikki davlat - AQSH va Rossiya
vakillaridan tashkil topgan edi.
Yurtboshimizning J999-yilda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik
tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya)da bo' lib o'tgan sammitda,
2000-yilning 7-8 sentabr kunlari Nyu-Yo'rkda bo'lib o'tgan BMT
bosh assambleyasining «Mingyillik Sammiti»da BMT tuzilmalarida
terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifiga hamohang
tarzda 2001-yilning 28-sentabrida BMT doirasida terrorizmga qarshi
kurash qo'mitasi tuzildi. O'zbekistonning AQSH chegaraligida tashkiJ
etilgCln xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo
kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg'onistonda qidiruv-qutqaruv va
insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (xonabod
tumani)ni ochib, terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi .
O'zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan
siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni
saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqning erkin-farovon
hayotini ta'minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan
ko'plab xalqaro shartnomalarni - hozirgal{a BMTning 12 ta, Yevropa
Kengashi doirasida esa 7 ta xalqaro shartnomalarni irnzoladi. Bulardan
tashqari, O'zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki
mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo'lmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(YEXHT), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotj (MOHT) va boshqalar.
O'zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global
xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda davlatimizning tutgan o'rni
muhim ekanligini tasdiqlaydi. Terrorizmga qarshi kurashda 2000-yilda
«Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi Qonunning 4-moddasida
155
terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari aniq ko'rsatib berilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
-qonuniylik;
- shaxs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
-terrorizmning..oldini..olish.. choralari ustuvorligi;
-jazoning…muqarrarligi;
- terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining
ustuvorligi;
- jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi
o'tkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Terrorizmning oldini olishda davlat organJari, fiJqarolaming o'zo'zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda
profilaktik chora-tadbirlar o' tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu
harakatlarda quyidagilar taqiqlanadi:
-terrorizmni..ta'qib..qilish;
- terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tu?.ish hamda ulaming
faoliyat kO'rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor bo'igan yuridik shaxslarni, ulaming
bo' linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro'yxatdan o'tkazish va
ulaming faoliyat ko'rsatishi;
- terrorchilik faoliyatiga daxldor chet eI fuqarolari hamda fuqaroligi
bo'imagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasiga kirishi;
- tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid
ma'iumotiar va fikrlami yashirish.
Ushbu qonunga binoan O'zbekiston Respublikasida quyidagi davlat
organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan,
O'zbekiston Respublikasi MilIiy xavfsizlik xizmati, O'zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazir/igi, Davlat Bojxona qo'mitasi, Mudofaa
va Favqulodda variyatlar vazirliklari kiradi. Terrorizmga qarshi kurashda
ishtirok etayotgan davlat organJarining faoliyatini muvofiqlashtirish
hamda terrorchilik faoliyatining oJdini olish, uni aniqiash, unga chek
go'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda
harakat qilishlarini ta'minJash O'zbekiston RespubJikasi Milliy xavfsizlik
xizmati tomonidan amalga oshiriJadi. Bunda ishtirok etadigan har
bir davJat organJarining vakilJari ham ko'rsatib o'tilgan. Terrorchilik
harakatlarini bartaraf etishda, birinchi navbatda, ahali hayoti havf ostida
golsa hamda moddiy va ma'naviy boy! iklami saq lab qolish maqsadida
156
kuch ishlannaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruxsat
etilgan shaxslargina muzokara olib boradilar. Muzokaralar terrorchilar
harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo'lmasa, ya'ni ular o'z
harakatlarini to'xtatishga rozi bo'lsaJar, shuningdek, fuqarolar hayotiga
xavf mavjud bo'lsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklaming yo'q
bo'iishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni quroIsizlantirish va yo'q qiJish
uchun zarur choralar ko' riladi. Har qanday terrorchilik harakati muayyan
hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan
zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazish rahbarlari
tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda uning
sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar, o'ta muhim obyektlaming mavjud
va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining ko'lami va xavfsizlik
darajalari e'tiborga olinadi. Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib
borilayotgan paytda kurashayotgan shaxslarga qonunga binoan quyidagi
huquqlar beriladi:
- zaruriyat tug'ilganda ko'chada harakatlanuvchi transport vositalari
hamda yo'lovchilar harakatini cheklash va taqiqlash;
- transport vositalarini ayrim hududlarga va obyektlarga kiritmaslik,
hatto, chet el diplomatik vakolatlarining konsullik transportlari ham;
- aholini xavfli deb topiJgan hududlardan, korxona, uy, bino, va
boshqa obyektlardan chiqarib yuborish;
- jismoniy shaxslarning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
- telTorchilikka qarshi operatsiya o'tkazayotgan shaxslaming qonuniy
talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo'layotgan hududga
suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shaxslarni
ushlash va tegishli organlarga olib borish;
-- kechiktirish kishiiar hayotiga xavf solayotgan bo'lsa, terrorchilik
harakati ishtirokchilarini ta'qib qilib, istagan paytda bino, korxona, ish
joyi, uy va boshqa joylarga moneliksiz kirish;
- tenorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan
chio,uyotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shaxslal11i
tekshirish;
- zaruriyat tug'ilganda, jismoniy shaxslarning aloqa va transport
vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolatxonalari
xodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi). Terrorchilikka qarshi
kurashda mavjud bo'igan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy axborot vositalari bilan
l57
hamkorlikda ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma' iumotiaming
tarqalishiga yo'l qo'yilmaydi. lumladan:
- terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo'q qilish uchun maxsus
texnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
- o'tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo'yadigan, jismoniy
shaxslar hayoti va sog'lig'iga xavf tug'diradigan ma'iumotlar;
- terrorchilik harakatlariga xayrxohlik bildiradigan;
- terrorchilik harakatini bartaraf etishda faoliyat kO'rsatayotgan va
ularga yordamlashayotgan shaxslar haqidagi ma' lumotlardir.
Mam1akat barqarorligi, aholining tinch va farovon hayotining
buzilishiga qarshilik ko'rsatuvchi shaxslar huquqiy va ijtimoiy himoya
qilinadi. Bu haqda «Terrorizmga qarshi kurash haqida»gi Qonunning
25, 26, 28-bandlarida ko'rsatib o'tilgan. Demak, terroristik harakatlar
va ular olib kelishi mumkin bo' lgan oqibatlaming olidini olish uchun
sergak bo' lish, atrof muhitga e'tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb
etadi. Mabodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan
qo'zg'atmaslik, ko'tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli
organlariga xabar berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |